B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


Polipropilen va boshqa poliolefinlar ishlab chiqarish


Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana26.08.2023
Hajmi3 Mb.
#1670419
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
1.4. Polipropilen va boshqa poliolefinlar ishlab chiqarish
Sigler katalizator sistemasi ishtirokida anionli polimerizatsiyani
ochilishi oqibatida yuqori molekular birikmalar va boshqa olefinlar-
ni olish amalga oshirildi. Хususan, mashhur Italiya kimyogari Natt
mehnatlari evaziga 1956–1957-yillarda turli xil propilenlar olindi.
Polipropilen ishlab chiqarish jarayoni quyi bosimda etilenni poli-
merizatsiyasi bilan ko‘p umumiylikka ega, biroq ayrim o‘ziga xos
joylari ham bor.
Ishlatiladigan katalitik sistemaga bog‘liq holida ko‘proq yoki
kamroq kristallik darajali, regular yoki noregular tuzilishli polimer-
lar hosil bo‘lishi mumkin.
Propilenni Al(C
2
h
5
)
3
va TiCl
4
sistemasi bilan polimerlaganda
juda quyi kristallik daraja (40–50%)li polimerlar olingan.
TiCl
4
ni TiCl
3
bilan almashtirish (ushbu xizmat Nattga taalluqli)
kristallik darajasi 80–90% bo‘lgan polimerlar olish imkoniyatini berdi.
Shuning uchun propilenni polimerlashni farqlovchi o‘ziga xos
xususiyati sifatida Al(C
2
h
5
)
3
va TiCl
3
lardan tarkib topgan katalitik
sistemani qo‘llanilishidir; so‘nggi komponent TiCl
4
ni vodorod bilan
650ºC da qaytarib olinadi.
Propilen etilenga nisbatan katta qiyinchilik bilan polimerlan gani
sababli, jarayon katalizator komponentlari Al(C
2
h
5
)3: TiCl
3
ni 2¸3:1
nisbatda olib boriladi. Erituvchi sifatida, odatda, geptan ishlatiladi,
boshqa yengil qaynovchi uglevodorodlar yoki to‘yingan xarakterda-
gi uglevodorod fraksiyalari ham qo‘llanilishi mumkin. Propilenning
polimerizatsiyasini 65–70 ºC haroratda va 10–12 atmosfera bosimi-
da olib boradi. Хomashyo sifatida yuqori konsentrlangan propilen
(99%) yoki Rossiyada taklif etilgan propan-propilen fraksiyasi (30%
propilen) ishlatilishi mumkin. So‘nggi holida erituvchi sifatida pro-
pan xizmat qiladi. Propilenni polimerizatsiyasida etilennikiga (872
kkal/kg) nisbatan ancha kamroq miqdorda issiqlik (285 kkal/kg) aj-
ralib chiqadi, bundan tashqari, propilen kamroq adgeziya qobiliyati-
ga egadir. Ushbu omillar issiqlikni faqat «ko‘ylak» orqali olib chiqib
ketish bilan chegaralanishga imkon beradi, issiqlik bir qismi erituv - 
chini bug‘lanishi, uni kondensatlanishi va jarayonga qaytarilishi
yo‘li bilan olib chiqib ketilishi ham mumkin.
Katalizator kompleksini erituvchidagi konsentratsiyasi 0,1–0,2%


129
atrofida, katalizator sarfi esa 4% gacha yetadi. Bir o‘tishda propilen-
ning 98% i polimerga aylanadi. Propilenni polimerlash jarayonini
boshqa ko‘rsatkichlari Sigler katalizatorida etilenni polimerlash jara-
yonidagi kabidir.
Polimerizatsiya natijasida quyidagi sifatdagi polipropilen olinadi.
Molekular og‘irligi 40–700 ming (texnik–200 ming).
Erish harorati, ºC 164–170.
Zichlik, g/sm
3
0,90–0,92.
Uzilishga mustahkamlik chegarasi, kg/sm
2
330–360.
Polipropilenning molekular og‘irligini sistemaga regulatorlar
deb ataluvchi harakatchan vodorod atomli birikmalar hisoblangan
aminlar, merkaptanlar yoki vodorod yodid yoki vodorodning o‘zini
qo‘shish bilan ham ko‘paytirish yoki kamaytirish mumkin.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling