B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Download 131.61 Kb.
bet2/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

Mualliflar
4
KIRISH
Fanning tarkibi, mazmuni va elektr manbaning tuzilish prinsipi
Manbalar murakkab qurilma bo‘lib, uning strukturaviy sxemasi 1-rasmda
ko‘rsatilgan.
1-rasm.
Birlamchi elektr energiya manbayi — (BEEM) noelektrik energiyani
(mexanik, issiqlik, kimyoviy) elektr energiyaga aylantiradi. BEEM larga
elektrmashina generatorlari, termogeneratorlar, galvanik elementlar,
akkumulyatorlar, atom elektrstansiyalari va boshqalar kiradi.
Ikkilamchi manbalarda elektr energiyaning bir shakli boshqa bir shakliga
o‘zgartirgichlar orqali o‘zgartiriladi. Bu o‘zgartirgichlar tarkibiga to‘g‘rilagichlar,
rostlagichlar, chastota o‘zgartirgichlar va stabilizatorlar kiradi.
To‘g‘rilagichlarda esa o‘zgaruvchan kuchlanish o‘zgarmas kuchlanishga
aylantiriladi. O‘zgartirgichlar tarkibidagi birlamchi stabilizator esa o‘zgaruvchan
kuchlanishni stabillash uchun ishlatiladi, ayrim hollarda kuchlanishning
shaklini ham o‘zgartiradi.
Chiqishdagi stabilizator esa o‘zgarmas kuchlanishni stabillash va shaklini
tekislash uchun ishlatiladi.
Agar BEEM chiqishidagi yoki sanoat tarmog‘idan olingan kuchlanish
bilan tok yuklama uchun yetarli bo‘lmasa, u holda qo‘shimcha qurilmalar
qo‘shish yo‘li bilan quwatliroq to‘g‘rilagichlar hosil qilish mumkin.
2-a, b rasmda kuchlanishni oshiruvchi to‘g‘rilagichlarning strukturaviy
sxemasi keltirilgan.
a) b)
2-rasm.
5
Bunda:
— BEEM — birlamchi elektr
energiya manbayi;
— KOM — kuchlanishni oshiruvchi
manba;
— Tr — transformator;
— KOT — kuchlanishni oshiruvchi to‘g‘rilagich;
— F — filtr, IM1, IM2, — ikkilamchi manbalar.
Invertor va to‘g‘rilagichlarning ikkilamchi manbalarda ishlatilishi o‘zgartirgichning
ixchamlanishiga, vaznining kamayishiga va energiya isrofini
kamayishiga olib keladi, chunki to‘g‘rilagichlar tarmoq transformator kuchlanishi
yordamisiz ishlaydi (4-rasm).
4-rasm.
Sanoatda ishlatiladigan kuchlanish chastotasi 50 Hz dir, kuchlanishi
esa 127 V, 220 V, 380 V. Samalyot bortlarida, kemalarda 400 Hz chastotali,
220/380 V li va 27,4 V li kuchlanish ishlatiladi. O‘zgarmas kuchlanishli
avtonom manbalar (115 V va 230 V) ham mavjud. Kosmik apparatlarda va
ko‘chma qurilmalarda manba sifatida elektrokimyoviy manbalar, quyosh
elementlari va fotoelementlar ishlatiladi.
Elektr mashina generatorlari 2—25 kV o‘zgaruvchan kuchlanish hosil qilib
beradigan qurilmaga kiradi. Ular o‘zgarmas tokni (2—400 V) o‘zgartirib beradi.
Hozirgi vaqtda impulsli manbalar ishlatilmoqda. Ular chastotasi 16 kHz bo‘lgan
qurilmalarni ta’minlash uchun ishlatiladi. Ular ixcham va tejamli.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling