B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Funksional demografik prognoz qilish –


Download 2.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/121
Sana02.11.2023
Hajmi2.02 Mb.
#1741173
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Funksional demografik prognoz qilish – bu ayrim o’ziga xos 
maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi 
teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish. 
O’rta muddatli rejalashtirish vazifalariuzoq muddatli 
rejalashtirish dasturlarini amalga oshirish uchun moliyaviy, iqtisodiy va 
texnik nuqtai nazardan zamin hozirlashdan iborat. 
Qaror qabul qilish – bu ikkinchi darajali sharoitlarni hisobga olgan 
holda maqsad qo’yilganda optimal muqobil variantni tanlash.
Qarorlar qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan baholash – bu 
muqobil variantlar yordamida maqsadga erishish darajasini tavsiflovchi 
kattalik.
Qadrsizlanish – milliy valyutaning narxi chet el valyutalarining 
bahosidan kamayishi. 
Qisqa muddatli rejalashtirish maqsadi – bir oy mobaynida 
biznesning rivojlanishini nazarda tutish, ishlar natijalari rejalardan chetga 
chiqishining butun reja gorizontini rejalashtirishga ta’sirini hisoblab 
chiqish va ushbu rivojlanishni ixcham boshqarishdan iborat. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, Viloyatlar va 
Toshkent shahar xokimiyatlari – viloyatlar va Toshkent shahrining 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari, mahalliy byudjetning 


187 
shakllanishi va byudjetdan moliyalashtirishga talabnomalar prognozini 
amalga oshiradilar. 
Ekstrapolyastiya usuli – avvalgi davrlar amaliyotidan kelib chiqib 
istiqbollarni tuzish. 
Ekstrapolyastion usul – chiziqli va eksponenstial Funksiyalardan, 
ya’ni davr mobaynida aholi sonining o’rtacha yillik absolyut o’zgarishlari 
to’g’risidagi yoki o’rtacha yillik o’sish sur’atlari to’g’risidagi 
ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan usul. 
Ekspert baholash usuli – fan va iqtisodiyotning alohida 
tarmoqlarida vakolatli mutaxassislar tomonidan berilgan va asoslangan 
baholar negizida qilingan prognoz. 

Download 2.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling