Quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari hisoblanadi:
oziq-ovqat mahsulotlariga dunyo bo‘yicha narxni ortib borishi va rivojlanayotgan davlatlar talabining ko‘payishi;
iqlim sharoitlarining o‘zgarishi;
bioyoqilg‘i ishlatish ko‘lamining ko‘payishi;
geosiyosiy omillar.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash mexanizmlari belgilangan maqsadli mezonlar asosida quyidagi tadbirlar uyg‘unligida amalga oshirish orqali ta'minlanadi:
respublikaning barcha hududlari darajasida oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash, baholash va kutilishi mumkin bo‘lgan xavfni oldindan bilish tizimini joriy qilish;
oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha xalqaro talablarga uyg‘unlashgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimi joriy qilish;
respublikaning barcha hududlari darajasida belgilangan maqsadli mezonlarni bajarishni ta'minlovchi agrosanoat majmuasini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni tartibga solish va boshqarish tizimini joriy qilish.
Nazorat savollari
Oziq-ovqat xavfsizligi insonlarga nima beradi?
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning ichki omillari nimalardan iborat?
Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning tashqi omillari nimalardan iborat?
5-Ma’ruza: Mаhsulоtlаr tаrkibidаgi quruq mоddаlаr miqdоri, kislоtаlilik, minеrаl qоldiqlаr miqdоrini аniqlаsh usullаri
Mаtnlаrni yoritish rеjаsi:
1. Quruq moddalar miqdorini aniqlash uslubi.
2. Kislotalilik darajasini aniqlash uslublari
3. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi mineral moddalar miqdorini aniqlash
Quruq moddalar miqdorini aniqlash uslubi
Toza va quruq byuksni yoki chinni idishga 12 g qizdirilgan qum solib tayoqcha bilan o’zgarmas og’irlikkacha qizdiriladi, eksikatorda sovutilib, analitik torozida 0,001 g aniqlikda tortiladi. qum bilan quritilgan byuksga analitik tarozida 5-6 g tekshirish uchun olingan mahsulot tortib, namunani qum bilan aralashtirilib, byuks tubiga bir xilda tarqatib quyiladi. Qopqoqni byuks yoniga quyiladi, so’ngra qurituvchi shkafga qo’yib 88-1000C da 4 soat davomida quritiladi. Byuksni og’zini qopqoq bilan yopib, eksikatorda 20-30 min sovutib, 0,001g aniqlikda tortiladi va jadvalga yoziladi. Hisoblash ishlarini yuqorida berilgan formulalar asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |