B. I. Ibraximov, X. A. Tashxodjayev


Transformatorlarning ishlash prinsipi


Download 131.61 Kb.
bet5/58
Sana15.06.2023
Hajmi131.61 Kb.
#1482891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
YANGI MALUMOT ENERGIYA

1.1.3. Transformatorlarning ishlash prinsipi
Transformatorning ishlash prinsipini
ikki chulg‘amli sterjenli transformator
misolida ko‘rib chihamiz (7-
rasm).
Transformatorning ishlash prinsipi
bir-birlari bilan elektr jihatdan bog‘-
lanmagan va qo‘zg‘almas ikki yoki bir
necha chulg‘amlarning o‘zaro elektromagnit
ta’sirlanishiga asoslangan.
Chulg‘amlar W1 va W2 o‘ramlar soni
orqali xarakterlanadi. Transformatorning
uchta: salt ishlash, qisqa tutashuv
va yuklama ish rejimlari mavjud.
1.1.4. O‘lchov transformatorlari
Ko‘pincha katta tok va kuchlanishlarni o‘lchash noqulay bo‘ladi, chunki
bunda o‘lchash asboblarini yasash va ishlatish murakkab bo‘ladi.
O‘zgaruvchan toklar va kuchlanishlar o‘lchash chegaralarini kengaytirish
va yuqori kuchlanishdan o‘lchash asboblarini izolyatsiyalash uchun tok va
kuchlanish transformatorlari mavjud.
Tok transformatori
Tok transformatori katta qiymatli (40 A gacha) tokni kichik qiymatli
tokga o‘zgartirib beradi va birlamchi chulg‘amdagi har kanday tok qiymatida
ikkilamchi chulg‘amdagi tok qiymati 5 A dan oshmaydi.
7-rasm. Transformatorning
ishlash prinsipi.
9
Birlamchi chulg‘amdagi tokning qiymatiga
ko‘ra, ular 1 A dan 40 kA gacha
bo‘lgan 40 gradatsiyaga ega. Ikkilamchi
chulg‘am nominal toki 1 A, 2 A, 2,5 A va 5
A bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi chulg‘amlar
bir nechta bo‘lishi mumkin. Sxemada tok
transformatori 8-rasmda ko‘rsatilgan tarzda
belgilanadi.
Birlamchi chulg‘am (L1—L2) bir yoki bir
necha juda katta kesimli simli o‘ramlardan tashkil topadi va yuklama
zanjiriga ketma-ket ulanadi. Tok o‘lchanadigan (U1—U2) ikkilamchi
chulg‘am kichik kesimli simlardan ko‘p sonli o‘ramli tarzda bajariladi va
kichik qarshilikka ega bo‘lgan ampermetr yoki boshqa asbob g‘altagiga
ketma-ket ulanadi (hisoblagich, vattmetr va h.k), ya’ni tok transformatori
qisqa tutashuvga yaqin bo‘lgan rejimda ishlaydi. Uning magnit tizimi
muvozanatga ega emas. Agar birlamchi chulg‘amdagi tok o‘zgarganida,
ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilsa, ya’ni U = 0 bo‘lsa, I 1 kamaymaydi, u
holda magnit zanjirida juda katta magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu o‘zakni
ruhsat etilmaydigan qizishini keltirib chiharadi, hayot uchun havfli va
ikkilamchi chulg‘am izolyatsiyasini buzilishiga olib keladi. Havfsizlikni
ta’minlash uchun tok transformatori ikkilamchi chulg‘ami yerga ulanadi.
Ishlayotgan tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amlarini ajratib
bo‘lmaydi. U1—U2 zanjirga asboblar shunday ulanadiki, asbobdagi tokning
musbat yo‘nalishi nazorat qilinadigan zanjirdagi tok yo‘nalishi bilan mos
tushishi kerak.

Download 131.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling