ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Umida past ovozda negadir xavotirlanib ashula 
aytdi.
UMIDÀ: — Ro‘molim qolib ketdi, 
Chaman ichra, bog‘ ichra...
Àshula tugashi bilan Bahrom qishloq tomonga keta 
boshlaydi. Uning she’r o‘qishi jaranglab eshitiladi.
BÀHROM: 
— Husn-u latofatingga mahliyo bo‘ldim, netay,
Êet desang ham ketmayin, behayo bo‘ldim, netay.
Bir ko‘rarga zor edim, tunlari bedor edim,
Ishq o‘tida o‘rtanib, bedavo bo‘ldim, netay.
Huzur-u jannatingdan bir nafas qololmasman,
Na tirikman, na o‘likman, bir balo bo‘ldim, netay.
Umidim bor edi jonim, jon olar nigohingdan,
Nigohingni olib qochding, noravo bo‘ldim, netay...
Êuy ila oshkor etarga ishqi avjim holatin,
Tagobiy kuy topolmay, benavo bo‘ldim, netay.
* * *
Êasalxona hovlisi... Àvgustning jazirama issig‘i, 
salqindagi skameykada Õurshida bilan Beksulton 
o‘tiribdi. Beksulton yura boshlaganidan Õurshida 
xursand, Õurshida yonida bo‘lgani uchun Beksulton 


313
xursand. Bir-biriga talpingan muhabbatli qalblarning 
jannatiy huzuri, rohati.
BEÊSULTON: — Yo‘q, Shoumarga ham, Mahfiratga 
ham, g‘isht zavodidagi Àzamatga ham jinoyatchi deb 
ayb qo‘yish asosli emas. 
ÕURSHIDÀ: — Shubha bor-u dalil yo‘q, demoq-
chisiz-da.
BEÊSULTON: — Bechora leytanantni noto‘g‘ri ayb-
labsan.
ÕURSHIDÀ: — Ishni tezlatishni so‘radim, xolos, 
ayb laganim  yo‘q. 
BEÊSULTON: — Õurshida, jonim, kel bugun xur-
sandchilikdan gaplashaylik. Mana, oyoqqa turdim, 
atrofga qara-chi, hech kim yo‘qmikin?
ÕURSHIDÀ: — Hech kim yo‘q (O‘padi).
BEÊSULTON: — Yo‘q-yo‘q, yaxshisi o‘zim o‘paman. 
Bugun mening bayramim, mening baxtim oyoqqa 
turgan kun...
Yo‘lakda Àbdusamat ko‘rinadi. Qisqa salomlashi-
shadi, hol-ahvol so‘rashishadi.
ÀBDUSÀMÀT: — Õurshidaxon, nega qo‘lingizdagi 
telefonni o‘chirib qo‘ydingiz?
ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, bir kungina meni 
tinch qo‘yinglar.
ÀBDUSÀMÀT: — Ertalabdan buyon axtaramiz sizni.
ÕURSHIDÀ: — Tinchlikmi?
ÀBDUSÀMÀT: — Êomissiya kelgan.
ÕURSHIDÀ: — Êomissiya, qayerdan?!
ÀBDUSÀMÀT: — Hokimiyatdan. Ustingizdan shi-
koyat bor ekan.
ÕURSHIDÀ (sekin o‘rnidan turib): — Tavba!..


314
ÀBDUSÀMÀT: — Tezroq yuraqoling. Hisobxonani 
muhrlab qo‘yishgan. Buzoqlarniyam sanashayotgan 
edi. 
* * *
Fermaning ma’naviyat xonasi. Õurshida o‘z o‘rnida, 
yonida Àbdusamat, qarshilarida hokimiyatdan kelgan 
50 yoshlardagi Àli G‘ozi, 40 yoshlardagi Saodat Roziq 
qizi o‘tirishibdi. 
ÕURSHIDÀ: — Õush kelibsizlar. Qani o‘zlaringni 
tanishtiringlar-chi?
ÀLI G‘OZI: — Men Àli G‘ozi bo‘laman, hokimiyat 
vakiliman.
SÀODÀT: — Men Saodat Roziq qiziman, soliq idorasi 
vakiliman.
ÕURSHIDÀ: — Juda yaxshi, xo‘sh xizmat?
ÀLI G‘OZI: — Fermangizni tekshirgani keldik.
ÕURSHIDÀ: — Men sababini bilishim kerak.
ÀLI G‘OZI: — Ustingizdan ketma-ket shikoyatlar 
tushgan.
ÕURSHIDÀ: — Qayoqqa ketma-ket shikoyatlar 
tushibdi? Bilsam bo‘ladimi?
ÀLI G‘OZI: — Viloyat prokuraturasiga uch marta 
shikoyat tushgan. Tekshirish, chora ko‘rish uchun 
hokimiyatga jo‘natishgan. Hokimiyat esa bizni vakil qildi. 
ÕURSHIDÀ: — Juda soz. Qani menga hokimiyat ning 
qarorini bering, bir o‘qib ko‘ray-chi?
ÀLI G‘OZI:  — Qanaqa qaror?!
ÕURSHIDÀ: — Ya’ni, men va men rahbar bo‘lgan 
fermaning ustidan tushgan shikoyatni tekshirish haqi-
da sizga yozma ravishda vakolat berilganligi haqidagi 
qarorni  so‘rayapman.
ÀLI G‘OZI (hayron): — Biz og‘zaki topshiriq olganmiz.


315
ÕURSHIDÀ: — Bor, tekshirib ko‘r desa, o‘pkani 
qo‘ltiqlab, chopqillab kelaveribsizlar-da. Siz-chi, Sao-
dat Roziq qizi, siz nega keldingiz?
SÀODÀT: — Àytdim-ku, soliq idorasi vakolat ber-
gan.
ÕURSHIDÀ: — Qani menga, mening fermamni 
moliyaviy holatini tekshirish haqida soliq idorasidan 
sizning nomingizga berilgan vakolatnomani bering-chi. 
Bir o‘qib ko‘ray.
ÀLI G‘OZI, SÀODÀT: — Hokimiyat topshirig‘i bilan 
kelganmiz, deyapmiz-ku!
ÕURSHIDÀ: — Men ferma mudiriman, demak, yuri-
dik shaxsman. Duch kelgan odam mening faoliyatimni 
va fermamni tekshirib ketaverishga haqqi yo‘q, deb 
hisoblayman. 
ÀLI G‘OZI, SÀODÀT: — Nima?!
ÕURSHIDÀ: — Vakolatsiz kelibsizlar, vakolatsiz 
kelmanglar, deyapman.
ÀLI G‘OZI: — Ho‘-o‘ singlim, haddingizdan oshayot-
ganga o‘xshaysiz.
ÕURSHIDÀ: — Mening hisobxonamni, ehtimol u 
yerda million-million so‘m pullar bordir, kimning rux-
sati bilan muhrladingiz?
ÀLI G‘OZI: — Tekshirmoqchimiz, deyapmiz-ku!
ÕURSHIDÀ: — Nega mening ishtirokimsiz muhr-
ladingiz, kim huquq berdi sizga?!
ÀLI G‘OZI: — Qo‘limizdagi shikoyatlar huquq beradi 
bizga!
ÕURSHIDÀ: — Àli G‘ozi amaki, bilib qo‘ying, hisobx-
ona faqat prokuror sanksiyasi bilan, o‘sha korxonan-
ing mas’ul kishisi ishtirokida yopiladi. O‘shandayam, 
shikoyat tartibida jinoyat bor, deb topilsa.
ÀLI G‘OZI: — Deputatman deb, ja-a haddingizdan 
oshib ketibsiz. 


316
SÀODÀT: — Prezidentimiz erkalatib yuborgan bu 
fermerlarni. Hech birining yaqiniga yo‘lab bo‘lmay-
di-ya!
ÕURSHIDÀ: — Àksincha! Sizlar haddingizdan os-
hib ketibsiz. Maxsus boqilayotgan buzoqxonamizga 
kirishingiz uchun sanepidstansiyadan salomatligingiz 
to‘g‘risidagi dalolatnoma keltirishingiz kerak edi. Qani, 
o‘sha bormi sizlarda?!
ÀLI G‘OZI: — Ja, rasmiyatchilikka berilib ketib-
siz-ku!
ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, protokol yozing: 
hokimiyat vakiliman deb kelgan ikki shaxs vakilligi 
haqida hokimiyatdan maxsus yozma vakolati bo‘lma-
ganligi, prokuror sanksiyasisiz hisobxonani yopganligi, 
sog‘lig‘i haqida dalolatnomasi bo‘lmasdan turib, max-
sus boqilayotgan buzoqxonaga ruxsatsiz kirganligini 
tartib va qonunga zid hisoblab, har ikki vakil fermadan 
chiqarib yuborildi. 
ÀLI G‘OZI: — Ho‘, menga qara qizim, hali bu qilm-
ishing uchun tegishli joyda javob berasan!
SÀODÀT: — O‘zbekka amal tegsa, mana shunaqa, 
darrov bosar-tusarini bilmay qoladi.
ÀBDUSÀMÀT: — Êetishlariga mashina beraymi?
ÕURSHIDÀ: — Ortiqcha benzinim yo‘q!
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling