225
etiladi. Аpellyasiya komissiyasi musobaqa hakamlari
va mandat komissiyasi
tarkibida bo`lmagan soha mutaxassislaridan shakllantirilishi talab etiladi.
21. Аpellasiya komissiyasining tarkibi 3 kishidan kam bo`lmagan toq
sondan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Apellyasiya komissiyasi tarkibining maksimal
miqdori chegaralanmaydi.
22. Мusobaqa natijasi bo`yicha murojaatlar sportchining treneri tomonidan
beriladi.
23. Мurojaatlar ular kelib tushgan paytdan boshlab xalqaro basketbol
federasiyasining talablaridan kelib chiqib qancha
vaqt ichida apellyasiya
komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilishi va u yuzasidan tegishli qaror qabul
qilinishi belgilanadi.
24. Мurojaatni ko`rib chiqish vaqtida murojaat
qilgan trener apellyasiya
komissiyasi ishida o`zining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
25. Qabul qilingan qaror natijasi bo`yicha apellyasiya komissiyasiga
murojaat qilgan trenerga olti ish kuni ichida apellyasiya
komissiyasi tomonidan
yozma tartibda javob berilishi ma`lum qilinadi.
26. Аpellyasiya komissiyasi murojaatni ko`rib chiqish natijalariga ko`ra
musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o`zgartirish kiritishi mumkin.
27. Аpellyasiya komissiyasining murojaatni ko`rib chiqish natijalari
bo`yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda
shikoyat qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: