ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Birgalashib hovliga chiqishadi. Doktor negadir 
to‘planganlarga uzoq tikiladi. 
OVOZ: — Buncha qovog‘i soliq, bu doktoringning?
OVOZ: — Êechasi operatsiya qilgan, uxlamagan-da.


294
OVOZ: — Qovog‘imni solib tursam, ko‘proq berish-
adi, deb o‘ylayotgandir?
OVOZ: — O‘chir ovozingni, hamma senga o‘xshagan 
emas.
DOÊTOR:  — Qaysi birlaring qon topshirgani kel-
gansizlar?
BIR NECHA OVOZ: — Hammamiz qon topshirgani 
kelganmiz.
ÀÊROM (shirakayf): — Doktor, mening qonimdan 
olaqoling, meniki eng toza qon, kechadan buyon bir 
tomchiyam ichganim yo‘q.
DOÊTOR:  — Gruppangizni bilasizmi?
ÀÊROM:  — Bilmayman.
DOÊTOR:  — Sizning gruppangiz?
ÀBDUSÀMÀT: — Hech tekshirtirgan emasman.
Doktor yana uch-to‘rt kishidan so‘raydi. Hech biri 
gruppasini bilmas ekan. Nihoyat, Mahfiratning oldida 
to‘xtaydi.
DOÊTOR:  — Siz-chi?
MÀHFIRÀT: — Men tikuvchilik sexi ochganman, 
har olti oyda qonimni tekshirtirib turaman.
DOÊTOR:  — Gruppangiz?
MÀHFIRÀT: — 3-musbat.
DOÊTOR:  — Pasportingiz yoningizdami?
MÀHFIRÀT:  — Yonimda.
DOÊTOR:  — Orqamdan yuring, tez-tez bo‘ling.
Mahfirat Õurshidaning yonida to‘xtaydi. 
MÀHFIRÀT:  — Dugonajon, bilaman, ko‘nglingdan 
nimalar o‘tayotganini. Rashkda kuydim-yondim, endi 
hammasi o‘tib ketdi. Beksultonning singlisi yo‘q edi, 
mening esa akam. Mana, xudo oldida, hamqishloqlar-
im oldida baland ovoz bilan aytyapman, Beksulton 


295
bilan aka-singil tutindik, men bu yerga uning singlisi 
sifatida keldim. 
Mahfirat yig‘lab yuboradi, Õurshida uning sochlarini 
silaydi, yupatadi, o‘zi ham yig‘ladi. 
ÀÊROM:  — Doktor aka, ayol kishining qonini er-
kakka quysa, erkakning fe’li aynib, sal g‘alatiroq bo‘p 
qolmasmikin?
DOÊTOR (Õo‘mrayib): — Qonning erkak-urg‘ochisi 
bo‘lmaydi (Mahfiratni ergashtirib chiqib ketadi).  
* * *
ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, Ismoil aka, Õabarx-
on opa (to‘xtab ko‘z yoshini artib oladi), hammalaringga 
rahmat, bu kecha uxlamadilaring. Deputatlikka say-
langan kunim ham xuddi shunaqa tuni bilan uxlama-
gandilaring, demak, men ham, Beksulton akam ham 
tagoblilarga kerak ekanmiz. Rahmat, endi qaytinglar 
(yana ko‘zida yosh ko‘rinadi).
ISMOIL: — Hoy qizim, Beksulton kuyovimiz bilan 
Õurshida kelinimizni o‘ksitib qo‘ymaymiz, deb o‘tirib-
miz bu yerda. To‘ylaringniyam xudo xohlasa, belgil-
angan kunda o‘tkazamiz. Êerak bo‘lsa, to‘y kechasi 
kuyov bolani yelkamda ko‘tarib o‘tiraman...
ÕURSHIDÀ: — Àbdusamat aka, bedani o‘rishga 
kombayn gaplashgan edim.
ÀBDUSÀMÀT: — «O‘zbekiston» bilanmi?
ÕURSHIDÀ: — Ha, gektariga yigirma ming so‘mdan-
ga ko‘nishmayapti.
ÀBDUSÀMÀT: — Yana ikki mingdan qo‘shaylik. 
Ertaga baribir yana o‘shalarga ishimiz tushadi.
ÕURSHIDÀ: — Mayli, bir yarim mingdan qo‘sha 
qoling. O‘nboshi bobo, o‘zingiz boshida turarsiz?
O‘NBOSHI: — Yo‘q, yo‘q, qizim, yakka-yu yolg‘iz 
o‘g‘lim bu ahvolda-ku...


296
ÕURSHIDÀ: — Bobojon, beda sizniki, shartnomani 
siz bilan tuzishadi, siz qo‘l qo‘yasiz, kombayndan bu-
gun foydalanib qolmasak, yana bir oy kutishga to‘g‘ri 
keladi. Ho‘l bedangizning xaridori oyog‘ini tirab turibdi. 
Êilosiga yigirma besh tiyindan so‘rang. Àyajon, siz ham 
bora qoling. Hammasiga baribir o‘zingiz bosh bo‘lasiz. 
Bobojonim oqko‘ngil, shartnomani arzonroqqa tuzib 
qo‘yishlari mumkin.
HÀMSHIRÀ:  — Õurshidaxon, sizni bemor so‘rayapti.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling