ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang
Fermaning ma’naviyat xonasi. Õurshida bilan kichik
leytenant bir-biriga qarama-qarshi o‘tirishibdi. Õiyla qizishib ketishganidan asablar tarang. LEYTENÀNT: — Mening boshlig‘imga nima deb telefon qildingiz? ÕURSHIDÀ: — Sust ishlayapti, qo‘lidan kelmaydi, shekilli, dedim. LEYTENÀNT (battar qizishib): — Ey, opajon! ÕURSHIDÀ: — Men opangiz emasman. LEYTENÀNT: — Õurshida Erkayevna! Men bekor o‘tirganim yo‘q. ÕURSHIDÀ: — Qirq kun bo‘lyapti, qani natija, qani jinoyatni ochganingiz? 307 LEYTENÀNT: — Guvoh Qo‘ziboy Qurbonovdan bosh qa hech kim quvgan mashinani ko‘rmagan. ÕURSHIDÀ: — Qo‘lingizda o‘sha mashinaning raqa- mi turibdi-ku. LEYTENÀNT: — Shu raqamni axtarib Êonibodom- dan to Õo‘jandgacha borib keldim. Bunday rusumli mashina ularda hech qachon bo‘lmagan ekan. Buning ustiga yarador Beksulton, o‘zingiz eshitdingiz, cheg- araning naryog‘ida menga xusumati bor odam yo‘q, deyapti. Àgar, dushmanlikdan bo‘lsa, dushman ni Tagobdan axtarish kerak, deyapti. ÕURSHIDÀ: — Nega axtarmayapsiz bo‘lmasa? LEYTENÀNT: — Àxtarish shunchalik bo‘ladi-da, opajon. ÕURSHIDÀ: — Men opangiz emasman! LEYTENÀNT: — Mashinaning raqami qalbaki bo‘lsa- chi?! ÕURSHIDÀ: — Tajribangizda shundaylari ham uchraganmi? LEYTENÀNT: — Ha, uchragan. Mashinaning bal- loni yap-yangi bo‘lgan. Mana, o‘n yettita surat ol- ganman, mashinaning burilish joyi, qo‘zg‘alish joyi, o‘ngga, chapga burilishi, tormoz yo‘li, hammasida yangi ballonning izi turibdi. Tumanda bor-yo‘g‘i uchta Gaz-52, Gaz-53 rusumli mashina bor. Tekshirdim, qayta-qayta tekshirdim. Hech birida yangi ballon yo‘q. Demak... Àgar shu mashinalar ishtirok etgan bo‘lsa, unda ballonlar almashtirilgan bo‘ladi. Lekin bu uch mashinaning biri butunlay yaroqsiz, kuzovning o‘zi turibdi, ikkinchisi o‘sha kechasi Toshkentga piyoz olib ketgan, uchinchisining egasi o‘sha kuni to‘y qilgan. To‘yga kelganlarning hammasi ushbu mashinani uyda ko‘rishgan. ÕURSHIDÀ: — Endi topolmayman, deng. 308 LEYTENÀNT: — Tinmay axtaryapman, deyap- man-ku, surishtirish shunchalik bo‘ladi-da. ÕURSHIDÀ: — Tajribangiz yo‘q ekan, bu ishni qo‘lga olmasligingiz kerak edi. Yoki... LEYTENÀNT: — Yoki-poki deb meni kamsitaver- mang. Àgar ko‘nglimda yomon gap bo‘lganda, o‘sha qonga belanib yotgan jarohat egasini hammayog‘imni qonga bo‘yab, ko‘tarib mashinaga olmagan bo‘lardim. Êasalxonaga yetguncha bag‘rimga bosib, o‘zidan ke- tayotganda og‘zimdan nafas bermagan bo‘lardim. Àxir birinchi bo‘lib qonni men o‘zim berdim-ku. Bo‘lmasa, xudo biladi... ÕURSHIDÀ: — Qizishmay gapiring. LEYTENÀNT: — Nega qizishmas ekanman. Sizning bir og‘iz so‘zingiz bilan meni ishdan olib tashlashlari mumkin. Men endigina ish boshlaganman. ÕURSHIDÀ: — Unda joningizni koyitibroq ishlang. LEYTENÀNT: — Hey opajon, hey Õurshida Erkayev- na, viloyatda shu rusumli mashinadan ellik to‘rtta bor ekan. ÕURSHIDÀ: — Hammasini tekshirib chiqaman, deng. LEYTENÀNT: — Àlbatta, nazoratimga olaman. ÕURSHIDÀ: — Unda jinoyatni ochishingiz uchun yana besh-o‘n yil kerak bo‘larkan-da. LEYTENÀNT: — Õurshida Erkayevna, iltimos qil- aman, boshlig‘imga telefon qiling, mendan bu ishni olmasin. Olsa, meni ishdan ketdi, deyavering. Lekin va’da beraman, bu jinoyatni, albatta, ochaman... Telefon qilasizmi? * * * Darvozaxona oldida 5-6 ta sut sog‘uvchi ayollar, g‘ishtxonadan kelgan yigitlar leytenantni qurshab olishdi. 309 MÀNZURÀ: — Hoy inim to‘xtang, men fermaning jensoveti bo‘laman. LEYTENÀNT: — Jensovet bo‘lsangiz nima qilay, ashula aytib beraymi?! MÀNZURÀ: — Êerak bo‘lsa, ashula ham aytasiz, Beksulton mudiramizning muovini bo‘ladi-ya! LEYTENÀNT: — Bilaman. OVOZ: — U kishi pochchamiz ham bo‘ladi. LEYTENÀNT: — Bilaman. OVOZ: — Uni ataylab avariya qilishgan degan ekansiz. LEYTENÀNT: — Ha, shundan boshqa taxmin yo‘q. USMON G‘ÀNI: — Nega bo‘lmasa jinoyatchini ush- lamayapsiz? LEYTENÀNT: — Hali jinoyatchining shaxsini aniqlaganim yo‘q. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling