B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Transformatorning tuzilishi


Download 131.61 Kb.
bet4/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

1.1.2. Transformatorning tuzilishi
Transformatorning asosiy qismlari berk po‘lat o‘zak (magnit o‘tkazgich)
va unga o‘raladigan chulg‘amlar hisoblanadi. O‘zaklar sterjenli, himoyaviy
(bronli), toroidal, tasmasimon kesimli bo‘lishi mumkin (5-rasm).
O‘zakning chulg‘am o‘raladigan qism sterjen, chulg‘am o‘ralmaydigan va
magnit zanjirni tutashtirish uchun hizmat qiladigan qism esa yarmo deyiladi.
Sterjenli bir fazali transformatorlarda chulg‘amlar har ikkala sterjenlarga
(har bir chulg‘amning yarmi birinchi sterjenga va boshqasiga esa ikkinchi
yarmi) o‘raladi. himoyaviy (O-simon) bir fazali transformatorlari har ikkala
chulg‘amlar o‘rtadagi sterjenga o‘raladi, uch fazali transformatorlarda esa
har bir faza birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar o‘z sterjenlariga o‘raladi.
Toroidal transformatorlar bir fazali va kichik quvvatli tarzda yasaladi.
O‘zaklar materiali Y-41, 42 va boshqa markalardagi maxsus elektrotexnik
po‘lat plastinalar xizmat qiladi.
5-rasm. Transformatorning tuzulishi.
Plastinalar qalinligi transformator
chastotasiga bog‘liq. f = 50 Hz chastotada
ishlaydigan transformatorlar uchun 0,5
yoki 0,35 mm li qalinlikdagi po‘lat
plastinalardan, yuqoriroq chastotalarda
ishlaydigan transformatorlar uchun esa
0,2 dan 0,08 mm li qalinlikdagi po‘lat
plastinalardan foydalaniladi (6-rasm).
a) b) d)
6-rasm. Sterjenli va himoyaviy
o‘zaklar.
8
Transformatorlar o‘zgaruvchan tokda ishlaganligi uchun po‘lat o‘zaklarda
uyurma toklar (Fuko toklari) paydo bo‘ladi, ular transformatorning po‘lat
o‘zagidagi quvvat yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi. Bu yo‘qotishlarni kamaytirish
uchun o‘zaklar yupqa plastinalardan yig‘iladi va bu plastinalar bir tomonidan
bir-birlaridan izolyatsiyalash uchun lak qoplami bilan qoplanadi (yoki yupqa
qog‘oz yopishtiriladi). Sterjenli o‘zaklar to‘g‘ri burchakli shakldagi alohida
plastinalardan yig‘iladi, himoyaviy o‘zaklar esa shtamplangan O-simon
plastinalardan yig‘iladi. Toroidal o‘zaklar oshirilgan chastotali kichik quvvatli
(o‘nlab W lar) transformatorlar uchun yasaladi.
Kuchlanishni transformatsiyalash koeffitsiyenti bo‘yicha transformatorlar
kamaytiruvchi va orttiruvchi transformatorlarga bo‘linadi.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling