ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
Beksulton yotgan xonadan hamshira kuzatuvida
militsiya kichik leytenanti chiqadi. Yo‘lakda Õurshidani doktor bilan tik turib gaplashayotganini ko‘rib xijolat bo‘ladi. LEYTENÀNT: — Iya, deputat opani kuttirib qo‘yib- miz-ku. 299 ÕURSHIDÀ: — Zarari yo‘q, biron yangi gap topib kelganmidingiz? LEYTENÀNT: — O‘sha kechagi gap. ÕURSHIDÀ: — Qaysi kechagi gap? LEYTENÀNT: — Orqamdan quvganlari aniq, deyapti. ÕURSHIDÀ: — Boshqa hech narsa aytmayap- tilarmi? LEYTENÀNT: — Yo‘q, uzr, men ketdim. * * * Beksultonning yonida Õurshida o‘tiribdi. Qo‘lida doka, Beksultonni yelpiydi, Beksultonning sog‘ qo‘lini boshqa bir qo‘li bilan ushlab olgan. ÕURSHIDÀ: — Sovitgich qo‘ydirib beraymi? BEÊSULTON: — Yo‘q, shamollab qolishim mumkin. ÕURSHIDÀ: — Yelpig‘ich-chi? BEÊSULTON: — Uyam baribir xavfli. ÕURSHIDÀ: — Àmakim yoningizda yotib qoldilarmi? BEÊSULTON: — Nima qilay, ketishga hech ko‘n- madilar. ÕURSHIDÀ: — O‘zim yotardim-u, ayam hali niko- hing yo‘q, uyat bo‘ladi, deyaptilar. BEÊSULTON: — Mayli, el-yurt nazaridamiz, axir. ÕURSHIDÀ: — Rostdanam, o‘sha kuni mashina sizni quvganiga qattiq ishonyapsizmi? BEÊSULTON: — Quvgani aniq. Êaryerdan chiqa- yotganimda qorong‘i edi. Mashina daraxtlar panasida turganini ko‘ruvdim. Bu mashina nega o‘zini panaga oldi ekan, deb o‘ylagandim ham. ÕURSHIDÀ: — Darrov orqangizga qaytmabsiz-da. BEÊSULTON: — Êaryerda ham hech kim yo‘q edi. ÕURSHIDÀ: — Êeyin quvdimi? BEÊSULTON: — Quvganda qandoq! 100ga olsam, 110ga bosadi, o‘ngga bursam, o‘ngga, chapga bursam, 300 chapga bosadi. Oxiri, chap biqinimdan kelib urdi-da. Õayriyatki, Qo‘ziboy aka velosiped minib kelib qolgani. Bo‘lmasa, xudo biladi... ÕURSHIDÀ: — Buyam bo‘lsa mening baxtim. BEÊSULTON: — O‘shanda ishonsang, dadam ik- kovlaringni o‘yladim. O‘zimdan ketib boryapman-u, ko‘zimda suratlaring tek turib qolgandek. Bir o‘zimga kelaman, bir o‘zimdan ketaman. Õurshida, agar menga bir gap bo‘lsa, dadamdan xabar olib turasan... ÕURSHIDÀ: — Qonni ko‘p yo‘qotgan odam shunaqa bo‘larkan. BEÊSULTON: — Tavba, o‘zim qay ahvoldaman-u, yana seni rashk qilayotgandekman. Senga atab solgan g‘ishtli uyimdan oq liboslarga o‘ranib, boshqa yigit bilan chiqib kelayotgan emishsan. ÕURSHIDÀ: — Unday demang, e, men ham yig‘lab yuboraman. BEÊSULTON: — Õurshida, hech kim yo‘q-ku, meni bir o‘pgin, yana, yana! Rahmat, jonim, sening ana shu qaynoq nafaslaring qutqardi shekilli, meni. Sen uchun, yolg‘izgina qolgan dadam uchun o‘lmasligim kerak. Bir gal o‘zimdan ketayotganimda nazarimda, sen bilan dad- am qo‘limni ushlab turgandek bo‘ldilaring. ÕURSHIDÀ: — Beksulton aka, juda qiziq gap ayt- dingiz-ku. BEÊSULTON: — Yig‘lama, jonim yig‘lama. ÕURSHIDÀ: — O‘zingiz ham yig‘layapsiz-ku. BEÊSULTON (kulib): — Ikkovimizning ham ko‘nglimiz yarim-da, Õurshida. Hamshira kiradi. HÀMSHIRÀ: — Iya, hali to‘y bo‘lib o‘tmasdanoq allaqachon yig‘lashni boshlab yuboribsizlar-ku. BEÊSULTON (kulib): — To‘ydan keyin menga qiz tug‘ib berasan, desam, yo‘q, o‘g‘il tug‘aman, deydi. Shunga urishib qoldik. 301 HÀMSHIRÀ: — Ey, o‘g‘lim, buning ishi oson, to‘ydan keyin mening oldimga kelsalaring qachon o‘g‘il bo‘la- di-yu, qachon qiz bo‘ladi? Àna shuni o‘rgatib qo‘yaman. Hammalari kulishadi. * * * Shokalonning hovlisi. Choshgoh. Havo dim. Bahavo Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling