ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Fermaning ma’naviyat xonasi. Àli G‘ozi, Saodat, 
Àbdusamat, Õurshida o‘tirishibdi. 
ÀLI G‘OZI: — Demak, hokimiyatning xatini o‘qidin-
giz?
ÕURSHIDÀ: — O‘qidim.
ÀLI G‘OZI: — Êomissiya tarkibi bilan tanishing. 
Men — Àli G‘ozi, komissiya raisi. À’zolar: Shokalon 
Shoqayumov — jamoatchilik vakili, Manzura Êarimo-
va — ferma sog‘uvchisi. Saodat Roziq qizi — moliya 
idorasi vakili... Demak, siz tomondan ham ikkita, biz 
tomondan ham ikkita. Rozimisiz?
ÕURSHIDÀ: — Roziman.
ÀLI G‘OZI:  — Õo‘sh, shikoyat bo‘yicha sizga 
qo‘yilayotgan ayblar: Gollandiyadan o‘n ikkita buzoq 
keltirilganda, ikkitasi o‘ldi deb, qalbaki akt tuzgansiz. 
Àslida yashirib sotgansiz. Qo‘qon temir yo‘l stansiyasi-
dan Gollandiyaga sizning nomingizdan bir tonna ma yiz 
jo‘natilgan. Lekin buxgalteriyangizning daftarida ush-
bu chiqim qayd qilinmagan, demak, qalloblik yuz ber-
gan. Fermangizning chiqimlar daftarida markazdagi 
bolalar bog‘chasiga har kuni 40 litrdan sut berilganligi 
qayd qilingan. Lekin bog‘chaning biron hujjatida sut 
olinganligi haqida qayd yo‘q. Demak, sut tashqariga 
sotilgan. Mukofotga berilgan «Tiko» rusumli mashina 
ferma ishchisi Ismoil Uzoqovga yashirincha sotilgan...
ÕURSHIDÀ: — Endi ruxsatingiz bilan bu tuhmatlar 
yozilgan xatni menga bersangiz. O‘qib chiqsam.
ÀLI G‘OZI:  — Biz shikoyatchini oshkor qilolmaymiz. 


327
ÕURSHIDÀ: — Demak, xufyona ekan-da.
ÀLI G‘OZI:  — Ha, shunday desa ham bo‘ladi. 
Yozayotganlar, agar familiyamizni oshkor qilsak, dep-
utat va uning yeb to‘ymas tarafdorlari bizni yer bilan 
yakson qilishadi, deb zorlanishgan.
ÕURSHIDÀ: — Zorlanishgan?!
ÀLI G‘OZI:  — Ha, sho‘ring qurg‘urlar yig‘lamoqdan 
beri bo‘lib yozishgan.
ÕURSHIDÀ: — O‘sha yig‘lamoqdan beri bo‘lgan 
sho‘ring qurg‘urlar bilan yuzlashmoqchiman. Yu-
zlashganimdan keyin sizning savollaringizga javob 
beraman.
ÀLI G‘OZI: — Õonim, yana haddingizdan oshayapsiz.
ÕURSHIDÀ: — Siz esa ham qonunni, ham shikoyat 
tekshirish tartibini buzyapsiz.
ÀLI G‘OZI:  — Nima deb men tartibni buzdim?
ÕURSHIDÀ: — Hukumatning xufyona yozuvchilar
ya’ni panada turib tosh otuvchilarning xati tekshiril-
maydi, degan ko‘rsatmasini o‘qimagan ekansiz-da.
ÀLI G‘OZI:  — O‘qiganman.
ÕURSHIDÀ: — O‘qigan bo‘lsangiz, nega tirigi ham, 
o‘ligi ham ma’lum bo‘lmagan noma’lum shaxslarning 
xatini ko‘tarib keldingiz? Hozir o‘sha kishilar shu 
dunyoda bo‘lsa, topasizlar! Yuzma-yuz gaplashamiz. 
Mana, mening hamma hujjatlarim tayyor. Õudoga qa-
ncha ishonsam, qilgan ishlarimning pok va halolligiga 
shunchalik aminman.
SHOÊÀLON: — Deputat qizim, komissiyaning ham 
niyati xolis, seni oqlab ketishmoqchi. Nomigagina 
bo‘lsa ham, bitta-ikkitasiga javob bergin.
ÕURSHIDÀ: — Nega endi bitta-ikkitasiga javob be-
rarkanman, hammasiga javob beraman. Àvval o‘sha 
panada turib tosh otayotgan pismiqlarni menga ro‘ba-
ro‘ qilasizlar.
SHOÊÀLON: — Qizim, yoshlik qilma, hokimiyat va-
killari bilan bo‘lar-bo‘lmasga olishaverish yaxshi emas.


328
ÕURSHIDÀ: — Àmaki, qo‘shaloq surat chiqarib
mening obro‘yimni to‘kkanlarini bilasiz-a?
SHOÊÀLON: — Ha, o‘shanda yaxshi ish bo‘l magan.
ÕURSHIDÀ: — O‘g‘lingiz Shoumar bilan Beksulton 
akamni ataylab mushtlashtirganlaridan ham xabar-
ingiz bor bo‘lsa kerak?
SHOÊÀLON: — Àtaylab uyushtirilmagan bo‘lsa 
kerak.
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q. Uyushtirilgan. Maqsad — Bek-
sulton akamni bir-ikki kun qamash edi. 
SHOÊÀLON: — Men ularni yarashtirib qo‘ygan man.
ÕURSHIDÀ: — Àvariya tashkil qilib, Beksulton 
akamni o‘ldirmoqchi bo‘lganlarini ham bilasiz.
SHOÊÀLON: — Bu avariya tasodifan bo‘lgan de-
yishayapti.
ÕURSHIDÀ: — Yolg‘on! DÀN inspeksiyasi maxsus 
uyushtirilganligini tasdiqlab berdi. Bu qabihliklarni 
kim tashkil qilyapti? Bularning orqasida qanday razil 
odamlar turibdi, bilolmayapmiz-ku. Àmaki, nahotki 
shunday hushyor kishi bo‘la turib, siz ham sezmagan 
bo‘lsangiz?!
SHOÊÀLON: — Men militsiya xodimi emasman.
ÕURSHIDÀ: — Àmaki, kimki men bilan Beksul-
ton akamni turmush qurishini istamayotgan bo‘lsa, 
o‘sha maraz qilyapti bu qabihlikni. Juda puxta, tulk-
idek ayyor ekan u. Faqat meni emas, fermamni ham 
ostin-ustun qilib yubordi o‘sha tuhmatchilar. Endi 
xuf yona xat yozishga o‘tishibdi, go‘ringda chirigurlar. 
Êo‘r kalamushga o‘xshab yashirincha ishlasharkan. 
Chayonga o‘xshab bildirmasdan zahar sochisharkan. 
Àmaki, axir siz hammasini ko‘rib turibsiz-ku. O‘sha 
ablahlarni topishga, kimligini aniqlashga hech bo‘lma-
sa siz yordam bering. 
SHOÊÀLON: — Mana bu shikoyatni tekshirib 
bo‘laylik, albatta, yordam beraman. 


329
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q. Õufyona xat yozgan nomard lar 
o‘zini ko‘rsatmaguncha men sizlarning birorta savo-
lingizga javob bermayman. Buxgalteriya hujjatlarini 
ko‘rsatmayman. Qonun men tomonda. Men haqman... 
Êetmoqchi bo‘lsalaring, Àbdusamat akaga aytaman, 
mashina beradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling