Barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya mening baxtim, mening kelajagim!” mavzusida insho yozish amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida


Download 21.02 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1438766
Bog'liq
Конститутция ИНШО ТАРТИБ.


Barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya - mening baxtim, mening kelajagim!” mavzusida insho yozish amaliyotini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida
1. “Konstitutsiya - mening baxtim, mening kelajagim!” mavzusida insho yozish aksiyasi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va uning hududiy bo‘limlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ko‘magida tashkil etiladi. Insho yozish aksiyasida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 6-11-sinf o‘quvchilari “Konstitutsiya - mening baxtim, mening kelajagim ” mavzusida insho va ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar.
2. Insho yozish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdan maqsad o‘quvchi-yoshlarda Ona Vatanga hurmat va g‘urur tuyg‘usini, vatanparvarlikni yanada kuchaytirish, ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan eng sara insholarni ommaviy axborot vositalari va OYINA.UZ va boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish va ommalashtirishdan iborat.
3. Aksiya 2023 yilning 3 aprelidan 13 aprelga qadar o‘tkaziladi.
4. Insho yozish aksiyasi ta’lim muassasalarida tashkil etiladi. Insholar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (shahar) tuman bo‘linmalari, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari vakillari, tuman (shahar)dagi maktablarning yuqori malakali ona tili va adabiyoti o‘qituvchilaridan iborat Hay’at a’zolari tomonidan belgilangan talablar asosida tekshiriladi va baholanadi.
5. Insho yozishga belgilangan talablar quyidagilardan iborat:

  • insho Vatan va vatanparvarlik haqida yozilgan bo‘lishi kerak;

  • insho 6000 belgidan kam bo‘lmasligi lozim;

  • insholar o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, tojik va rus tillarida qabul qilinadi;

  • Aksiya ishtirokchisining inshosi yakunida uning familiya, ismi, sharifi, tug‘ilgan sanasi, elektron pochta qutisi va telefon raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi lozim.

6 Ishtirokchilarning mazkur loyihada ishtirok etishlari ularning insholari ommaviy axborot vositalari va Markaz resurslarida nashr etilishiga rozilik bildirganliklarini bildiradi.
7. Baholash Hay’at a’zolari tomonidan ushbu tushuntirish xatida keltirilgan umumiy talab va mezonlar asosida amalga oshiriladi va g‘oliblar aniqlanadi.
8. Aksiyada faol ishtirok etib, insholari tuman (shahar)da g‘olib deb topilganlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan taqdirlanadi.
9. Aksiya g‘oliblari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan may oyining birinchi o‘n kunligida quyidagi tartibda taqdirlanadi:

  • Bitta birinchi o‘rin – 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a;

  • Bitta ikkinchi o‘rin – 2-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a;

  • Bitta uchinchi o‘rin – 3-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘a;

  • O‘nta nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar – diplom va qimmatbaho sovg‘alar.

10. Sovrinlar pul ekvivalenti bilan almashtirilmaydi.
11. Aksiya g‘oliblari va ularning insholari Markaz va vazirlikning resurslarida keng yoritiladi.
12. Loyihani o‘tkazish muddatlari joylardagi sharoitdan kelib chiqib 2-3 kunga uzaytirilishi mumkin.
Download 21.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling