70-rasm.
70
hosil qilish uchun optoelektron juftlar yoki transformatorlardan foydalaniladi.
Optronlarni transformatorlarga nisbatan qo‘llash chastota spektor
kengligining afzalligidir.
Ammo bu transformatorning nazoratchi blokdagi kuchaytirgichining
qisqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, impulsli manbalarning videoapparatlarning manbalarida
ishlatilishi diskret elementlarining ishlatilishiga olib keladi. Hajmi katta bo‘lgan
yarimo‘tkazgichli asboblardan tuzilgan sxemalarni integral mitti sxemalarga
almashtirish ijobiy samara beradi. Birinchi o‘rinda, bu almashtirish impulsli
manbaning nazorat blokiga va ikkilamchi kuchlanish stabilizatoriga tegishlidir.
Hozirda MOP tranzistorlaridan tuzilgan elektron kalitlar, ya’ni MOP
tranzistorlardan tuzilib, integral mitti sxemalar yordamida nazoratchi bloklar
hosil qilingan kalitlarni boshqarish oson, ish holatiga chidamli va yuqori
ish chastotasida (0,1—1,0 MHz) mo‘tadil ishlaydi.
VII BOB. ELEKTR TA’MINOT QURILMALARINI
MUHOFAZALASHGA DOIR MASALALAR
7.1. RADIO SISTEMALAR ELEKTR TA’MINOT
QURILMALARINING STRUKTURA SXEMASI
Radio sistemalardagi elektr manbalar shu qurilmaning harakteriga qarab
kerakli tok va kuchlanish hosil qiladigan qilib tuziladi.
Radio sistemalar bir necha blokdan tuzilgan bo‘lganligi uchun ularni
ta’minlaydigan manbalar markazlashtirgan tarqoq va aralash holda bo‘ladi.
71-rasmda markazlashtirilgan elektr manba turlari keltirilgan.
71-rasm.
71
Markazlashtirilgan elektr manbada hamma kuchlanishlar markazlashtirilgan
ikkilamchi elektr manbada (MIEM) ishlab chiqariladi va simlar
orqali radioblo‘klarga (RB) beriladi.
Yakka tartibdagi elektr manbada (72-rasm) ikkilamchi elektr manba
alohida o‘zining ikkilamchi elektr manbayi bo‘lib, markaziy taqsimlovchi
qurilma (MTQ) orqli bog‘lanadi.
Kombinatsiyalashgan elektr manbalarda ayrim qismlari markaziy
ikkilamchi elektr manba orqali ishlasa, qolgan qismlari alohida ikkilamchi
manbalardan ishlaydi (73-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |