B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri
Polietilen xossalarini taqqoslash
Download 3 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Poliolefinlarning ishlatilishi
Polietilen xossalarini taqqoslash
№ Ko‘rsatkichlar p о l i e t i l e n Q‘uyi bosim O‘rta bosim Yuqori bosim 1 1000 uglerod atomiga to‘g‘ri kelgan CH 3 guruhi soni 3 – 21,3 2 Kristallik darajasi, % 87 93 84 3 Zichlik, g/sm 3 0,94–0,96 0,94–0,97 0,91–0,92 126 4 Uzishga mustahkamlik chegarasi, kg/sm 2 280–300 290–320 120–160 5 Egilishdagi mustahkam- lik chegarasi, kg/sm 2 – – 120–170 6 Mo‘rtlik harorati, ºC –65 – –70 7 Dielektrik yo‘qotishlar tangens burchagi – – 0,0003–0,0005 8 Dielektrik o‘tkazuv- chanlik – – 2,2–2,3 9 Erish harorati, ºC 125–130 127–130 108–110 10 Molekular og‘irlik 70–350 ming 30–200 ming 15–30 ming 1.3. Poliolefinlarning ishlatilishi Hozirgi vaqtda amalda poliolefinlar ishlatilmagan xalq xo‘ja- ligining hech bir sohasi yo‘q. Yuqori bosim polietileni ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Polietilen yuqori dielektrik xossalari suv bug‘larini kam o‘tkazuvchanlik, uni turli aloqa vositalari (telefon, telegraf)da ishlatiluvchi elektr simlari va kabellarni izolatsiyalashda, signal qu- rilmalarda, dispetcherlik, teleboshqarish sistemalarida, yuqori chas- totali qurilmalarda, yuqori kuchlanish texnikasida, suvda ishlaydigan dvigatel o‘tkazgich simlarini o‘rashda hamda suv osti kabellarini izolatsiya qilishda keng ishlatiladi. Polietilen bilan izolatsiya qilingan kabel kauchukli izolatsiyaga nisbatan afzalliklarga ega. U yengilroq, ko‘proq egiluvchan, kattaroq teshib o‘tish kuchlanishiga ega. Hamma mavjud plastmassa tiplaridan ko‘ra polietilen quvurlar tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladi. Polietilen quvurlari yengil, korro- ziyaga chidamli, suyuqlik harakatiga kichkina qarshilik, montaj qi- lishni soddaligi, egiluvchan, sovuqqa chidamli, payvandlashni oson- ligi kabi xususiyatlarga ega. Polietilen quvurlar o‘z kimyoviy chidamliliklari va elastiklikla- ri tufayli suvni, tuz va ishqorni, kislotalarni transportirovka qilish- da, ichki va tashqi suv o‘tkazish tarmog‘ini barpo etishda, sut va 127 sharbatlarni uzatishda, irrigatsiya sistemalarida va sun’iy yomg‘ir yog‘dirish qurilmalarida ishlatiladi. Yuqori bosim polietilenli quvur- lar 60ºC da, quyi bosimdagisi esa 100ºC haroratgacha ishlashi mum- kin. Bunday quvurlar quyi haroratlarda (–60ºC gacha) va suv muz- laganda ham buzilib ketmaydi; ularning daydi elektr toklari orqali bo‘ladigan tuproq korroziyasiga ta’siri yo‘q. Yuqori bosim polietilenining ko‘proq qismi boshqa plyonkalar (sellofanli, polivinilxloridli) bilan konkurent bo‘lib, qadoqlovchi material sifatida kamroq qismi esa sumkalar, qoplar tayyorlashda, qutilarning yuzini qoplashda ishlatiladi. Plyonkadan tayyorlan- gan qoplar turli mashina mexanik detallarini korroziyadan saqlash maqsadlarida qadoqlash uchun yaroqli. Suv bug‘lariga nisba- tan kichik o‘tkazuvchanlik, ammo kislorodga nisbatan esa yuqori o‘tkazuvchanlik, egiluvchanlik, toksik emaslik, hidining yo‘qligi – muzlagan go‘sht va tovuqlarni qadoqlashda yuqori bosim ostida po- lietilenning ishlatilishiga asosiy omillardan. Polietilendan plyonka 30 km balandlikkacha ko‘tariladigan aerostatlarni va atmosferaning yuqori qavatlarida meteorologik va boshqa izlanishlar olib borishda ishlatiladigan ballonlarni tayyorlashda foydalaniladi. Magistral neft va gaz quvurlarini korroziyadan himoya qilishda katta iqtisodiy sa- mara beradi. Qishloq xo‘jaligida shaffof va qora polietilen plyonkalari ishlatila boshlandi. Shaffof plyonkalar issiqxona va bug‘xonalarda oynani al- mashtirishda foydalaniladi. Qora plyonka sabzavotlar yetishtirishda issiqlikni ushlab qolish maqsadida ekin yuzini qoplash uchun xizmat qiladi, shu kabi silos tayyorlanadigan chuqurliklarni, suv havzalari va kanallarning devorlarini qoplashda ishlatiladi. Polietilen plyonkasi hosilni, qishloq xo‘jalik mashinalarini saq- lashda joylardagi devorining tomini yopuvchi material sifatida tobo- ra ko‘proq ishlatilyapti. Polietilen plyonka qurilishda imorat fundamenti asosini va nam- dan qotish paytida beton himoyasida ishlatiladi. Polietilen va polipropilenlar filtrlaydigan to‘qimalar, mebel g‘iloflari, arqonlar, brezentlar, baliq tutadigan to‘rlar tayyorlashga yaroqli tolalarga qayta ishlanishi mumkin. Poliolefin asosidagi tolalar suv shimmaydi, demak, ular ho‘l- langanda mustahkamligi o‘zgarmaydi. Ular ishqorlar, kislotalar (bundan nitrat kislota mustasno) ta’siriga chidamli. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling