Shaxs haqida tushuncha va shaxsning o’z-o’zini anglashi. Reja: Psixologiyada shaxs tushunchasi. Shaxsning faoliyatini tarkibi va turlari


Download 211 Kb.
bet1/7
Sana26.10.2023
Hajmi211 Kb.
#1724878
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4.2. Shaxs haqida tushuncha.


Shaxs haqida tushuncha va shaxsning o’z-o’zini anglashi.
Reja:
1.Psixologiyada shaxs tushunchasi.
2.Shaxsning faoliyatini tarkibi va turlari.
3.Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodi.
4. Shaxslarda “Men” tushunchasining paydo bo’lishi va o’z-o’zini anglashi.


Tayanch so‘z va iboralar:
Shaxs haqida tushuncha, odam-inson individuallik tushunchalari.
Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi har bir konkret odamda barqaror birlikni tashqil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik holatlar doim o’zgarib tursa ham, har turli ijtimoiy guruhlarda va har hil hayotiy vaziyatlarda odam o’z zimmasiga olgan rollari bilan bog’liq holda xulq–atvori o’zgarib tursa ham, yoshning o’zgarib borishi va hokazolari bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar sodir bo’lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo’lib qolaveradi.
Shaxsning psixologik tuzilishiga ikki xil qarash mavjuddir. Idealist olimlar shaxs tuzilishini faqat biologik faktorlar (anatomik – fiziologik tuzilishga) bog’lab tushuntirsalar, boshqalari faqat ijtimoiy faktorlarga bog’laydilar. Aslida shaxs tuzilishida ikki faktorning ham roli bor. Lekin shaxs tuzilishi va uning shakllanishida ijtimoiy faktornnig roli kattadir. Chunki shaxs ijtimoiy kategoriyadir.
Bundan tashqari, shaxs faolligining manbai masalasida ham ikki xil qarash mavjuddir. Birinchi guruh tarafdorlari shaxs aktivligini biologik faktorlarga bog’laydilar. Shaxsning shakllanishini va faolligini biologik faktorlarga bog’lovchilardan eng ommaviysi freydizm bo’lib hisoblanadi. Bu ta’limotning asoschisi avstriyalik vrach va psixolog Zigmund Freyd bo’lib, uning ta’limotiga ko’ra shasx psixologik hayotining asosini jinsiy lazzat olishga qaratilgan tug’ma, ongsiz mayllar tashqil etadi.
Freydning ba’zi shogirdlari uning bu ta’limotiga qarshi chiqqan. Masalan, Adolf Adler (1870 – 1937) ning fikricha, shaxs psixologik hayotining asosini seksual mayl emas, balki ustunlikka, hokimiyatga, boshqa kishilar ustidan hukmronlik qilishga bo’lgan tabiiy mayl tashqil etadi.
Vaholanki, shaxs faolligining manbai turli ehtiyojlardir. Mana shu ehtiyoj odamni ma’lum tarzda va ma’lum yo’nalishda harakat qilishga undaydi. Ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo’ladigan va uning konkret yashash sharoitiga bog’liqligini ifodalovchi holatdir.
Shaxs ehtiyojlaridan tashqari, qiziqishlarga ham ega bo’ladi. Qiziqishlar deganda odamning bilish jarayoni bilan bog’liq ehtiyojlarining hissiy namoyon bo’lishi tushuniladi. Bilish ehtiyojlarini qondirish bilimlardagi kamchiliklarni to’ldirishga, sharoitga yaxshiroq moslashishga, o’zi uchun ahamiyatli narsalarni tushunishga yordam beradi.
Faoliyat jarayonida qiziqishlarning roli nihoyatda kattadir. Qiziqishlar mazmuniga, maqsadiga, kengligi va mustahkamligiga qarab klassifikasiya qilinishi mumkin.
Shaxs o’z e’tiqodiga ham ega bo’ladi. E’tiqod shaxsning o’z qarashlari, prinsiplari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi anglangan ehtiyojlar yig’indisidir. E’tiqodli kishi hyech qachon o’z prinsiplari, qarashlari, maqsadlaridan chekinmaydi. Hozirgi tarbiyamizdan maqsad ham e’tiqodli, imonli, ma’naviy yetuk kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir.
Shaxsda tilaklar ham mavjud bo’ladi. Tilak hatti–harakat motivi bo’lib, u kishini harakat qilishga undaydi. Tilak niyat, orzu, ehtiros shakllarida namoyon bo’lishi mumkin. Ular yuksak va past bo’lib, odamlar faoliyati va jamiyat hayotida turli rol o’ynashi mumkin.
Qiziqishlar, ehtiyojlar, e’tiqodlar, tilaklar anglanilgan harakatlardir. Lekin insonda anglanilgan motivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham borki, inson hayotida katta ahamiyatga egadir.

Download 211 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling