ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

bilan murodiga yetolmasligini tez fahmlab, bosh qacha 
usulga o‘tadi, negadir qattiq kulib yuboradi, tizzasiga 
urib uzoq kuladi): — Inoyatbonu, deputat qizim, men 
sizlarni bir sinab ko‘rmoqchi bo‘luvdim, ataylab ach-
chiq-achchiq gaplarni aytyapman, kuyov tanlashda 
kimdir bularga zo‘rlik qilmadimikin, shuni bilmoqchi 
edim. Barakalla, axir sizlarga otalik qilib turishni 
rahmatli Erka qassob oldida, qolaversa, viloyat hokimi 
oldida so‘z berganman-a (To‘satdan cho‘ntagidagi uyali 
telefon jiringlab qoladi). Iya-iya, Sattor Shokirovich, 
assalomu alaykum (Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib o‘rnidan 
turib ketadi). Yaxshi, xudoga shukr, siz borsiz, xudo 
xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Õabar olib turibman, 
deputat qizim ham, Inoyatbonu ham zo‘r. Ertadan ke-
yin kel, deysizmi? Boraman, albatta, boraman. Õayr, 
rahmat (Telefon to‘xtaydi, cho‘ntagiga soladi). Yurtimiz-
ga ajoyib rahbar keldi-da, menga o‘xshash eski rah-
barlarni yig‘ib kengash tuzmoqchi ekan... Õo‘p, yana 
o‘zimizning gapimizga qaytaylik. Men sizlarni otalaring 
o‘rnida tabriklagani keldim. Beksulton yaxshi yigit. 
G‘isht zavodini unga o‘zim berganman. Yigirma yil loy 
tepding, bas, endi rahbar bo‘l deganman. Inoyatbonu, 
to‘yni chiroyli o‘tkazishimiz kerak. 
Oila ahli Shokalon hokim bilan gaplashganini ko‘rib,  
unga yanada hurmat bilan qaray boshlashadi.
INOYAT: — Õudo xohlasa, ertaga fotiha to‘y keladi, 
o‘zingiz bosh bo‘lasiz. 
* * *
Shokalon ko‘chada shiddat bilan boryapti. Jahli 
chiqqan, alami oshgan, goh yerni, goh qarshisidagi 
daraxtni tepib-tepib qo‘yyapti.


259
SHOÊÀLON: — Qiziq, men qanaqa odamman o‘zi? 
Yaxshimanmi, yomonmanmi? E, xudo, meni qanaqa 
qilib yaratgansan? Ha, yaxshiga yaxshiman, yomon-
ga yomonman, yovuzman. Yo‘q, senlarga yuz gektar 
yerni tep-tekinga berib, 3 gektar yer bilan barmog‘ini 
burniga tiqib qoladigan ahmoqlardan emasman. Yo‘q! 
Bilaman  (kuladi), tulki o‘ttiz ikki pandim bor, eng 
yaxshisi ko‘rinmaslik, degan ekan. Ha, yashirincha, 
yashirinchasiga, endi dushmanimning qo‘li bilan ura-
man va dushmanimning qo‘li bilan tortib ham olaman. 
Õanjarni ular ursin-u, paxta qo‘yib yarangni bog‘lash 
mendan bo‘lsin. 
* * *
Inoyat ayaning hovlisi. Êecha fotiha to‘yi kelgan. 
Bugun yurtning o‘n-o‘n besh chog‘li keksalari ziyofat 
yegani, fotiha o‘qigani kelishgan. Hovlida erkag-u xotin, 
xizmatkorlar, bolalar. Bir qozonda sho‘rva, bir qozonda 
palov damlab qo‘yilgan. Bir uy to‘la erkaklar, bir uy 
to‘la ayollar. Shokalon xuddi oila boshlig‘idek tutadi 
o‘zini. Goh unga, goh bunga ish buyuradi, o‘rgatadi. 
Bahrom videokamerasi yelkada, goh ayollar xonasiga 
kiradi, goh erkaklar huzurida paydo bo‘ladi. O‘zicha:
To‘y boshlansa Tagobda, 
Meva qolmas likopda, — deya ashula ham aytib 
qo‘yadi. 
Ichkarida to‘satdan askiya-payrov boshlanib ketadi. 
O‘nboshi bilan Shokalon eski raqib, odamlar davrasida 
uchrashdi deguncha bir-birini chalpish payida bo‘ladi. 
Ho‘kiz payrovi ketyapti. 
SHOÊÀLON: — O‘nboshi, ishtahang yo‘qroqmi dey-
man, oldingga poya solsam, nuqul uchini yalayapsan?
O‘NBOSHI: — To‘g‘ri, o‘sha kunlari ishtaham yo‘q-
roq edi, rais, sen ham qarib tishlaring to‘kilganga 


260
o‘xshaydi. Oldingga poya solsam, bitta yo‘g‘onrog‘ini 
og‘zingga solib, ertalabgacha so‘rib chiqding-a?
SHOÊÀLON: — Sen ham qaribsan, shekilli? 
O‘NBOSHI: — To‘g‘ri, ancha munkillab qoldim. 
SHOÊÀLON: — Qo‘shga olib chiquvdim, yurmay 
or qamdan itarsang yuraman, deb turib olding-a?
O‘NBOSHI: — E, qulog‘ing og‘ir ekan, o‘sha kuni 
men oldimdan tortsang yuraman, degandim. 
SHOÊÀLON: — Yana ishtahang ochilganga o‘x-
shaydi. 
O‘NBOSHI: — To‘g‘ri, shu kunlarda tuppa-tuzuk 
bo‘lib qoldim.
SHOÊÀLON: — Endi quchoqlab solmasam to‘y-
maysan, shekilli?
O‘NBOSHI: — Àgar quchoqlab bermasang, ertalab-
gacha tog‘orangni daranglatib tepib chiqaman.
SHOÊÀLON: — Ja, haddingdan oshib ketyapsan.
O‘NBOSHI: — Nima qilibman haddimdan oshib?
SHOÊÀLON: — Badnafs bo‘p qopsan. Ànavi kuni 
qopda yem ko‘tarib borsam, oxuringni ko‘rsatib to‘ldi-
rib soling, to‘ldirib soling, deysan-a.
O‘NBOSHI: — Yemni ko‘p yesam, tez semiraman-da, 
lekin nazarimda sening ishtahang bo‘g‘ilib qolgan ga 
o‘xshaydi. 
SHOÊÀLON: — Qayoqdan bila qolding?
O‘NBOSHI: — Yem ko‘tarib borsam, jon aka, bugun 
tuzlab solasiz, deding-ku.
SHOÊÀLON: — Nazarimda, sen ancha-muncha 
xashakka to‘ymaydiganga o‘xshaysan.
O‘NBOSHI: — Ha, keyingi paytda badnafs bo‘lib 
qolganman.
SHOÊÀLON: — Ertadan boshlab seni orqaga olib 
chiqib sekin qoqib kelmoqchiman.
O‘NBOSHI: — Hoy, menga qara.
SHOÊÀLON: — Ikki ko‘zim senda, o‘rtoq.


261
O‘NBOSHI: — Hoy, qoqsang tuzukroq qoq. Bo‘lmasa 
men ham orqangdan qozig‘imni sug‘urib, sekin jo‘nab 
qolaman.
* * *

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling