B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Download 131.61 Kb.
bet1/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA


1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
B.I. IBRAXIMOV, X.A. TASHXODJAYEV
ELEKTR TA’MINOT
QURILMALARI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA»
2010
2
Ta q r i z ch i l a r:
N. G‘. Yadgarov — TATU katta o‘qituvchisi;
M. X. Ikramov — TAKXK oliy toifali o‘qituvchisi.
Ushbu o‘quv qollanmada doimiy o‘zgarmas kuchlanish hosil qiluvchi elektr
manba turlari, ularning ishlash prinsiplari, xarakteristikalari va parametrlari haqida,
shuningdek o‘zgarmas kuchlanishni ravon o‘zgartiradigan manbalar, filtrlar,
invertorlar, kanventorlar hamda stabilizatorlar haqida ma’limotlar keltirilgan.
Qollanma kasb-hunar kollejlarining «Telekommunikatsiya», «Radioaloqa»,
«Radioeshittirish va televideniye jihozlarini sozlash» ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim
olayotgan talabalari uchun mo‘ljallangan.
ISBN 978-9943-13-284-9 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010
Ibraximov B.I.
Elektr ta’minot qurilmalari. Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma / B.I. Ibraximov, X.A. Tashxodjayev; O‘zR oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2010. -104 b.
Tashxodjayev X.A.
T71
32.84
BBK 32.84-4ya722
3
SO‘ZBOSHI
Har bir aloqa apparaturasi va maishiy teleradio apparaturalari elektr
ta’minot qismiga ega. Bu qism aloqa qurilmalarining asosiy va ajralmas
qismlaridan biri hisoblanadi. Aloqa apparaturasining sifatli va ishonchli
ishlashi birinchi galda elektr ta’minot qurilmalarining sifatli va ishonchli
ishlashiga bog‘liq.
ETQ apparaturalarni uzluksiz ravishda kerakli qiymatdagi o‘zgaruvchan
va o‘zgarmas tok bilan ta’minlash vazifasini bajaradi.
Aloqa korxonalari, radioteleapparaturalar elektr energiyasini tashqi
manbadan oladi. Tashqi elektr manbayi elektr stansiyalarida hosil qilinadi.
Elektrstansiyalarida esa o‘zgaruvchan tok ishlab chiqariladi. Aloqa
apparaturalari, asosan, o‘zgarmas tok bilan ishlaydi.
Elektr qurilmalarni 9 V dan kam kuchlanishda ishlaydigan galvanik
elementlar, akkumulyatorlar va batareyalar yordamida ishlatish maqsadga
muvofiqdir (albatta, tok kuchiga va hizmat qilish vaqtiga qarab).
Qurilmalarning 9 V o‘zgarmas kuchlanishdan yuqori kuchlanishda
ishlaydiganlari uchun sanoat tarmoqlaridan o‘tadigan o‘zgaruvchan
kuchlanishlarni o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirib manba sifatida
qo‘llaniladi. Elektr energiyani bir shakldan ikkinchi shaklga o‘zgartirib
berish ikkilamchi elektr manbalarida amalga oshiriladi. Elektr energiyani
akkumulyatorlarda saqlash va uzoq vaqtgacha ishlatish mumkin.
Kasbiy ta’lim yonalishining «Radiotexnika» va «Telekommunikatsiya»
mutahassisligi ta’lim oluvchi o‘quvchilar uchun «Elektr ta’minot qurilmalari
» fanini o‘qitish katta ahamiyatga ega. Bu fanni o‘rganish uchun
elektr o‘zgartirish qurilmalari nazariyasini o‘rganib amaliyotga qo‘llash,
ularni analitik hisoblash hamda shu sinfga kiradigan ihcham qurilmalarni
adabiyotlardan izlab o‘rganishdan iboratdir.
O‘quv qo‘llanma tarkibida doimiy o‘zgarmas kuchlanish hosil qiluvchi
manba turlari, ularning ishlash prinsplari, xarakteristikalari va parametrlari
haqida ma’lumotlar mujassamlangan Shuningdek, qo‘llanmada o‘zgarmas
kuchlanishni ravon o‘zgartiradigan manbalar, impulsli manbalar, filtrlar,
inverto‘rlar, konvento‘rlar, stabilizatorlarga oid ma’lumotlar keltirilgan.
«Elektr ta’minot qurilmalari» o‘quv go‘llanmasi o‘zbek tilida birinchi
marta yozilganligi sababli ayrim kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin.
Mualliflar qo‘llanma haqida bildirilgan barcha taklif va mulohazalarni
minnatdorchilik bilan qabul, qiladilar va qo‘llanmaning nashrlarida albatta
hisobga oladilar.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling