B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari


n-butanni bir bosqichda degidrirlash (gudri usuli)


Download 0.74 Mb.
bet18/103
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1837450
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org

n-butanni bir bosqichda degidrirlash (gudri usuli)

Gudri usuli bilan bir bosqichda n-butanni degidrirlashda jarayon vakuum ostida (qoldiq bosim 0,2 atmosfera) olib boriladi.

Katalizator sifatida alumoxrom ishlatiladi. U 18-20% Cr2O3 dan iborat bo‘lib, jarayon 590-620°C temperaturada boradi.

Suv bug‘i bilan suyultirish ko‘zda tutilmaydi, chunki u kataliza- torni zaharlaydi.

Parchalangan xomashyoga nisbatan butadienning salmog‘i - 56%, butanning konversiyasi esa - 19,9%.

Jarayonning asosiy kamchiligi - avtomatikaning murakkabligida- dir.


41




  1. Pirolizda olinadigan S4 fraksiyadan butadienni ajratib olish

Benzin va og‘irroq xomashyoni piroliz qilinganda etilen hamda propilenlar bilan birga butadien ham hosil bo‘ladi, uni ajratib olini- shi esa piroliz jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichini ko‘taradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan benzin (qaynashining oxiri 1800C) turli sharoitlarda piroliz qilinganda hosil bo‘lgan butadien salmog‘i keltiriladi:

Harorat (°C) 780 750 725-730

Bug‘ning miqdori (xomashyoga nisbatan %) 50 30 30

Reaksiyaning davomiyligi (sek) 1,0 0,8-1,0 1,0

O‘tkazilgan xomashyoga nisbatan

Butadien salmog‘i (og‘irlik % da) 2,8 3,1 3,0

Butadien bilan birgalikda butilenlar, izobutilen hosil bo‘lib, ham- ma C4 - fraksiyaning pirogazdagi umumiy miqdori bo‘yicha 6,4 % dan 11,1 % gacha o‘zgarib turadi (harorat 780°C dan 725°C gacha o‘zgarganda).

Piroliz orqali olinadigan C4-fraksiyaning mumkin bo‘lgan qayta ishlash variantlaridan birini quyidagicha talqin qilish mumkin: av- valo C3 va C5 qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun C4 fraksiya rektifi- katsiyaga uchratiladi, so‘ngra u atsetilendan gidrirlash yo‘li bilan to- zalanadi va keyin mis tuzlari eritmasi yordamida xemosorbsiya yo‘li bilan yoki selektiv erituvchilar (furfurol, atsetonitril va boshqalar) ishlatib ekstrfaol rektifikatsiya bilan butadien tozalanadi.





  1. Download 0.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling