B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
2.2. Suyuq parafin uglevodorodlar
C
5
(t
qayn
= 30ºC) dan C
16
(t
qayn
= 286ºC) gacha bo‘lgan parafin
uglevodorodlar normal sharoitdagi suyuqlikdir. Ushbu uglevodorod-
lar neftni to‘g‘ridan–to‘g‘ri haydash natijasida mos holida benzin
(20–200ºC) va kerosin (170–285ºC) fraksiyalarida mavjud. Keyingi
kimyoviy qayta ishlashlarga normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin
uglevodorodlar qiziqish hosil qiladi. Mos fraksiyalardan rektifikat-
siya yo‘li bilan ajratib olish imkoniyati yo‘q, chunki fraksiyada nor-
mal parafinlar bilan birga o‘sha oraliqda qaynaydigan izoparafin,
aromatik va naften uglevodorodlar ham bor.
2.2.1. To‘g‘ri zanjirli parafin uglevodorodlarni ajratib olish 
usullari
Hozirgi paytda parafin uglevodorodlarni muvofiq neft fraksiya-
laridan mochevina (karbamid) bilan ekstrfaol kristallizatsiya qilish
usuli bilan ajratib olinadi.
Ushbu usul normal tuzilishga ega bo‘lgan parafin uglevodorodlar
mochevina bilan birikib, kristall mahsulot (kompleks) hosil qilishiga
asoslangan, uglevodorodlarning boshqa turlari bunday kompleksni
hosil qilmaydi.
Parafin uglevodorodlarning mochevina bilan bergan kompleksi-
ning stabilligi uglevodorod zanjiri uzunligining hamda mochevina-
ning eritmadagi kontsentratsiyasi oshishi bilan ortib boradi.
Kristallizatsiya jarayoni 35ºC haroratda mochevinaning 
to‘yingan suvli eritmasi ishtirokida olib borilib, eritmani 


21
to‘yingan holatda doimiy ushlab turish maqsadida haroratni
sekin-asta 25ºC gacha pasaytiriladi, bu esa kompleks hosil bo‘lish
tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kompleks sentrifuga yoki filtrda
ajratilib, erituvchi bilan yuviladi va suv yordamida 70–80ºC gac-
ha isitib, uni parchalaydi. Shu kabi normal parafin uglevodorodlar
va mochevina ajratib olinadi, mochevina esa qayta kompleks ho-
sil qilish uchun jarayonga qaytariladi.
Keyingi paytlarda karbamid yordamidagi deparafinlash o‘rniga
iqtisodiy nuqtai nazardan samaraliroq bo‘lgan n–parafinlarni mo-
lekular elaklarda ajratib olish usuli kirib keldi. Molekulyar elak
(seolitlar)–natriy va kalsiyli sintetik alyumosilikatlar g‘ovaklarining
o‘lchamlari (4–5
0
А
) tuslanishi mumkin bo‘lib, faqat n–parafinlarni
o‘zlarinigina ajratib olish imkoniyatini beradi. Molekulalarning di-
ametri katta bo‘lgan izoparafin, aromatik va naften uglevodorod-
larni yutmaydi. Dastlabki fraksiya seolit bilan to‘latilgan adsorber
orqali o‘tkaziladi, ularda n–parafin uglevodorodlar adsorbsiyala-
nadi. Desorbsiya bosimni tushirib, haroratni ko‘tarib, adsorbentni
biron-bir erituvchi bilan yuvish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ja-
rayonning 200 dan 400ºC gacha haroratda, 5–10 atmosfera bosimda
o‘tkaziladigan turli modifikatsiyalari mavjud. Аdsorbent 1000–3000
soat ishlagandan so‘ng oksidlab regeneratsiya qilinadi (koksi kuydi-
riladi).

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling