ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
Umidani kelin qilsam yerning yarmini olaman deb
o‘ylaydi u o‘zicha. * * * Inoyat ayaning hovlisi. Àyvonda Inoyat, qori poch- cha, Sabriniso, Shokalonlar o‘tirishibdi. Gap bilan In- oyatni o‘rtaga olishgan. 323 QORI: — Boshingni ko‘taribroq o‘tir, seni otga mindirib, opqochib ketgani kirganimiz yo‘q, obbo, shuncha obro‘li odamlar sovchi bo‘lib kelibdi-yu, ta- mannolarini qarang. INOYAT: — Qori pochcha! QORI: — Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam ham boshi ochiq ayol bilan beva erkakning boshini darrov qo‘shib qo‘yganlar. Bo‘lmasa, yurtga vazmin- chilik keladi, deganlar. INOYAT: — Jon amaki, mengayam quloq soling. QORI: — Badr jangini eshitganmisan? INOYAT: — Eshitganim yo‘q. QORI: — Uxud jangini-chi? INOYAT: — Bilmayman, deyapman-ku. QORI: — Bular Qur’oni karimda yozilgan. Payg‘am- barimiz (s.a.v.) ana shu janglarda nobud bo‘lgan erk- ag-u ayollarning boshini darrov bir-biriga qovushtir- ganlar. Mana shuning uchun ham Àlloh musulmon- chilikka rivoj bergan. INOYAT: — Tagob qishlog‘ida bo‘ladigan musulmon- chilik mening erga tegishimga bog‘liq bo‘lib qoldimi? SHOÊÀLON: — Boshi ochiq holda yurishing, O‘nboshining vaqti bemahal senikiga kirib-chiqib turishi... Har xil bema’ni gaplarga sabab bo‘layapti. INOYAT: — Voy xudoyim-ey, gapirishga navbat berasizlarmi, yo‘qmi? QORI: — Bugun biz gapiramiz. Odamlar, e, qori pochcha, bir kosa suv bilan xuddi payg‘ambarim- iz (s.a.v.) qilgandek, ikkovlarini so‘ratib qo‘ysangiz bo‘lmaydimi, deyishayapti. INOYAT: — Uh-h (Jahl bilan turib ketadi). SÀBRINISO: — Inoyatxon, bilaman, sizga er kerak emas, lekin popukdek uch qizingiz bor, ularga mehri- bon ota kerak. Êeyin Õurshidaxon bilan Beksultonning to‘ylarini tartibli o‘tkazish uchun akam bilan ikkovlar- ing bir yoqadan bosh chiqarib turishlaring kerak. 324 QORI: — Õudo xohlasa, O‘nboshi ikkovlaringning nikohingni ham o‘zim o‘qiyman (Hovuchini ochib). Iloyo omin... INOYAT: — Voy to‘xtang, O‘nboshi amaki bilan o‘zim bir gaplashib ko‘ray, tavba qildim-ey... * * * Sovchilar chiqib ketishayapti, qori pochcha to‘xtab, Sabrinisoning yengidan tortadi. QORI: — Singlim, kirib ayting, nomiga bo‘lsa ham kichkinagina bir tuguncha qilib berishsin. Biz qutlug‘ uydan quruq chiqqan emasmiz... * * * Qori pochcha qorovulxona oldida betoqat kutib o‘tir- gan O‘nboshiga deydi: QORI: — Êuyov bola, buyog‘ini ancha yumshatib qo‘ydim. Endi bitta zarbof to‘n kiygizasiz-da. O‘NBOSHI: — Qori pochcha, xudo xohlasa sizga boshdan-oyoq sarpo qilaman. QORI: — O‘nboshi, bedangizni o‘rgan bo‘lsangiz, yuz bog‘ini berib yuborsangiz-chi. O‘NBOSHI: — Õo‘p bo‘ladi, bugunoq ikki yuz bog‘ jo‘nataman. * * * Fermaning ma’naviyat xonasi. O‘nboshi bilan Inoyat bir-biridan tortinibroq suhbatlashib o‘tirishibdi. INOYAT: — Menda ko‘nglingiz borligini bilaman, shunga qaramay, sovchilarni ikki-uch bor qaytardim. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, uchta qizim buyoqda turib, erga tegib olsam, odamlar nima deydi? 325 O‘NBOSHI: — O‘sha odamlar aytishayapti-da bu gaplarni. INOYAT: — Qaysi gaplarni? O‘NBOSHI: — Shu qizlariga otalik qiling, deyisha- yapti-da. INOYAT: — Odamlarning gapiga kirib, Õurshida bilan Beksultonning to‘yini qoldirib, ikkovimiz kar- nay-surnay chaldirib to‘y qilishimiz kerak ekan-da? O‘NBOSHI: — Nikoh o‘qitib qo‘ysak, to‘yni keyinroq ham qilaverardik. INOYAT: — Ho, nikohni o‘qitgandan keyin siz qar- ab turarkansizmi?! Mast buqaday har qarash laringiz borki... O‘NBOSHI: — Sallani qoziqqa ilmay turamiz, deyap- man-ku. INOYAT: — Meniyam sizga hurmatim baland. Qizlarim ham sizni o‘z otasidek yaxshi ko‘rishadi. Siz bo‘lmasangiz, Õurshida qizingiz suvsiz dashtda masxar ham, yovvoyi beda ham ekolmasdi. Siz tufayli mollarimiz ko‘paydi, yashirmayman, boyib ham ketdik. Hammasiga o‘zingiz bosh-qosh bo‘lib yuribsiz. Lekin jon quda, avval ikki yoshning to‘yini o‘tkazib olaylik, uyog‘i bir gap bo‘lar. O‘NBOSHI: — Hakimxon eshon sovchi qo‘yyapti, deb eshitib ancha xit bo‘ldim. INOYAT: — E, och echkiday ma’ramay o‘lsin o‘sha eshoningiz, ko‘rgani ko‘zim yo‘q. O‘NBOSHI: — Nuqul tushimga rahmatli ering Erka qassob kiradi. Qizlarimdan xabar olyapsanmi, qishli- giga o‘tin tayyorlab berdingmi, deb so‘raydi. INOYAT: — E tavba, menam rahmatli xotiningiz Gulsanam popopchini har kuni tushimda ko‘raman. O‘g‘lim bilan cholginamdan xabar olib turibsizmi, kir yoqa ko‘ylak kiyishmayaptimi... Nuqul shunaqa gaplarni so‘raydi. Uyg‘onib ketib, yig‘lab-yig‘lab ol- 326 aman... Àytganday, Beksulton kuyovimni ko‘rgani ketayap man. Birga borsak yaxshi bo‘lardi. O‘NBOSHI: — Esizgina, tulkixonadagi makkaga suv olganman. Êeyin borarman. * * * Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling