ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

Àyollar xonasida xushnudlik, shirin suhbat. Ikkit-
adan-uchtadan bo‘lib suhbatlashishyapti, birov birov-
ga quloq solmaydi. Inoyatning qarindoshlari, fotiha 
to‘y olib kelgan ayollar... Õabarxon-u Mo‘minaxonlar 
oldilariga fartuk tutib olishgan. Yugurib-yelib xizmat 
qilishyapti.
OVOZLÀR:
— Hoy Inoyat buvi, kelib birpas o‘tirsangiz-chi.
— Àyamiz fermaniyam hech kimga ishonmaydi, 
qozon-tovog‘iniyam. 
— Õurshida Beksultonga fotiha bo‘lganini eshitib, 
Shoumar yonib ketayotgandir.
— Yonish ham gapmi, alangasi yetti osmonga yetib 
yuribdi.
— Lekin Õurshida qurmag‘ur ham g‘oyat go‘zal-da.
— Voy, Soybo‘yining qizlari hammasi go‘zal bo‘ladi. 
— Sut-qatiqni ko‘p ichishadi-da. 
— Ozarbayjonda qiz bola bo‘yiga yetganda faqat 
qaymoq berishar ekan.
— Voy, nega?
— Yuzlari oppoqqina, yumshoqqina bo‘larkan.
— Yigitlari maza qilarkan-da.
— Eshitdingizmi, Ominaxonning bo‘yida bo‘pti. 
— E, xayriyat-ey, erginasi naq yetti yil kutdi-ya.
Ichkaridan erkaklar chiqib qator turishibdi. Shoka-
lon qo‘y yetaklab kelgan bolaga, O‘nboshiga to‘n kiy-
giz-yapti. Àkmalxon qori fotiha o‘qiyapti:


262
ÀÊMÀL QORI:  — Ikkovlari qo‘sha qarisinlar, baxt-
li-saodatli turmush kechirsinlar. Qizimizga ferma, 
o‘g‘limizga zavod ochib bergan Prezidentimiz omon 
bo‘lsinlar.
Ikkovlarining yostiqda boshi ko‘paysin, qozonda 
oshi ko‘paysin, gulzorida gul bo‘lsin, cho‘ntak to‘la 
pul bo‘lsin, suyuq oshi so‘k bo‘lsin, olgan puli «ko‘k» 
bo‘lsin... Àllohu Àkbar!
* * *
Fermaning ma’naviyat xonasi. Qo‘shilish komissiya-
si ishlayapti. Beksulton, Otajon Àziz, Usmon G‘ani, 
Õurshida, Àbdusamat, O‘nboshi aralash o‘tirishibdi. 
HISOBCHI ÀYOL: — Yaroqli imoratlarning umumiy 
qiymati 19 million.
ÕURSHIDÀ: — Bu tafsilotlarning hammasi aktlarda 
yozilganmi?
HISOBCHI ÀYOL: — Masalan, yangi xumdonning 
bahosi. 
ÕURSHIDÀ: — Yo‘q, bularning hammasi aktlarda 
yozilgan. Hokimiyatga quyidagicha yozsak: g‘isht 
zavodi ishchilari va rahbariyatining xohishiga ko‘ra, 
umumiy qiymati 34 million so‘m bo‘lgan zavodni 
«Êo‘kdala»ga ixtiyoriy qo‘shilish masalasi hokimiyat 
majlisida ko‘rib chiqilishini so‘rab... buyog‘iga imzolar 
qo‘yamiz...
USMON G‘ÀNI: — Men deputatimiz hurmati qo‘l 
qo‘yaman-u, lekin qo‘shilishga mutlaqo qarshiman.
Eshik sharaqlab ochilib, qo‘rqinchli vajohat bilan 
qishloqdagi tikuv sexining rahbari Mahfirat kirib keladi.
MÀHFIRÀT (qaltirab): — O‘zim ham mana bu og‘ma-
chi shu yerda bo‘lsa kerak deb o‘ylovdim. Majlis baho-
na bir-birlaringni yalashib o‘tiribsanlarmi? 
ÕURSHIDÀ: — Hoy, o‘rtoq, nima gap o‘zi?


263
MÀHFIRÀT: — O‘rtoq emish, o‘rtoqmisan, jodugar-
san! Sevgan yigitimni tortib olib, fotiha to‘yini ham 
o‘tkazib olibsanlar-ku, manjalaqi... Yana o‘rtoq emish. 
ÕURSHIDÀ (o‘tirganlarga): — Sizlar chiqib turing-
lar  (Hammaga qo‘shilib Beksulton ham chiqib keta 
boshlaydi).
MÀHFIRÀT: — Hoy, subutsiz, yolg‘onchi, sen qayo-
qqa qochib qolyapsan?! Va’dani menga berib, foti ha 
to‘yini mana bu qayrilma qoshga jo‘natibsan-da. 
BEÊSULTON (Hayron): — Men senga qachon, ni-
mani va’da qilibman?
MÀHFIRÀT: — Voy xudo, va’da bermaganmiding?
BEÊSULTON: — Esing joyidami, jinnimasmisan?
MÀHFIRÀT: — Oltita tikuv mashinasi olib berib, 
bu yog‘ini yana gaplashaveramiz, deb ko‘zingni mana 
bunday qilib qisgan senmasmiding?
BEÊSULTON: — Senga g‘isht zavodi nomidan xay-
riya yordami berganman, ishlarini yo‘lga qo‘yib olsin, 
deganman.
MÀHFIRÀT: — Yordam bergan emishlar. Tomlarim-
ni nega oq tunuka bilan yopding, bo‘lmasa, kimdan 
umidvor eding, ablah?!
BEÊSULTON  (yer tepinib, qo‘lini musht qilib): — 
Onang ko‘zyoshi to‘kib boraverib, jonimga tegib ket-
gandi-ku.
MÀHFIRÀT: — Bekor aytibsan, maktabni bitirgan-
dan buyon ikki ko‘zing menda. Nega umidvor qilding 
meni? Nega, nega, nega?!
BEÊSULTON: — Men seni hech qachon umidvor 
qilgan emasman.
MÀHFIRÀT: — Qilgansan, qani mana shu man-
jalaqiga uylanib ko‘r-chi... Bilib qo‘y, g‘isht zavodingga 
o‘t qo‘yaman.
BEÊSULTON: — E, xudo urgan shallaqi ekan-
san-ku.


264
ÕURSHIDÀ (ikkovini ko‘kragidan itarib): — G‘alvani 
tashqariga chiqib qilinglar.
MÀHFIRÀT: — Itarma meni, ol qo‘lingni! Boyib 
ketibdilar-da, a? Oy chiqsa ham endi sizga boqar-
kan-da, katta majlisga borgan ham sen, mukofot 
olgan ham sen, deputat bo‘lgan ham sen. Hokimning 
yonida o‘tirib olib, kerilgan ham sen... Endi sevgan 
yigitimni ham tortib olmoqchimisan? Qoshingni qoqib, 
ko‘zingni suzib, hokimning tizzasida o‘tirib kelganingni 
bilmaymanmi?
Õurshidaning g‘azabi oshadi, Mahfiratni xonadan 
chiqarmoqchi bo‘ladi. Derazadan mo‘ralab turganlar 
yopirilib kiradi, Õabarxon Mahfiratni dast ko‘tarib olib 
chiqib ketadi, qaytib yana kiradi. 
ÕÀBÀRÕON: — Õurshidaxon, o‘zingizga olmang, 
bu o‘zi shunaqa bo‘p qolgan. Ànavi kuni eridan chiqib 
kelgan opasiniyam uch bolasi bilan ko‘chaga haydab 
chiqardi. Sizning kimligingizni hammamiz bilamiz. 
Beksulton ham halol yigit, hammaga yaxshilik qiladi. 
Menga ham 3000 ta g‘isht bergan. Voy shallaqi-ey, 
meniyam ko‘kragimni tishlab oldi-ya, rashk balosi 
yomon-da. Hay-hay, ersiragan xotindan xudoning 
o‘zi asrasin.
Õonada Õurshida bilan Beksulton tik turishibdi. Ik-
kovlari ham noqulay ahvolda, bir-birlarining ko‘zlariga 
qarasholmaydi.
BEÊSULTON: — Bu g‘irt tuhmatchi ekan-ku, a?
ÕURSHIDÀ: — Siz ham juda saxiy bo‘lib ketgan 
ekansiz (yuzini teskari o‘girib oladi).


265

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling