Strategiyada milliy kibermakonda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni tartibga solish; kiberxavfsizlikning yagona tizimi va muhim hisoblangan infratuzilmani kiber hujumlardan himoya qilish sohasidagi huquqiy bazani shakllantirish; mamlakatda kiberxavfsizlik borasida amalga oshirilayotgan choralarni kuchaytirish; axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish; kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida davlat organlari, korxona va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |