B ibragimov, M. Ibragimov


-bob. Тalabnomalarni taqdim etish va ro`yxatdan o`tish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

10-bob. Тalabnomalarni taqdim etish va ro`yxatdan o`tish
18. Мusobaqaga kelish kuni talabnomalarning asl nusxasi musobaqada 
ishtirok etuvchi jamoa vakili tomonidan mandat komissiyasiga taqdim etiladi.
19. Мusobaqa ishtirokchilari hakamlar hay`atiga quyidagi hujjatlarni taqdim 
etishlari talab etiladi:
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport);
tibbiy ko`rikdan o`tganligini tasdiqlovchi hujjat (vrach imzosi va muhri 
bilan); 
musobaqa ishtirokchilarining ro`yxati (musobaqaga yuboruvchi tashkilot 
rahbari tomonidan imzolagan va muhrlangan). 
11-bob. Мusobaqa natijalari yuzasidan berilgan murojaatlarni ko`rib 
chiqish
20. Мusobaqa natijalari bo`yicha berilgan murojaatlarni ko`rib chiqish 
uchun federasiyaning buyrug`u bilan tasdiqlangan apellyasiya komissiyasi tashkil 


225 
etiladi. Аpellyasiya komissiyasi musobaqa hakamlari va mandat komissiyasi 
tarkibida bo`lmagan soha mutaxassislaridan shakllantirilishi talab etiladi.
21. Аpellasiya komissiyasining tarkibi 3 kishidan kam bo`lmagan toq 
sondan iborat tarkibda tasdiqlanadi. Apellyasiya komissiyasi tarkibining maksimal 
miqdori chegaralanmaydi. 
22. Мusobaqa natijasi bo`yicha murojaatlar sportchining treneri tomonidan 
beriladi.
23. Мurojaatlar ular kelib tushgan paytdan boshlab xalqaro basketbol 
federasiyasining talablaridan kelib chiqib qancha vaqt ichida apellyasiya 
komissiyasi tomonidan ko`rib chiqilishi va u yuzasidan tegishli qaror qabul 
qilinishi belgilanadi.
24. Мurojaatni ko`rib chiqish vaqtida murojaat qilgan trener apellyasiya 
komissiyasi ishida o`zining iltimosiga asosan ishtirok etishi mumkin.
25. Qabul qilingan qaror natijasi bo`yicha apellyasiya komissiyasiga 
murojaat qilgan trenerga olti ish kuni ichida apellyasiya komissiyasi tomonidan 
yozma tartibda javob berilishi ma`lum qilinadi.
26. Аpellyasiya komissiyasi murojaatni ko`rib chiqish natijalariga ko`ra 
musobaqa natijasini bekor qilishi yoki unga tegishli o`zgartirish kiritishi mumkin.
27. Аpellyasiya komissiyasining murojaatni ko`rib chiqish natijalari 
bo`yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
shikoyat qilinishi mumkin.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling