B. G. Ananev taklif etgan tasnifga ko‘ra Yosh psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda keng qo‘llanuvchi suhbat, so‘rov, test kabi meetodlar qanday metodlar guruhiga kiradi?


Download 25.55 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi25.55 Kb.
#1640391
Bog'liq
B. G. Ananev taklif etgan tasnifga ko‘ra Yosh psixologiyasi soha


1.Yosh psixologiyasi fani qaysi fanning ilmiy asosini tashkil etadi?
a) umumiy psixologiya; b) ijtimoiy psixologiya; c) pedagogik psixologiya; d) psixofiziologiya.

2.Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya sohalaridagi tadqiqotlarda o‘quvchining guruhdagi ijtimoiy mavqeini o‘rganishda ko‘pincha qaysi metod qo‘llanadi?


a) so‘rov; b) faoliyat mahsulini o‘rganish; c)test; d) sotsiometriya.

3.Yosh psixologiyasida keng qo‘llanuvchi quyidagi metodlardan qaysilari tashkiliy metodlar jumlasiga kiradi?


a)kuzatish va eksperiment; b)so‘rov va test; c)sotsiometriya va faoliyat mahsulini o‘rganish; d)uzunasiga va ko‘ndalangiga kesim.

4.B.G.Ananev taklif etgan tasnifga ko‘ra Yosh psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda keng qo‘llanuvchi suhbat, so‘rov, test kabi meetodlar qanday metodlar guruhiga kiradi?


a) tashkiliy metodlar; b) empirik metodlar; c) natijalarni qayta ishlash metodlari; d) interpretatsion metodlar.

5.Gerontopsixologiya Yosh psixologiyasi fanining qanday sohasi bo‘lib hisoblanadi?


a) bolalik davri psixologiyasi; b) o‘smirlik davri psixologiyasi; c) etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.
6.Ta’lim va tarbiya jarayonlarining psixologik qonuniyatlaridan tashqari pedagogik psixologiya yana nimani o‘rganadi?
a) turli Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari; b) o‘quv jamoasidagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi; c) o‘qituvchi faoliyati psixologiyasi; d) b va s javoblar to‘g‘ri.

7.Akmeologiya Yosh psixologiyasining qanday sohasi sanaladi?


a) bolalik davri psixologiyasi; b) homila davri psixologiyasi; c)etuklik davri psixologiyasi; d) keksalik davri psixologiyasi.

8.“Bola ruhiyati” asarining muallifi hamda zamonaviy Yosh psixologiyasi fanining asoschisi bo‘lib hisoblanadigan olim kim?


a) U.Djems; b) V.Preyer; c) K.D.Ushinskiy; d) J.J.Russo.

9.Qaysi davrgacha Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaga oid bilimlar asosan falsafa va tibbiyotga doir asarlarda bayon etilgan?


a)XIX asrgacha; b)XVII asrgacha; c)XIX asr o‘rtalarigacha; d)XVIII asrgacha.

10.A.Navoiyning qaysi asarida inson umrini Yosh davrlariga ajratishning o‘ziga xos tasnifi keltirilgan?


a) “Mahbubul-qulub”; b) ”Lisonut-tayr”; c) ”Mezonul-avzon”; d) “Hazoyinul-maoniy”.

11.V.Preyerning “Bola ruhiyati” asari qachon va qaerda nashr etilgan?


a) 1889 yil, Fransiya; b) 1888 yil, Angliya; c) 1888 yil, Germaniya; d) 1887 yil, AQSH.

12.Quyidagi olimlarning qaysi biri “Odam tarbiya predmeti sifatida” asarining muallifidir?


a)U.Djems; b)K.D.Ushinskiy; c)P.F.Kapterev; d)J.J.Russo.

13.Quyidagi olimlardan kimning psixik rivojlanish haqidagi ilmiy qarashlari kognitiv yondashuvga asoslangan?


a) E.Erikson; b) J.Piaje; c) Z.Freyd; d) S.Xoll.

14.Rekapitulyasiya nazariyasida 4 Yoshdan 12 Yoshgacha psixik rivojlanish davri insoniyat tarixidagi qanday davrga o‘hshatiladi?


a) yovvoyilik davri; b) ovchilik davri; c) chorvadorlik davri; d) dehqonchilik davri.

15.V.SHtern tomonidan ilgari surilgan psixik rivojlanish haqidagi ta’limotning bosh g‘oyasi qanday?


a) psixik rivojlanishda irsiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; b) psixik rivojlanishda ijtimoiy omil hal qiluvchi ahamiyatga ega; c) psixik rivojlanishda shaxs faolligi hal qiluvchi ahamiyatga ega; d) psixik rivojlanishda irsiy va ijtimoiy omilning o‘zaro yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

16.Bola psixik taraqqiyotining etakchi omili sifatida L.I.Bojovich qanday ehtiyojni ta’riflaydi?


a) xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyoj; b) shaxsiy imkoniyatlarni namoyon etishga bo‘lgan ehtiyoj; c) yangi taassurotlarga bo‘lgan ehtiyoj; d) e’tibor qozonishga bo‘lgan ehtiyoj.

17.Etakchi faoliyat haqidagi ta’limot qaysi olimning ilmiy qarashlariga asoslanadi?


a) K.D.Ushinskiy; b) D.B.Elkonin; c) L.I.Bojovich; d) P.YA.Galperin.
18.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birida psixik rivojlanish biologik va ijtimoiy omillar konfrontatsiyasi (o‘zaro to‘qnashuvi) natijasi sifatida tushuniladi?
a) psixoanaliz; b) bixeviorizm; c) madaniy-tarixiy konsepsiya; d) faoliyat nazariyasi.
19.Quyidagi ilmiy nazariyalardan qaysi birining ishlab chiqilishi P.YA.Galperin nomi bilan bog‘liq?
a) tarixiy-madaniy konsepsiya; b) munosabatlar nazariyasi; c) etakchi faoliyat haqidagi nazariya; d) aqliy harakatlarning bosqichma bosqich shakllanishi haqidagi nazariya.

20.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi bola amalga oshiradigan qanday amallardan tashkil topadi?


a) mustaqil bajara oladigan amallar; b) umuman bajara olmaydigan amallar; c) kattalar yordamida bajara oladigan amallar; d) bajarishni hoxlamaydigan amallar.
21.Taraqqiyotning eng yaqin zonasi haqidagi g‘oya qaysi ta’limot doirasida ilgari surilgan?
a) faoliyat nazariyasi; b) munosabatlar nazariyasi; c) ustanovka nazariyasi; d) tarixiy-madaniy konsepsiya.

22.L.Kolbergning ahloqiy rivojlanish nazariyasiga ko‘ra konvensional ahloq bosqichi taxminan qaysi Yoshga to‘g‘ri keladi?


a) 0-4 Yosh; b) 4-10 Yosh; c) 10-13 Yosh; d) 13 Yoshdan katta Yosh.
23.D.B.Elkoninning etakchi faoliyat haqidagi nazariyasiga muvofiq “odam-buyum” munosabat tizimi ko‘proq qaysi Yosh davrlari uchun xos bo‘ladi?
a) go‘daklik, ilk bolalik, o‘spirinlik; b) maktabgacha Yosh davri, kichik maktab Yoshi, o‘smirlik; c) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi, o‘spirinlik; d) kichik maktab Yoshi, o‘smirlik, o‘spirinlik.

24.Psixik rivojlanishning qaysi bosqichi psixoanaliz ta’limotiga ko‘ra psixologik va jinsiy rivojlanishning oxirgi to‘rtinchi bosqichi hisoblanadi?


a) oral bosqich; b) anal bosqich; c) latent bosqich; d) genital bosqich.
25.Ontogenezni filogenezning qisqa va siqiq shaklda takrorlanishi deb tushuntiradigan ta’limot qaysi?
a) psixoanaliz; b) genetik epistemologiya ; c) rekapitulyasiya; d) tarixiy-madaniy konsepsiya.

26.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan nazariyaga ko‘ra inson psixik rivojlanishi davomida qaysi Yosh davrida rollarning chalkashuvi xavfi kuchayadi?


a) 3-6 Yosh; b) 6-12 Yosh; c) 13-18 Yosh; d) 20-25 Yosh.

27.J.Piajening intellektual faoliyat taraqqiyoti haqidagi nazariyasida “ramziy (simvolik) intellekt” aqliy rivojlanishning qaysi bosqichiga xos deb hisoblanadi?


a) sensomotor intellekt bosqichi; b) konkret operatsiyalar davri; c) formal operatsiyalar davri; d) barcha bosqichlar uchun xos.

28.E.Erikson tomonidan ilgari surilgan ta’limotda psixik rivojlanish davomida yuzaga keladigan nechta inqirozli davr ajratib ko‘rsatiladi?


a) 6 ta; b) 8 ta; c) 4 ta; d) 3 ta.
29.J.Piaje tomonidan ilgari surilgan ta’limotga ko‘ra mavhum tushunchalar bilan mulohaza yurita olish qobiliyati qaysi bosqichda rivoj topadi?
a) formal operatsiyalar bosqichi; b) konkret operatsiyalargacha bo‘lgan bosqich; c) konkret operatsiyalar bosqichi; d) sensomotor intellekt bosqichi.

30.J.Piajening inson intellekti taraqqiyotini tushuntirib beruvchi ta’limotiga ko‘ra sensomotor intellekt bosqichi Yosh davrlarining ana’naviy tasnifiga ko‘ra qaysi davrga to‘g‘ri keladi?


a) go‘daklik; b) ilk bolalik; c) maktabgacha Yosh davri; d) kichik maktab Yoshi.

31.Insonning shakl o‘zgarishi bilan miqdorning saqlanib qolishini tushunish qobiliyatini nomlash uchun J.Piaje qanday atamani taklif etgan?


a) konservatsiya; b) klassifikatsiya; c) seriatsiya; d) tranzitivlik.

32.Quyidagi Yosh davrlarining qaysilarida boshqa odamlar bilan bo‘lgan muloqot etakchi faoliyat sifatida gavdalanadi?


a) ilk bolalik, kichik maktab Yoshi; b) maktabgacha Yosh davri, o‘smirlik; c) o‘smirlik, o‘spirinlik; d) go‘daklik, o‘smirlik.

33.Psixik rivojlanishning kompensatsiya qonuniyati mazmuni nimadan iborat?


a) psixik rivojlanish davomida turli psixik funksiyalar taraqqiyotining notekis kechishi; b) nisbatan sust rivojlangan psixik funksiyalar vazifasining qisman boshqa funksiyalar tomonidan bajarilishi; c) psixik funksiyalar o‘zaro aloqadorlikda taraqqiy etishi; d) psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi.
34.Hozirda fanda ma’lum Yosh inqirozlaridan adabiyotlarda dastlab qaysi inqiroz davri keng yoritilgan?
a) tug‘ilish davri inqirozi; b) jinsiy etilish davri inqirozi; c) 3 Yosh inqirozi; d) 7 Yosh inqirozi.

35.Psixik rivojlanishning muayyan davri ma’lum psixik funksiyalar rivojlanishi uchun qulay davr bo‘lishi psixik rivojlanishning qanday qonuniyat asosida ro‘y berishini isbotlaydi?


a) kumulyativlik qonuniyati; b) geteroxronlik qonuniyati; c) senzitivlik qonuniyati; d) kompensatsiya qonuniyati.

36.Predmetli-manipulyativ faoliyat qaysi Yosh davrida etakchi faoliyat bo‘lib hisoblanadi?


a) go‘daklik davri; b) ilk bolalik davri; c) maktabgacha Yosh davri; d) kichik maktab Yoshi.

37.Embrional rivojlanishning qaysi bosqichida homila tashqi taktil ta’sirga nisbatan faol harakat bilan javob qaytara boshlaydi?


a) 1-trimestrda; b) 2-trimestrda; c) 3-trimestrda; d) embrional rivojlanishning hech bir bosqichida bunday hodisa kuzatilmaydi.
38.YAngi tug‘ilgan chaqaloqning sensor tizimlari orasida qaysilari nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi?
a) ko‘rish, hid bilish, eshitish; b) teri tuyish, ko‘rish, ta’m bilish; c) eshitish, ta’m bilish, hid bilish; d) hid bilish, teri tuyish, ta’m bilish.

39.Rang ajrata olish qobilyati bola tug‘ilgach taxminan necha oydan keyin shakllanadi?


a) 1 oy; b) 3 oy; c) 5 oy; d) 7 oy.

40.Tovush idrok etish bilan bog‘liq quyidagi xususiyatlarning qaysi biri go‘daklik davrining 3-4 oylarida paydo bo‘ladi?


a) tovush yo‘nalishini payqash; b) musiqiy tovushlarni harakatlar faollashuvi bilan qarshi olish; c) nutq tovushlarini farqlay bilish; d) nutq ohangini payqay boshlash.

41.Bola yuzida shaklan tabassumga o‘xshash harakatlar qaysi davrdan kuzatiladi?


a) chaqaloqlik; b) go‘daklik davri; c) ilk bolalik davri; d) maktabgacha Yosh davri.

42.Qaysi davrdan boshlab odatda bolalar narsa buyumlarni o‘z vazifasiga muvofiq qo‘llay boshlaydi?


a) ilk bolalik davri; b) chaqaloqlik davri; c) go‘daklik davri; d) maktabgacha Yosh davri.
43.Bolalar ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi taxminan qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
a) chaqaloqlik; b) go‘daklik davri; c) ilk bolalik davri d) maktabgacha Yosh davri.

44.Psixik rivojlanish davomida ro‘y beradigan va “tirilish kompleksi” deb nom olgan psixologik hodisa qaysi Yosh bosqichining yakunlanayotganidan darak beradi?


a) maktabgacha Yosh davri; b) tug‘ilish davri inqirozi; c) ilk bolalik; d) go‘daklik.

45.Bolada nutqning rivojlanishi “so‘z-gap” bosqich, ya’ni bir gap mazmuni bitta so‘zda ifodalanadigan davr taxminan qaysi Yosh oralig‘iga to‘g‘ri keladi?


a) 6 oy-1 Yosh; b) 1-1,5 Yosh; c) 1,5-2 Yosh; d) 2-2,5 Yosh.

46.Ikki Yoshga etgan bolaning faol so‘zlardan iborat lug‘at boyligi nechta so‘zni o‘z ichiga oladi?


a) 10-20 ta; b) 50-100 ta; c) 200-300 ta; d) 500-1000 ta.

47.Quyidagi hodisalarning qaysi biri taxminan 2 Yoshdan boshlab kuzatilishi mumkin?


a) ovoz ohangini farqlay olish; b) onani boshqa odamlardan farqlay bilish; c) muloqotda so‘z-gaplardan foydalana boshlash; d) biror narsa-buyumga nisbatan bir necha xil so‘zni ishlata olish.
48.Psixologiyada “tirilish kompleksi” sifatida ta’riflanadigan hodisa boladagi qanday ehtiyojning ifodasi deb tushuniladi?
a) oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj; b) kattalar bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyoj; c) bilishga bo‘lgan ehtiyoj; d) yolg‘iz qolishga bo‘lgan ehtiyoj.

49.Yig‘layotgan bolaning uzoqdan onasi ovozini eshitgach yig‘idan to‘xtashni boshlaydigan davr psixologiyada qanday nom bilan yuritiladi?


a) “xaloskor ona”; b) “umidning tug‘ilishi”; c) “yig‘ining najotkor tili”; d) “masofaviy murojaat”.

50.Bolaning kattalar mehr-muhabbatiga bo‘lgan ehtiyojining etarlicha qondirilmasligi psixologiyada qanday ataladi?


a) sensor deprivatsiya; b) kognitiv deprivatsiya; c) emotsional deprivatsiya; d) sotsial deprivatsiya.
51.Bolada o‘zini-o‘zi boshqarishning dastlabki elementlari taxminan qachondan shakllana boshlaydi?
a) 1 Yosh; b) 2 Yosh; c) 4 Yosh; d) 5 Yosh.

52.Bola psixik rivojlanishining ilk bosqichlarida kuzatiladigan ikki xil tabassum – spontan va ijtimoiy tabassumning xususiyatlari haqidagi quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri?


a) spontan tabassum ijtimoiy tabassumdan avval paydo bo‘ladi; b) ijtimoiy tabassumning paydo bo‘lishi chaqaloqlik davrining tugayotganini anglatadi; c) spontan tabassum muayyan fiziologik ehtiyojlarning qondirilishiga nisbatan, ijtimoiy tabassum ona ovoziga nisbatan yuzaga keladi; d) barcha javoblar to‘g‘ri.
53.Gospitalizm sindromi – onadan juda erta ajralishi natijasida bolaning psixik rivojlanishida patologik holatlarning yuzaga kelishi hodisasi ilk bor qaysi olim tomonidan nisbatan to‘liq tavsiflangan?
a) R.Spits; b) G.Xarlou; c) Dj.Boulbi; d) A.Maslou.
54.Hayotning dastlabki 3 oyi davomida bola kattalarning qanday murojaatlariga e’tibor qaratadi?
a) faqat ijobiy mazmunli murojaat (maqtash, erkalatish) larga; b) faqat salbiy mazmunli murojaat (tanqid, ta’qiq) larga; c) ham ijobiy, ham salbiy murojaatlarga; d) yaqin insonning barcha murojaatlariga, begonalarning faqat ijobiy murojaatlariga.

55.Quyidagi xususiyatlardan qaysi birining shakllanishi ilk bolalik davriga to‘g‘ri keladi?


a) onaning emotsional holatidagi o‘zgarishga nisbatan o‘z affektiv holati bilan javob qaytarish ; b) boshqalarning xatti-harakatlariga taqlid qila boshlash; c) nutqiy muloqotning ilk kurtaklari paydo bo‘lishi; d) narsa-buyumlarga nisbatan egalik hissining namoyon etilishi.
56.“Bolalik amneziyasi” tushunchasi qanday psixologik hodisani anglatadi?
a) bola ixtiyoriy xotirasining kuchsizligi; b) bola mantiqiy hotirasining etarlicha rivojlanmaganligi; c) katta odam o‘z hayotining ilk 3-4 yili davomidagi hodisalarni eslay olmasligi; d) katta odam xotirasidagi buzulishlarning bolalikdan boshlanishi.
57.Bolada komik mazmundagi hodisalarni qayd etish va tushuna olish qobiliyati taxminan necha Yoshdan namoyon bo‘ladi?
a) 1 Yosh; b) 3 Yosh; c) 5 Yosh; d) 7 Yosh.

58.Quydagi olimlarning qaysi biri o‘yin faoliyatining inson psixik rivojlanishidagi ahamiyatini chuqur o‘rganib, “O‘yin psixologiyasi” asarini yozgan?


a) K.D.Ushinskiy; b) U.Djeyms; c) Z.Freyd; d) D.B.Elkonin.

59.Ontogenezdagi psixik rivojlanish davomida eng avval o‘yinning qaysi turi paydo bo‘ladi?


a) qoydali o‘yin; b) predmetli o‘yin; c) rolli o‘yin; d) barcha o‘yin turlari bir vaqtda paydo bo‘ladi.

60.Qoydali o‘yinlar qanday psixologik xususiyatlarining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi?


a) odatlar; b) qiziqishlar; c) dunyoqarash; d) irodaviy sifatlar.

61.Maktabgacha Yosh davrida bolalar narsa-buyum shakli o‘zgarganda ham uning miqdori saqlanib qolishi qonuniyatini hali tushunmasliklarini eksperimental isbotlagan mashhur olim kim?


a) D.B.Elkonin; b) Z.Freyd; c) M.I.Lisina; d) J.Piaje.

62.Maktabgacha Yoshdagi bolaning uzoq vaqt o‘ziga unchalik qiziq bo‘lmagan topshiriqni bajarishga qodirligi uning maktabda ta’limiga qaysi jihatdan tayyorligini ko‘rsatadi?


a) emotsional; b) motivatsion; c) intellektual; d) ijtimoiy.

63.Maktabgacha Yosh davri oxiriga kelib, bola tafakkurida quyida keltirilgan o‘zgarishlarning qaysilari ro‘y beradi?


a) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi; b) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; c) egotsentrizmdan detsentratsiyaga o‘tiladi – ko‘rgazmali harakat tafakkuridan ko‘rgazmali obrazli tafakkurga o‘tiladi; d) detsentratsiyadan egotsentrizmga o‘tiladi – ko‘rgazmali obrazli tafakkurdan ko‘rgazmali harakat tafakkuriga o‘tiladi.
64.Maktabgacha Yosh davrida bola shaxsida ro‘y beruvchi eng muhim o‘zgarish qaysi?
a) qadriyatlar tizimining shakllanishi; b) hissiyotlarni boshqarish qobiliyatining shakllanishi; c) motivlarni bir-biriga bo‘ysundira olish qobiliyatining shakllanishi; d) o‘z-o‘ziga haqqoniy baho berish qobiliyatining shakllanishi.

65.Bolaning ichki va tashqi hayotida differensiatsiya boshlanib, uning xulq-atvorida soddalik va soddadillikning keskin kamayishi taxminan qaysi Yoshga to‘g‘ri keladi?


a) 3-4 Yosh; b) 4-5 Yosh; c) 5-6 Yosh; d) 6-7 Yosh.

66.Qaysi Yosh davridan bola emotsiyalar ambivalentligi hodisasining mavjudligini tushuna boshlaydi?


a) ilk bolalik davri; b) o‘smirlik davri; c) kichik maktab Yoshi davri; d) maktabgacha Yosh davri.
67.Maktab ta’limiga motivatsion jihatdan tayyor bo‘lmagan bolani maktab avvalo nimasi bilan qiziqtiradi?
a) yangi narsalarni o‘qib o‘rganib olish imkoniyati bilan; b) o‘quvchilik asbob-anjomlariga ega bo‘lish imkoniyati bilan; c) o‘quvchilarga xos kiyim-bosh kiyish imkoniyati bilan; d) b va s javoblar to‘g‘ri.

68.Statik tasavvurning ustunligi qaysi Yosh bosqichida kuzatiladi?


a) maktabgacha Yosh davri; b) kichik maktab Yoshi; c) o‘smirlik; d) o‘spirinlik.

69.Taxminan necha Yoshdan odatda bola muayyan manzilga etish yo‘lining haritasini bemalol chiza oladi?


a) 6 Yosh; b) 8 Yosh; c) 10 Yosh; d) 12 Yosh.

70.Kichik maktab Yoshidagi bolalarning bilish faoliyatida tafakkurning qaysi turi ustunlik qiladi?


a) ko‘rgazmali-harakat tafakkuri; b) ko‘rgazmali-obrazli tafakkur; c) so‘z-mantiqiy tafakkur; d) a va v javoblar to‘g‘ri.

71.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri taxminan 6 Yoshdan boshlab namoyon bo‘ladi?


a) hamdarlik bildira olish; b) muvaffaqiyatga intilish motivi; c) ramziy qo‘rquvlar; d) shaklning konturini idrok eta olish.

72.9-10 Yoshdan boshlab bolalarning tanqidni avvalgiga nisbatan og‘irroq qabul qila boshlashiga ko‘pincha qanday omil sabab bo‘ladi?


a) tanqidning kinoyali tarzda ifodalanishi; b) tanqid bir necha kishi tomonidan bir vaqtda ifodalanishi; c) tanqidiy fikr bolaning tengdoshlari guvohligida ifodalanishi; d) tanqid bola uchun obro‘li kishi tomonidan ifodalanishi.
73.Kichik maktab Yoshi davrida biror odamdagi qanday emotsional holatning idrok etilishida adekvatlik ayniqsa yuqori bo‘ladi?
a) qo‘rquv; b) jahl; c) quvonch; d) a va b javoblar to‘g‘ri.

74.Turli maxfiy yozuvlar, shifrlar o‘ylab topishga, yashirin makonlar, “shtablar” qurishga bo‘lgan qiziqish qaysi Yosh davrida yaqqol namoyon bo‘ladi?


a) maktabgacha Yosh davri; b) kichik maktab Yoshi; c) o‘smirlik; d) o‘spirinlik.

75.Kichik maktab Yoshi davrida qanday tana tuzilishiga ega bolalar orasidan ko‘pincha do‘stlar kamroq tanlanadi?


a) piknik; b) atletik; c) astenik; d) bu Yosh davrida do‘stlashishda mazkur omilning ahamiyati ko‘zga tashlanmaydi.
76.Kichik maktab Yoshida altruizm xususiyatining darajasida avaalgi davrlarga nisbatan odatda qanday o‘zgarish kuzitiladi?
a) altruizm darajasi susayadi; b) altruizm darajasi ortadi; c) altruizm darajasida o‘zgarish kuzatilmaydi; d) altruizm darajasi davr boshida ortib, keyin susayadi.
77.Kichik maktab Yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog‘liq o‘quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi?
a) 2-sinfda; b) 3-sinfda; c) 4-sinfda; d) bu hodisa dastlab o‘rta maktabga o‘tish davriga to‘g‘ri keladi.
78.O‘smirlik davrida etakchi faoliyat sifatida gavdalanadigan faoliyat turi qaysi?
a) bevosita emotsional muloqot; b) predmetli-manipulyativ faoliyat; c) o‘quv faoliyati; d)intim-shaxsiy muloqot.

79.O‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida quyidagi jarayonlardan qaysi biri yoki qaysilari ustunlik qilishi kuzatiladi?


a) adaptatsiya; b) individualizatsiya; c) integratsiya; d) a va v javoblar to‘g‘ri.
80.Pubertat davri qaysi Yosh davriga to‘g‘ri keladi va bu davr qanday hodisa bilan tavsiflanadi?
a) kichik maktab Yoshi, o‘quv faoliyatida baho olish motivining ustunligi; b) o‘smirlik davri, jinsiy etilishning ro‘y berishi; c) o‘smirlik davri, mustaqillikka intilishning kuchayishi; d) ilk o‘spirinlik, kasb tanlash muammosining hal qiluvchi bosqichga etishi.
81.L.S.Vigotskiy o‘smirning xayolini nima o‘xshatgan edi?
a) chaqaloqning kattalar bilan muloqotiga; b) maktabgacha Yoshdagi bolaning o‘yiniga; c) kichik maktab Yoshidagi bolaning tasavvurlariga; d) kattalarning mehnat faoliyatiga.

82.Nutqning rivojlanishida quyidagi xususiyatlardan qaysi biri o‘smirlik davri uchun xos?


a) ona tili fonetikasining to‘liq o‘zlashtirilishi; b) yozma nutq malakalari shakllanishi; c) noverbal muloqot ko‘nikmalari paydo bo‘lishi; d) yoddan ifodali o‘qish qobiliyatining rivojlanishi.
83.O‘smirlarda xarakter aksentuatsiyalarining namoyon bo‘lishi muammosi quyidagi olimlarning qaysi biri tomonidan chuqur o‘rganilgan?
a) A.E.Lichko; b) D.B.Elkonin; c) L.I.Bojovich; d) M.I.Lisina.

84.Namoyishkorona xulq-atvor xarakter aksentuatsiyasining qaysi turiga xos asosiy xususiyat hisoblanadi?


a) shizoid; b) isteroid; c) epileptoid; d) gipertim.

85.Komformlik sifati yuqori bo‘lgan o‘smirlar jinoiy ishga qo‘l urishiga odatda nima sabab bo‘ladi?


a) o‘zini ajratib ko‘rsatish istagi; b) tengdoshlar orasida shaxsiy mavqeni oshirish ehtiyoji; c) tengdoshlardan ortda qolmaslik istagi; d) o‘ziga nisbatan o‘zining hurmatini oshirish ehtiyoji.
86.O‘smir shaxsida quyidagi ehtiyojlarning qaysi biri ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi?
a) kattalar bilan muloqotda bo‘lishga nisbatan ehtiyoj; b) boshqalarning muayyan voqea-hodisalar haqidagi fikrini bilishga bo‘lgan ehtiyoj; c) o‘quv faoliyatida muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji; d) kattalardan avtonomiyaga erishishga bo‘lgan ehtiyoj altruizmni namoyon .
87.Mazmunsiz muloqotga yo‘nalganlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘smirlarning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi odatda qanday bo‘ladi?
a) noadekvat past; b) noadekvat yuqori; c) adekvat; d) ushbu alomat o‘smirning o‘ziga baho berish tizimi bilan bog‘liq emas.
88.O‘smirda noadekvatlik affekti mavjudligi nimada namoyon bo‘ladi?
a) birovning shaxsiga noadekvat baho berishda; b) birovga noto‘g‘ri maslahat berishda; c) shaxsiy muvaffaqiyatsizlikni noadekvat qarshi olishda; d) shaxsiy imkoniyatlardan etarlicha foydalana olmaslikda.

89.Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri odatda o‘smirlik davri uchun xos emas?


a) ijtimoiy fobiyalarning kuchayishi; b) referent guruhlarning vujudga kelishi; c) ota-onaga nisbatan emansipatsiyaning kuchayishi; d) o‘quv faoliyatida yaxshi baho olishga qiziqishning ortishi.

90.Hissiyotlar namoyishining boshqarilishida ilk o‘spirinlik va o‘smirlik davrlari o‘rtasidagi tafovutni aks ettirgan quyidagi qaysi mulohaza to‘g‘ri?


a) ilk o‘spirinlikdan farqli ravishda o‘smirlik davrida shaxs o‘z hissiyotlarini etarlicha yashira olmaydi; b) ilk o‘spirinlikda o‘smirlikdan farqli ravishda shaxs o‘z hissiyotlarini nafaqat yashirishga, balki niqoblashga qodir bo‘ladi; c) ilk o‘spirinlik davridan farqli ravishda o‘smirlik davrida shaxs o‘z hissiyotlarini noverbal vositalar orqali ifodalashga qiynaladi; d) ilk o‘spirinlik davrida o‘smirlikdan farqli ravishda shaxs ijobiy hissiyotlarni namoyish etishda o‘zini boshqarishga qiynaladi.
91.Bo‘sh vaqtga mo‘ljallangan xobbi tarzidagi qiziqishlar quyidagi qaysi Yosh davri uchun ko‘proq xos?
a) kichik maktab Yoshi; b) o‘smirlik; c) o‘spirinlik; d) b va s javoblar to‘g‘ri.

92.Do‘stlik va do‘stlarni ideallashtirish qaysi Yosh davri uchun xos odatdagi xususiyatdir?


a) maktabgacha Yosh davri; b) kichik maktab Yoshi; c) o‘spirinlik; d) to‘g‘ri javob yo‘q.

93.Agressiyaning quyidagi qaysi turi o‘smirlik davrida qiz bolalarda o‘g‘il bolalarga nisbatan ayniqsa yuqori darajada bo‘lishi kuzatiladi?


a) bevosita jismoniy agressiya; b) bilvosita jismoniy agressiya; c) bevosita verbal agressiya; d) bilvosita verbal agressiya.
94.O‘smirlik davrida bolaning ayrim fanlarga ko‘proq qiziqib qolishi ko‘pincha nimaga bog‘liq bo‘ladi?
a) fanning qiziqligi; b) ota-onaning ushbu fandan yaxshi xabardorligi; c) ushbu fanni o‘rganishning kelajakda qaysidir kasbni egallash uchun zarurligini tushunish; d) fan o‘qituvchisining o‘qitish metodikasi yoqishi.
95.Ilk o‘spirinlikda qaysi emotsional holatning umumiy darajasi boshqa Yosh davrlariga nisbatan yuqori bo‘ladi?
a) quvonch; b) uyatchanlik; c) xavotirlanish; d) hayratlanish.

96.Ilk o‘spirinlikda o‘zini o‘ylantiradigan savollarga javob topish uchun shaxsning kimga yoki nimaga murojaat qilish darajasi ortadi?


a) o‘qituvchilarga; b) ilmiy va badiiy adabiyotlarga; c) ota-onaga; d) tengdoshlarga.

97.Ilk o‘spirinlik Yoshida odam o‘zini yaxshiroq bilish uchun quyidagi usullarning qaysi biridan ko‘proq foydalana boshlaydi?


a) tengdoshlar beradigan tavsiflarni yig‘ish; b) o‘zini-o‘zi kuzatish va tahlil qilish; c) o‘qituvchilardan tavsif so‘rash; d) ota-onaning fikrini bilish.
98.Ilk o‘spirinlikda o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchining qanday sifatiga talab ayniqsa ortadi?
a) o‘qituvchining metodik mahoratiga; b) o‘qituvchining o‘quvchi shaxsini tushuna olish qobiliyatiga; c) o‘qituvchining adolatli qaror qabul qila olish imkoniyatiga; d) o‘qituvchining o‘quvchi ota-onasi bilan aloqa o‘rnatish darajasiga.
99.Ilk o‘spirinlik davrida tafakkur jarayonlaridagi qanday farqlar ayniqsa yaqqol nmoyon bo‘la boshlaydi?
a) individual-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; b) ijtimoiy-demografik xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; c) jinsiy xususiyatlar bilan bog‘liq farqlar; d) barcha javoblar to‘g‘ri.

100.Kasbiy shakllanishning optatsiya bosqichi qanday bosqich hisoblanadi?


a) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish bosqichi; b) kasbiy malakalarni oshirish bosqichi; c) kasbiy yo‘nalishni tanlash bosqichi; d) kasbiy faoliyatni yakunlash bosqichi.
101.Ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining avvalo o‘qituvchining qanday faolligini boshqarishi ko‘zda tutiladi?
a) shaxslararo munosabatlardagi faollik; b) ijtimoiy foydali faoliyatdagi faollik; c) bilish sohasidagi faollik; d) jismoniy faollik.

102. O‘quv faoliyatining operatsion komponenti nimalarni o‘z ichiga oladi?


a) o‘quvchining o‘quv motivi; b) o‘quv faoliyatini nazorat qilish jarayoni; c) o‘quv faoliyatini baholash jarayoni; d) o‘quv topshiriqlarini bajarishga qaratilgan xatti-harakatlar.

103. Ramziy ko‘rgazmalilik ko‘rgazmalilikning qandayturi bilan bevosita bog‘liq?


a) predmetli ko‘rgazmalilik; b) tasviriy ko‘rgazmalilik; c) nutqiy ko‘rgazmalilik; d) to‘g‘ri javob yo‘q.

104.Mashq malakalarning shakllanishi va mustahkamlanishiga xizmat qilishi uchun qanday talablarga javob berish kerak?


a) mashqlar erkin ixtiyoriy tarzda bajarilishiga imkoniyat berish kerak; b) mashqlarni davomiy tanaffuslar bilan o‘tkazish zarur; c) mashqlar maqsadini ularni bajarish davomida aniqlashtirish kerak; d) mashqlar asta sekin murakkablashtirilishi lozim.

105.O‘qituvchining o‘z psixik holatini boshqarish qobiliyati qanday turdagi pedagogik qobiliyat hisoblanadi?


a) akademik qobiliyat; b) shaxs bilan bog‘liq qobiliyat; c) didaktik qobiliyat; d) tashkiliy-kommunikativ qobiliyat.

106.Qaytarishdan tashqari o‘quv materialini o‘zlashtirish vositasiga nima kiradi?


a) materialga nisbatan ustanovka; b) mashqlar; c) materialning hajmi; d) materialning emotsional xususiyatlari.

107.Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining bo‘g‘inlari qaysi javobda to‘g‘ri ketma ketlikda keltirilgan?


1)axborotni qabul qilish; 2)ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llash; 3) ma’lumotlarni esda olib qolish va esda saqlash; 4)materialni anglash, uni qayta ishlash.
a) 1,2,3,4; b) 1,4,2,3; c) 1,4,3,2; d) 1,2,3,4.
108.Mehnat tariya omiliga aylanishi uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
a) mehnat insonning o‘ziga foyda keltiradigan bo‘lishi kerak; b) mehnat faoliyati doimiy ravishda tashqaridan boshqarilishi kerak; c) mehnat o‘quvchiga qiziq va uning kuchiga loyiq bo‘lishi kerak; d) mehnat faqat individual amalga oshirilishi kerak.

109.O‘quvchilar bilan ma’naviy-axloqiy mavzularda suhbat o‘tkazishda qanday qoydalarga rioya etish kerak?


a) suhbat davomida o‘quvchilarni axloqiy masalalar yuzasidan fikr yuritishga, faol fikr almashishga undash kerak; b) suhbat aniq sabab, biror voqea-hodsaga bag‘ishlab o‘tkazilishi lozim; c) suhbatni yorqin, emotsional ta’sirchan aniq misollardan boshlash zarur; d) barcha javoblar to‘g‘ri.

110.O‘qituvchining o‘quvchi o‘zini-o‘zi tarbiyalashi jarayonidagi roli nimada?


a) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash jarayonini boshqaradi; b) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash natijalarini baholaydi; c) o‘qituvchi o‘zquvchida o‘zini-o‘zi tarbiyalash va o‘zgartirish istagini uyg‘otadi; d) o‘qituvchi o‘quvchining o‘zini-o‘zi tarbiyalash dasturini ishlab chiqadi.

111.Tarbiyaga berilgan quyidagi ta’riflarning qaysi biri uning mohiyatini aniq aks ettiradi?


a) tarbiya – shaxsni jamiyat hayotining turli sohalariga oid ilmiy ma’lumotlar bilan qurollantirish jarayoni; b) tarbiya – atrof olamdagi voqea hodisalarni ratsional tushuntirish qobiliyatini shakllantirish jarayoni; c) tarbiya – shaxsda ijtimoiy ahamiyatli ehtiyojlarni shakllantirish jarayoni; d) tarbiya – shaxsning ilmiy dunyoqarashini shakllashtirish uchun tashkil etiladigan tizimli jarayon.

112.O‘quv materialining emotsional xususiyatlari deganda nima tushuniladi?


a) o‘quv materialida hissiy kechinmalar haqida ma’lumot berilishi; b) o‘quv materialini o‘zlashtirish natijasida shaxsda boshqa odamlarning his-kechinmalarini tushunish qobilyatining rivojlanishi; c) o‘quv materialining mazmuni shaxsda har xil his-kechinmalarni uyg‘otishi; d) o‘quv materialida tasvirlangan turli hissiy holatlar haqida shaxsning noto‘g‘ri xulosalar chiqarishi.
113.Muayyan fanga qiziqish bilvosita qiziqish ekani nimani anglatadi?a) shu fanga yaqin boshqa fanlarga ham qiziqish mavjudligi; b) shu fanga o‘qituvchining o‘qitish uslubi sababli qiziqish; c) shu fanga qiziqishning etarlicha barqaror emasligi; d) shu fanga qiziqish uning ahamiyatini chuqur anglash sababli ekani.

114.O‘quv materiali o‘zlashtirilishining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillarning qaysi biri tashqi omilga kiradi?


a) o‘quv materialiga nisbatan shaxs ustanovkalari; b) o‘quv materialining mazmuni; c) o‘quv materialining murakkablik darajasi; d) b va c javoblar to‘g‘ri.

115.L.S.Vigotskiyning ilmiy ta’limotiga ko‘ra ta’lim va psixik taraqqiyot o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘lishi kerak?


a) ta’lim psixik taraqqiyotni o‘z ketidan etaklashi kerak; b) ta’lim psixik tarakkiyotga ergashishi lozim; c) ta’lim va psixik taraqqiyot jarayoni yonma yon davom etishi zarur; d) ta’lim psixik taraqqiyotga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydigan jarayon.

116.Quyidagi olimlarning qaysi biri pedagogik qobiliyatlar muammosini alohida chuqur o‘rgangan?


a) F.N.Gonobolin; b) M.G.Davletshin; c) V.A.Krutetskiy; d) B.M.Teplov.

117.O‘qituvchi tomonidan pedagogik muloqot me’yorining buzulishi natijasida o‘quvchida vujudga keluvchi salbiy psixologik holat qanday ataladi?


a) yatrogeniya; b) didaktogeniya; c) abstinensiya; d) demensiya.

118.Pedagogik faoliyatning quyidagi natijalaridan qaysi biri faoliyatning psixologik mahsuli hisoblanadi?


a) o‘qitish metodikasining takomillashtirilishi; b) o‘quvchi shaxsida o‘zini-o‘zi tarbiyalash istagining kuchaytirilishi; c) ochiq ko‘rgazmali dars mashg‘ulotining o‘tkazilishi; d) o‘quvchilarga adolatli baho qo‘yilishi.
119.Sinfda muayyan mavqeni egallash istagi qanday o‘quv motiviga misol bo‘ladi? a) tashqi motiv; b) ichki motiv; c) ijtimoiy motiv; d) a va s javoblar to‘g‘ri.

120.O‘qish jarayonida harflar shaklini farqlash qanday malakaga misol bo‘ladi? a) sensor malaka; b) motor malaka; c) intellektual malaka; d) sensomotor malaka.
Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling