B. B. Xolmurodov tktishf, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi assestenti


Download 0.51 Mb.
bet26/49
Sana18.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1211776
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash asoslari va xavfsizlik mezonlari

X100VkCMVl/1000(V2m)
Nazorat uchun savollar

  1. Oziq-ovqat qo’shimchalariga nimalar kiradi?

  2. Oziqaviy bo’yoqlarning qanaqa turlarini bilasiz?

  3. Organik kislotalar qanday maqsadlarda qo’llanadi?

  4. Aromatizatorlar qanaqangi moddalar?

Vitaminlarning oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi o’rni?

7-Ma’ruza: “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi” tushunchasi
Mаtnlаrni yoritish rеjаsi:

  1. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi

  2. O’zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi

  3. O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi muammolar va yechimlari.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalari va qoidalariga mosligi tushuniladi.


O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, O’zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruhsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro’yxatidan o’tkazish gigiena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro’yxatidan o'tkazish;
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta ro’yxatdan o’tkazish;
tarkibida giyohvandlik moddalari bo’lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo’shiladigan oziq-ovqat qo’shimchalari, yembop qo’shimchalar va biologik faol qo’shimchalarni ro’yxatdan o’tkazish.
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish saqlash tashish va u bilan savdo qilishga mo’ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro’yxati hamda sertifikatlashdan o’tkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
O’simliklardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog’ida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o’g’itlarni qo’llanishga ular toksikologiya-gigiena ekspertizasidan o’tkazilganidan keyin yo’l qo’yiladi. Qonuning oziq-ovqatlarni qadoqlash o’rash va tamg’alashda oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o’ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta'minlaydigan) va qonun hujjatlariga muvofiq tamg’alangan holda chiqarishlari shart. Qadoqlangan va o’ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo’shiladigan biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari yorliqlarga ega bo’lishi va ularda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo’ljallanganligi (bolalarga maxsus mo’ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);\
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo’shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun og’irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat qo’shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling