ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Leytenant davrani yorib ketmoqchi bo‘ladi. Sog‘uvchi-
lar, g‘ishtchilar davrani battarroq qisib keladi. G‘ala-
g‘ovur, past-baland so‘zlar boshlanadi.
OVOZ: — Àtaylab ushlamayotgan bo‘lsa kerak.
OVOZ: — Ul-bul narsa so‘rayotgan bo‘lsang, ho‘ 
yigit, mana, biz beramiz!
OVOZ: — Shunday azamat yigit mayib bo‘lib qolav-
eradimi, jinoyatchini topasan!
OVOZ: — Hoy ukam, men ammasi bo‘laman, agar 
o‘sha avariya qilgan nomardni topib bersang, men 
senga bitta buzoqcha beraman.
OVOZ: — Beksulton bizning obro‘yimiz, obro‘yimizni 
oyoqosti qilib qarab turmaymiz.
LEYTENÀNT (baqirib): — Qo‘lingni ol! Yo‘limni 
to‘sma, deyapman! 
OVOZ: — Yo‘q, oldin jinoyatchini topasan, keyin 
javob beramiz.


310
To‘planganlar leytenantning biri qo‘lidan, biri kiyim-
idan tortib, sudrashadi. Leytenant ulardan qochib qu-
tulmoqchi bo‘ladi. Yana yo‘lini to‘sib olishadi. Õurshida 
chiqadi. Leytenantni qutqarib oladi.
USMON G‘ÀNI: — Ho‘v uka, agar jinoyatchini ush-
lay olmasang, menga qo‘yib ber! Bir haftada ushlab 
bermasam, Usmon G‘ani otimni boshqa qo‘yaman!
* * *
Àdir ortidagi poyonsiz bedazorlar. Bedaning bir qismi 
yangigina o‘rib olingan. Yangi o‘rilgan joylarga o‘tini 
toza yedirib olish uchun qo‘y-mollar qo‘yib yuborilgan. 
Qishloq bolalari, qizaloqlar, mol haydab chiqqan yosh-
lar to‘p-to‘p bo‘lib o‘ynashadi. Umida ham buzoqlarini 
haydab chiqqan. Bahrom uni axtarib chiqqan. Barmo-
qlarini qirsillatib, o‘zicha she’r ham o‘qib borayapti.
BÀHROM: — Molboqar vaqting bo‘ldi,
Dalangga chopgin bolam.
Êo‘ylakni ol, ishtonni kiy,
Oldingni yopgin bolam... O‘-o‘, Umidaxonim ham 
shu yerda ekanlar-ku!
Mol boqqani chiqqan qiz va o‘g‘il bolalar bilan gurung-
lashib o‘tirgan Umida Bahromni ko‘rib, hayajonlanadi. 
Sekin o‘rnidan turadi.
UMIDÀ: — Voy, qayoqdan kelib qoldingiz?
BÀHROM: — Osmondan tushdim! Ho‘v anavi oppoq  
bulutlardan bittasini minib, uchib borayotgan edim, 
to‘satdan seni ko‘rib qoldim. 
UMIDÀ: — Bilaman, hamisha osmonda, bulutlar 
orasida uchib yurasiz. 
(Umida bilan o‘ynab o‘tirgan bolalar turib ketishadi.) 
Nega keldingiz?


311
BÀHROM: — Rostini aytaymi?
UMIDÀ: — Yo‘q, aytmay qo‘ya qoling. Àyam yana 
ikkovimizni birga bo‘lganimizni eshitsa... yig‘laydi. O‘zi 
pochcham tufayli kechalari yig‘lab-yig‘lab olayapti.
BÀHROM: — Jinoyatchi topilmayotgani uchunmi?
UMIDÀ: — Bilmadim. Jon Bahrom aka, keta qoling.
BÀHROM: — Jinday o‘tiray.
UMIDÀ: — Ànavi bolalar darrov chaqimchilik qil-
ishadi. 
BÀHROM: — Ularga ataylab konfet olib keldim. 
Bir hovuchdan beraman, aytishmaydi... O‘tirsam 
maylimi? 
O‘tiradi, gap topolmay nuqul bema’ni iljayadi.
Oh, bu manzaraning go‘zalligini qara! Bepoyon be-
dazorlar, oppoq-oppoq bulutlar, ho‘v naridagi quyuq 
o‘rikzorlar, mol-u qo‘ylarning erkalanib o‘tlashlarini 
qara... Voy, buzoqlaring zo‘r-ku, o‘ynoqlab yurish-
lari-chi, ana shu sakrashlarini tasvirga tushirib
«Yoshlik»ka berib yuborsam...
UMIDÀ: — Bahrom aka, anavi televideniye qoshida  
ferma ochamiz, degan gapingiz bema’ni gap ekan.
BÀHROM: — Êim aytdi?
UMIDÀ: — Õurshida opam shaharda molxona ochib 
bo‘lmaydi, hidi yomon bo‘ladi, deb rosa kuldi. 
BÀHROM: — Nega kuladi?
UMIDÀ: — Sizning xayolparastligingizga kuldi. Men 
baribir Toshkentga bormayman.
BÀHROM: — Nega bormaysan?
UMIDÀ: — Õurshida opamning nomiga Gollandi-
yadan xat keldi. Êeyin opam elchixona bilan ham 
gaplashdi... Êetaman!
BÀHROM: — Men-chi?
UMIDÀ: — Bilmadim, Bahrom aka, endi keta qoling. 
BÀHROM: — Juda-juda sog‘inib keluvdim. 


312
UMIDÀ: — Voy, kecha ko‘rishdik-ku.
BÀHROM: — Uzoqdan ko‘rishganda odam to‘ymas 
ekan. Mayli, bitta ashula aytib bergin, keyin qulog‘imni 
qimirlatmasdan ketaman. 
UMIDÀ: — Ha, o‘zingiz she’r o‘qimadingiz-ku.
BÀHROM: — Àshulangni eshitay, keyin o‘qiyman.
UMIDÀ: — Àldamayapsizmi?
BÀHROM: — Yo‘q, bugun aldamayman!

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling