B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Download 0.51 Mb.
bet20/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

Nazorat uchun savollar

  1. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi quruq moddalar miqdorining ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Kislotalik deganda nimani tushinasiz?

  3. Kislotalikning qandaqa turlari bor?

  4. Mineral moddalar haqida ma’lumot bering

  5. Makro va mikro elementlarning inson uchun ahamiyati qanaqa?



6-Ma’ruza: Mаhsulоt tаrkibidаgi bo’yoq vа аrоmаtik mоddаlаr, vitаminlаr, оrgаnik kislоtаlаr. Yordаmchi mаtеriаllаrning sifаtini aniqlash.
Reja:
1. Ozuqaviy qo’shimchalar
2. Oziqaviy bo’yoqlar
3. Orgаnik kislоtаlаr
4. Aromatizatorlar (xushbo’ylantiruvchilar)
5. Vitaminlar
6. Yordаmchi mаtеriаllаrning sifаtini aniqlash. Vitamin C misolida.


Ozuqaviy qo’shimchalar: tuz, ziravorlar - qalampir, dolchin, qalampir munchoq, muskat yong’og’i, shirinlashtiruchi modda sifatida asal va boshqalar inson tomonidan bir necha asrdan buyon qo’llanilmoqda. Biroq ozuqaviy qo’shimchalardan keng miqyosda foydalanish XIX asr oxirida boshlandi, u aholi sonining o’sishi bilan, ularning shaharlarda zichlashuvi, an‘anaviy oziq-ovqat texnologiyasini takomillashtirish lozimligi, kimyoning yutuqlari, maxsus mo’ljallangan mahsulotlarni yaratish bilan bog’langan. Ko’pgina yakka tartibdagi iste‘molchilarda mavjud bo’lgan noto’g’ri fikrlarga qaramasdan kelib chiqish mumkin bo’lgan kasalliklarning o’tkirligi, sodir etilish tezligi va og’irligi bo’yicha ozuqaviy qo’shimchalarni minimal xavf xatar tug’diruvchi moddalar qatoriga qo’shish kerak.
Kimyoviy moddalarning zaharliligi kabi muhim masalalarni ham e‘tibordan holi koldirmaslik kerak. Odatda zaharlilik deganda, moddalarning tirik organizmga zarar keltirish qobiliyati tushuniladi. Shuni aytish lozimki ixtiyoriy kimyoviy birikma ma‘lum sharoitlarda zararli bo’lishi mumkin, shuning uchun, mutaxassislarni fikricha, moddalardan foydalanish taklif etiladigan usulda uning zararsizligi to’g’risida gapirish to’g’riroq bo’ladi. Bu yerda doza (organizmga bir sutkada tushadigan modda miqdori), iste‘mol davomiyligi, rejim, uning organizmiga tushish yo’llari va hokazolar muhim rol o’ynaydi. Organizmga ta‘sir etish samarasi ham turlicha bo’lishi mumkin (o’tkir, uzoq davom etadigan). Gigienik tartib va qoidalarini belgilash maqsadida yo’l qo’yiladigan kontsentratsiyalar (YKK) tadqiqotlarga asoslanadi. YKK kattaligi aniqlanganda omillarning juda katta miqdori inobatga olinadi. Tadqiqotlar maxsus tashkilotlar tomonidan o’tkaziladi va ma‘lum qoidalar bilan tartibga solinadi.
Oziqaviy qo’shimchalarning faqat juda muhim guruhlarini ko’rib chiqamiz.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling