B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- A.K.Ibragimov
Mualliflar: B.B.Ibragimov – O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bosh mutaxassisi M.B.Ibragimov – BuxDU, “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi tayanch doktoranti Taqrizchilar: H.A.Botirov BuxDU “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi professori, p.f.n F.Xo`jayev Pedagogika fanlari nomzodi, professor A.K.Ibragimov BuxDU “Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi mudiri, dotsent 4 KIRISH Respublikamiz ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida jismonan sog`lom, ma`nan, teran, axloq-odob va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan, bilimli, dono avlodni tarbiyalash, milliy genofondni sog`lomlashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Yoshlar o`rtasida sportga bo`lgan qiziqishni orttirish, sportni ommaviylashtirish davlatimiz rahbariyati oldidagi birinchi navbatda bajariladigan ishlar darajasiga ko`tarildi. Bugungi kunda mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob beradigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli, aniq yo`naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 1 O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga, chuqur va mustahkam bilim berishga katta e`tibor berilgan. Shunday ekan, jismoniy tarbiya jarayonida yoshlarimizning jismonan barkamolligiga erishishni bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri, deb hisoblash mumkin. Jismoniy madaniyat va sport ta`limini takomillashtirishda davlatimizning shu soha bo`yicha yetakchi mutaxasis olimlari samarali mehnat qilmoqdalar. Ularning olib borayotgan kuzatuvlari, ilmiy tadqiqot ishlari asosida jismoniy madaniyatning hamma sohasiga oid darsliklar, o`quv qo`llanmalar, monografiyalar, metodik qo`llanmalar yaratilmoqda. Bularning kelajakda shu soha bo`yicha kadrlarni tayyorlash, aholini sog`lomlashtirish, sportchilarning sport mahoratini oshirish jarayonini takomillashtirish ishlarida samara berishi aniq. Jismoniy tarbiya o`qituvchilarining, sport mutaxassislarining, ustoz- murabbiylarning chuqur bilim, malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo`lishi, har tomonlama yetuk, ma`naviy barkamol kadrlar tayyorlash garovidir. Zero, ustozlar 1 Ibragimov M.B. Futbol madaniyati. O`quv qo`llanma. – T., 2013. B. 3. 5 har jihatdan shogirdlariga namuna bo`la olsagina, kelajak uchun ishonchli zamin tayyorlanadi. Namunali ustoz-murabbiy bo`lish uchun o`qituvchilar tinimsiz izlanishlari, o`z bilim va malakalarini oshirib borishning barcha imkoniyat va vositalaridan, shu jumladan fanga tegishli adabiyotlardan, samarali foydalanishlari, rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy ta`lim texnologiyalari, ilg`or tajribalari bilan tanishishlari, uni o`quv jarayonida qo`llay bilishlari kerak. Talaba-yoshlarni jismonan baquvvat qilish uchun tarbiyaviy ishlarni har bir fan bo`yicha, ta`lim - tarbiyaning hamma bosqichlarida: jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan tashqari olib boriladigan sport mashg`ulotlarida, turar joylarda o`tkaziladigan mashg`ulotlarda uzluksiz olib borish kerak. Insonning jismonan baquvvat, sog`lom bo`lib kamol topishida, hamma sport turlari bilan bir qatorda sport o`yinlari ham muhim o`rin tutadi. Futbol – Ona zaminimizda eng ommalashgan millionlar sevgan sport o`yinlaridan biridir. Bizning mamlakatimizda ham bu sport o`yinini turli yoshdagi ko`plab odamlar yaxshi ko`rib o`ynashadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach, sportni, shu jumladan sport o`yinlarini rivojlantirishga e`tibor kuchaytirildi. O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi Qonuni 1992-yilning 14-yanvarida, uning yangi tahrirlangan ko`rinishlari esa 26-may 2000-yilda, 4-sentyabr 2015-yilda qabul qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy hayotidagi tub islohotlar ta’lim tizimi oldiga yangidan – yangi vazifalarni qo’ymoqda. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash hamda rivojlantirish bugungi kunning asosiy talabi bo’lib qoldi. O’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Mazkur darslikda sport o’yinlari, yengil atletika, suzish, kurash va sport turlari bo’yicha dastlabki qoidalari, maydon o’lchamlari, sport turlari bo’yicha hakamlarning vazifalari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish uslubiyotlari haqida to’liq ma’lumotlar berilgan. 6 Mazkur adabiyotda jismoniy tarbiya instituti, pedagogika universiteti jismoniy tarbiya fakulteti talabalari va jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylari faoliyati davomida foydalanish uchun mo’ljallangan. 5112000-“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarni kelgusida jismoniy tarbiya o’qituvchisi va murabbiyligi sohasida faoliyat ko’rsatishida “Sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish” fani bo’yicha nazariy va amaliy bilim, ko’nikma hamda malakalarni egallashi muhim ahamiyatga ega bo’lib, talabalar mazkur fanning mazmuni va mohiyatini to’laligicha tushunib etishi, fanni tarkibidagi sport turlari bo’yicha hakamlik qilish qoidalari, musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish qoidalarini o’zlashtirishi lozim. “Sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish” fanini o’zlashtirishda ushbu fanni tarkibidagi sport turlari dastlabki va hozirgi qoidalarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Ushbu darslikda “Sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish” bo’yicha gimnastika, yengil atletika, harakatli o’yinlar, sport o’yinlari va milliy kurash bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish, musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish metodlari yoritilgan. Talabalarni sport turlarida hakamlik qilish tartiblari, qoidalari bilan nazariy va amaliy tanishtirish, ularni sport turlari va musobaqalar o’tkazish, hakamlik qilishga oid amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Darslik “Sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish va hakamlik qilish” fanining ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarida bo’lajak mutaxassislarga gimnastika, yengil atletika turlari bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish, harakatli o’yinlar bo’yicha quvnoq startlar musobaqasi, sport o’yinlaridan futbol, voleybol, basketbol va qo’l to’pi turli usullarda musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish jarayonida hakamlik qilish qoidalari va tartiblarini mustahkam o’rgatish, sport turlari bo’yicha mashg’ulotlarni o’tkazish uchun atroflicha bilim berish. Sport turlari bo’yicha hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, musobaqalar o’tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o’rgatishdan iborat. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling