B. Abidov, О. G‘. Azimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi asoslari
Download 0.74 Mb.
|
Neft-gaz sintezi asoslari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz holatdagi parafin uglevodorodlar
Parafin uglevodorodlar
Neftkimyo sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan parafin uglevodorodlarga, birinchi navbatda, quyi molekular Cj-C5 parafin uglevodorodlar kiradi. Uglerod atomlari soni 6-10 dan iborat bo‘lgan parafin uglevodorodlar chegaralangan miqdorda ishlatiladi. C10-C20 va C20-C40 parafin uglevodorodlarida sintetik yuvish vo- sitalari yarim mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foy- dalaniladi. Parafin uglevodorodlarni ishlatishda oqsil-vitaminli kon- sentratlarni bakteriyalar vositasida bijg‘itish usuli bilan olish yangi yo‘nalish hisoblanadi. Parafin uglevodorodlar uch turga - gaz holatdagi, suyuq va qattiq turga bo‘linadi. Gaz holatdagi parafin uglevodorodlar Gaz holatdagi parafin uglevodorodlarga metan, etan, propan, bu- tan va izobutan kiradi. Tabiiy gazlar bevosita yer qa’ridan qazib chi- qariladi; tabiiy gaz ko‘pincha neft qazib chiqarishda yo‘ldosh gazlar sifatida ajralib chiqadi; ko‘p hollarda esa alohida kon hosil qilishi mumkin. Neftkimyo uchun stabilizatsiya gazlari, gaz-kondensat konlari uglevodorodlari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gazlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy gazning tarkibiga qarab ularni 2 guruhga: quruq va yog‘liq gazlarga bo‘linadi. Q‘uruq gaz, asosan, metandan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida ozgina miqdorda etan ham bo‘ladi. Gaz tarkibida uglevodorodlardan tashqari uglerod dioksid, azot, kislorod, vodorod sulfidlar, gohida geliy ham bo‘ladi. Gaz tarkibida 3-4% dan kam bo‘lmagan miqdorda etan bor bo‘lsa, -20°C da uni yengil absorbsiya moyi bilan absorbsiya qilib ajratib olinadi va neftkimyo sintezining qimmatli xomashyosi bo‘lgan etilenga degidrogenlashda ishlatiladi. Gaz tar-
18
kibidan 4% gacha etan ajratib olinadi, qolgan gazni atsetilen ishlab chiqarishda yoki yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Neftkimyo uchun qimmatli bo‘lgan yog‘li (yo‘ldosh) gazdir. Yog‘li gaz komponentlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin: metan, etan va qo‘shimchalar (N2,CO2,O2 va boshqalar), bosh- qacha aytganda quruq gaz; propan, butan-20 atmosfera bosimda va normal haroratda su- yuq holatga o‘tadigan uglevodorodlar (suyultirilgan gazlar); pentan, geksan va geptan-normal sharoitda suyuq holatda bo‘lgan uglevodorodlar (gaz benzini). Chuqur burg‘ilash hajmlarining oshishi munosabati bilan neftkimyo sintezi xomashyolari manbai sifatida gaz kondensat konla- ri tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kondensat konlaridan chiqqan gaz etan, propan va butan miqdori bo‘yicha tabiiy hamda yo‘ldosh gazlar oralig‘idan o‘rin oladi. Kondensatsiyalangan komponentlarni, ya’ni suyulgan gazlarni va gaz benzinini ajratib olish uchun 3 usul ishlatiladi:
kompression (bosim ostida haydash); absorbsion (katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan materiallar - masalan, faollangan ko‘mir bilan absorbsiyalash). Ushbu usul gazda yuqori molekular komponentlar kam bo‘lganda ishlatiladi. absorbsion (moy bilan absorbsiyalash). Hozirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan usul - absorbsion usul bo‘lib, bunda 35 atmosfera bosim ostida turgan gazdan C3 va undan yuqori uglevodorodlarni absorbsion moyda eritib, ajratib olinadi. Yutilgan uglevodorodlarni desorbsiyalash va absorbentni regenerat- siya qilish to‘yingan absorbtsion moy (yog‘li moy)ni isitish orqali amalga oshiriladi; shundan so‘ng absorbent «ochiqqan moy» yana absorbsiyaga yuboriladi. Yog‘dan ajratib olingan parafin uglevodo- rodlardan gaz benzini olish uchun bosim ostida propan va butanlar haydalib, so‘ng ajratish uchun jo‘natiladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlar mavjud bo‘lib, ularda neftkimyo sintezi uchun xomashyo bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Yengil parafin uglevodorodlar, asosan, neftni to‘g‘ri haydash jarayonida, dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda va gidrokrekingda olinadi. Quyi molekular parafin uglevodorodlar neftkimyo sintezi uchun 19
qimmatli xomashyo hisoblanadi. Etan va propan neftkimyo uchun qimmatli xomashyo turi bo‘lgan etilen hamda propilenni olishga ish- latiladi, butan va pentan esa sintetik kauchuklar olish uchun dastlab- ki monomer bo‘lgan butilen, butadien va izoprenlarni olishda foyda- laniladi. Parafin uglevodorodlar nitrolash, xlorlash va oksidlash jara- yonlarida ham ishlatilishi mumkin. Hosil bo‘ladigan nitroparafin- lar (erituvchi), metilxlorid, xloroform, uglerod IV-xlorid, etil xlorid (tetraetilqo‘rg‘oshin olish uchun ishlatiladi), formaldegid, metanol, atsetaldegid va boshqalar qimmatli moddalar hisoblanadi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling