ÊBÊ: 84(5O‘)6 t 98 To‘xtaboyev, Õudoyberdi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#190804
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
@KUTUBXONA UZ 1 Qiz bolaga tosh otmang

TO‘RTINCHI QISM
Yarim tun. Inoyat aya kuyoviga, qiziga, quda-an-
dalariga berishi, tarqatishi lozim bo‘lgan sarpolarni 
birma-bir ko‘zdan o‘tkazyapti. Õonaning yuzasi har 
xil matolarga limmo-lim bo‘lib ketgan. Àya ularni o‘rni 
bilan taxlab, katta sandiqqa joylayapti. «Dadajonisi 
bo‘lganda edi», deydi-da ko‘zidagi quvonch yoshlarini 
artib oladi. «Ishqilib, el-yurt oldida uyalib qolmasam 
bo‘ldi». Bitta-bitta yurib narigi xonaga o‘tadi. Shiringina 
uxlab yotgan qizlariga tikiladi.
INOYAT: —  Qizlarim, asallarim, tug‘ilibsizlarki, 
boshlaring mehnatdan chiqmaydi. Zero, topganlaring 
yaxshi yigitlar bo‘lib, baxtli yashasanglar, men ham 
armonsiz ketardim bu dunyodan.


271
Qizlarining sochini ohista-ohista silaydi, be-ozorgi-
na o‘padi. Uyg‘ota boshlaydi, qizlar uy qusiraydi. Noga-
hon Õurshidaning qo‘lida uzuk ko‘rib hayron bo‘ladi.
ÕURSHIDÀ (Uyqusirab): — Àyajon, hozirgina yot-
dik-ku.
INOYAT: — Tura qolinglar, molxonaga tezroq bora 
qolaylik. Yuragimni vahima bosyapti.
UMIDÀ: — Sizni vahima bosmagan kun yo‘q, irim-
chisiz.   
INOYAT: — To‘xta, qo‘lingda uzuk paydo bo‘lib qop-
timi? Voy sho‘rim.
ÕURSHIDÀ: — Àyajon.
INOYAT: — Chaynalma, ochig‘ini ayt, yuragimdagi 
qoralik shundandir.
ÕURSHIDÀ: — Beksulton akam bilan rayonda 
uchrashib qoluvdik.
INOYAT  (qo‘rqib): — Voy sho‘rim, nikoh kechasi 
beriladi-ku, bunaqa uzuklar. Tag‘in sharmanda qil-
magin meni. 
UMIDÀ: — Àya, hozir yangi odat paydo bo‘lgan. Qiz 
yigitga turmushga chiqishga rozilik bergan kuni yigit 
tomon mana shunaqa uzuk sovg‘a qiladi. 
INOYAT: — Tavba... Tez bo‘llaring, negadir haligi 
vahimam yanada kuchaydi. Êecha tushimda molxo-
naga o‘t ketganini ko‘ruvdim.
«Tiko»da fermaga ketishyapti. Rulda Õurshida. In-
oyat tinmay Õurshidaning boshi-yu yelkalarini o‘pib, 
silab boryapti. Umidaning bunga rashki keladi. 
UMIDÀ: — Ja opamni ko‘p silaydigan bo‘p qoldingiz?
INOYAT: — Qaydam, fotiha to‘y kelgandan buyon 
xuddi qizginamdan ajralib qolayotgandekman.
UMIDÀ: — Pochchamlarning uyi yaqin-ku.


272
INOYAT: — Qaydam, Õurshida, menga qara, nega 
to‘y kunini belgilashni orqaga suryapsizlar?
ÕURSHIDÀ: — Àyajon, ko‘rib turibsiz, bir yo‘la o‘n 
oltita buqa semirish pallasiga kirgan. Êuniga kamida 
bir yarim kilodan ko‘paygan. Yana qirq kun boqsak, 
har biriga qanchadan yuk qo‘shilishini bilasizmi? To‘y 
kunlari esa ularga hech kim qaramay qo‘yadi.
INOYAT: — Àsalim-ey, biram hisob-kitobga 
ustasanki.
ÕURSHIDÀ: — Siz o‘rgatgansiz-da, ayajon.
* * *
Molxonani aylanishadi. Hammayoq jimjit. Sigirlar, 
buqalar, buzoqlarning biri yotibdi, boshqasi uxlayap-
ti, kavshanayotgani ham bor. Molxona eshigi yonida 
yotgan yigitni aya uyg‘otib, bor bu kecha xotiningni 
yoniga borib yot, deb uyiga jo‘natadi. O‘rningda men 
yotarman, deb uni tinchitadi. 
Qaytib ma’naviyat xonasiga o‘tishadi. 
ÀÊMÀLÕON QORI:  — Êirsam maylimi? Mana buni 
oqshom darvoza yonida oyoqning tagidan topib ol-
dim-u, hayron bo‘ldim. Bunaqa yaltiroq qog‘oz oyoq 
ostida yotsa uvol-ku, deb bunday olsam, qizim, sizning 
suratingiz ekan. Esdalikka tushgan ekansizlar-da.
Yaltiroq vatman qog‘ozida katta fotosurat. Shoumar 
bilan Õurshida. Õurshida Shoumarning pinjiga kirib 
ketay-kirib ketay deb turibdi, ikki yelka bir-biriga 
qo‘shilib ketgan.
ÕURSHIDÀ (qichqirib): — Àyajon!
INOYAT: — Bu yoqqa ber-chi, voy sho‘rim, to‘y ol-
didan-a?!
ÕURSHIDÀ (yig‘lab, baqirib): — Men u ablah bilan 
umrimda suratga tushmaganman-ku, surat ham ber-
maganman-ku (Polni tepadi, stolni mushtlaydi, rasm ni 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling