chizma. Gazlarni quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li hilan ajratishni prinsipial sxemasi. Bunda: 1-demetanizatsiya kolonnasi; 2-etilenni ajratish kolon- nasi; 3-etanni ajratish kolonnasi; 4-S3 va S4 fraksiyalarni ajratish kolonnasi.
Uglevodorod gazlarini quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratish usuli juda qimmat, katta energiya sarfi bilan bog‘langan va ap- paraturani tayyorlashda maxsus materiallar ishlatish talab qilinadi.
Kombinatsiyalangan usul
Amaliyotda absorbsion-rektifikatsion usullar ko‘proq qo‘llanilib, unda S3 dan yuqori bo‘lgan ilk gazning hamma komponentlari su- yuq absorbent bilan ajratib olinadi. So‘ngra absorbtsiyalanmay qol- gan uglevodorodlar quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Ushbu usul yordamida etilen 99,9% toza holda olinishi mumkin.
Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi
Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlar- dan juda keng foydalaniladi.
Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi.
Propilen esa polipropilenni va u orqali quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik yuvish vositalari xomashyosini, izopropil spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi.
Butilenni asosiy ishlatilish joyi - uni sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda spirtlar ish- lab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |