B ibragimov, M. Ibragimov


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

Marradagi hakamlar 
Marradagi hakamlar to’g’ridan-to’g’ri kuzatib yoki maxsus asbob-uskunalar 
yordamida ishtirokchilarning marraga yetib kelish tartibini (ketma-ketligini) 
aniqlaydilar, o’rta va uzoq masofalarga yugurishda davralar hisobini olib boradilar. 
Qisqa masofalarga yugurishda (400 m.gacha) hakamlar marraga yetib kelgan 
poyganing alohida qatnashchilariga orasidagi masofani marra chizig’i oldidagi 5 
metrlik belgi chegarasida aniqlaydilar, hakamlar varaqasini to’ldirib, uni katta 
hakamga beradilar. 
Vaqt o’lchovchi hakamlar 
Vaqt o’lchovchi hakamlar hay’ati tarkibidan vaqt o’lchovchi hakamlar 
tayinlanadi. Ular yugurish va yurish bo’yicha musobaqa ishtirokchilarining 
masofani bosib o’tish vaqtini aniqlaydilar. Masofani birinchi bo’lib yakunlagan 


16 
ishtirokchi ko’rsatgan vaqtni qo’l sekundomerlaridan foydalangan holda uch nafar 
vaqt o’lchovchi hakam qayd etishi kerak. 
Fotomarradagi hakamlar 
Fotomarradagi hakamlar fotomarra tizimiga biriktirilgan maxsus uskunalar 
yordamida yugurish hamda yurish bo’yicha natijalarni: ishtirokchilarning marraga 
yetib kelish tartibi va ularning masofani o’tgan vaqtini aniqlaydilar. 
Masofadagi hakamlar 
Masofa hamda to’siqlar oldidagi hakamlar: 
- masofa bosib o’tilishi, estafeta tayoqchasining uzatilishi va barerlardan 
oshib o’tish to’g’ri bajarilayotganligini kuzatadilar, qulagan barerlar o’z vaqtida 
joyiga qo’yilishini nazorat qiladilar. 
Shamol tezligini o’lchovchi hakamlar 
Shamol tezligini o’lchovchi hakamlar 200 m.gacha masofalarga yugurish 
hamda uzunlikka va uch hatlab sakrash bo’yicha musobaqalar o’tkazilayotgan 
vaqtda maxsus uskunalar yordamida yugurish yo’nalishidagi shamolning o’rtacha 
tezligi kattaligini aniqlaydilar. 
Sakrash va uloqtirish bo’yicha hakamlar 
Sakrash va uloqtirishlarning har bir turi bo’yicha musobaqalar o’tkazish 
uchun katta hakam, o’lchovchi hakamlar hamda kotibdan iborat hakamlar guruhi 
tayinlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling