B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov
Download 2.02 Mb. Pdf ko'rish
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta
kursining predmeti hisoblanadi. Har qanday boshqarish prognoz yoki
reja shaklida ilmiy oldindan ko’ra bilishni talab qiladi. Bu - xo’jalik yuritishning istalgan sohasini boshqarish aksiomasi. Biroq firmaga istalgan prognoz yoki reja emas, balki kelajakning yaxshi asoslangan timsoli kerak. Haqiqiy voqealarning nazarda tutilayotgan voqealarga mos kelishi asoslash sifatining bosh mezoni bo’ladi, bu firmani tanlangan xo’jalik yuritish maqsadlariga yaqinlashtiradi. Xo’jalik yuritish subyekti va obyekti sifatida firma faoliyati davlat iqtisodiyotining tashkiliy tizimi doirasida 16 ko’rib chiqiladi. Biznes o’z munosabatlarining takroriy namoyon etilishi, ularning moslashuvchanligi va ijtimoiy jarayonni ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi, bu hamma vaqt hozirgi holatning o’zgarishi va kelajakka ta’sir etish bilan bog’liq, chunki iqtisodiy oldindan ko’ra bilish o’tmishni aks ettiradi, hozirni o’z ichiga oladi va kelajakni ko’zlaydi. Ushbu fanni o’rganish jarayonida mutaxassis iqtisodiy asoslash vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar qanchalik aniq bo’lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib ular hech qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan ko’ra bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendenstiyalar, hodisalar, kategoriyalar va o’zaro bog’liqliklarning mohiyatini bilish asosida haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari va tendenstiyalari iqtisodiy nazariya, makro va mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, moliya, audit kabi ko’plab fanlar tomonidan o’rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko’ra bilish – bu aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob-kitoblar metodologiyasini anglab etish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va rejalashtirishning mazmuni iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi; rejalashtirish shakli menejmentga bog’liq bo’lib, u rejalashtirishni boshqaruvning bir qismi sifatida ko’rib chiqadi; rejali ishlanmalar uslubi marketing texnologiyalari bilan bog’liq. Lekin barcha reja va prognoz hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini, iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi yagona metodologiyaga amal qiladi. Download 2.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling