Davlat dasturi loyihasining 276-bandi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosatini shakllantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Unda axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik boʻyicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish nazarda tutiladi.
Davlat dasturi loyihasining 307-bandiga koʻra, Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori orqali Oliy Majlisning Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasidagi doimiy tarkibini shakllantirish hamda Turkiy tilli davlatlar Parlamentlararo assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish eng muhim loyiha sifatida kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |