B ibragimov, M. Ibragimov


I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o’rinlarni


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

I. Dasturdagi yugurish turlarida ishtirokchilarning egallagan o’rinlarni 
aniqlash 
1. Bir davra musobaqasi o’tkazilganda, egallagan o’rin eng yaxshi natijaga 
ko’ra aniqlanadi. 
2. Bir necha davrali musobaqa o’tkazilganda, mazkur masofada g’olibni 
hamda sportchilar egallagan o’rinlarni aniqlash, ishtirokchilar musobaqaning 
dastlabki davralarida ko’rsatgan vaqtdan qat’i nazar, final natijalariga ko’ra amalga 
oshiriladi. Finalga chiqmagan ishtirokchilar orasida o’rinlar finaldan avvalgi 
davralarda ko’rsatilgan natijalar bo’yicha taqsimlanadi. 
3. Qo’shimcha finallar o’tkazilganida, sportchilarga o’rinlar “A” final 
natijalari, keyin “B”, “V” finali, keyin esa finalchilar tarkibiga kirmagan 
ishtirokchilar ko’rsatgan natijalarga ko’ra taqsimlanadi. 
4. Musobaqaning biror bosqichiga uzrsiz sabab bilan kelmagan sportchi 
diskvalifikastiya qilinadi, uning natijasi esa bekor qilinadi. U, shuningdek, boshqa 
turlar (jumladan, estafetali yugurish) bo’yicha musobaqalarda qatnashishga ham 
qo’yilmaydi. 
5. Uzrli sabab bilan kelmagan sportchi musobaqaning mazkur davrasida 
oxirgi o’rinni egallaydi. 
II. Balandlikka va langarcho’p bilan sakrashlarda 
1. O’rinlar asosiy musobaqalarda ko’rsatilgan natijalarga muvofiq 
taqsimlanadi. 
2. Agar balandlikni bir necha sportchi egallagan bo’lsa, u holda bunga eng 
kam urinish sarflagan sportchiga ustunlik beriladi. 
3. Bu ko’rsatkichlar ham bir xil bo’lsa, mazkur musobaqada barcha 
balandliklarda (so’nggi egallangan balandlikni ham hisobga olganda) 
muvaffaqiyatsiz urinishlari miqdori eng kam bo’lgan sportchiga ustunlik beriladi. 
4. Yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha g’olibni aniqlash mumkin 
bo’lmasa, unda qayta sakrash o’tkaziladi. 
5. Qayta sakrash musobaqalarning davomi hisoblanib, qaydnomaga kiritiladi, 
muayyan shaxsni aniqlash uchun xizmat qiladigan natijalar rekord sifatida 


22 
tasdiqlanishi va razryad me’yorlarini bajarish deb inobatga olinishi mumkin. 
Sakrashlar eng oxirgi (egallanmagan) balandlikdan boshlanadi, bittadan urinish 
imkoni beriladi. Qaydnomadagi yozuvlarga muvofiq balandliklar ko’tariladi yoki 
pasaytiriladi. Ishtirokchi asosiy musobaqalarda o’tkazib yuborgan balandliklariga 
ham sakrashi shart. Boshqa sportchilar egallagan balandlikni ololmagan 
ishtirokchilar qayta sakrashdan chiqib ketadi. Boshqa sportchilar ololmagan 
balandlikni egallagan ishtirokchiga birinchi o’rin beriladi. G’olib aniqlanganidan 
so’ng, qayta sakrash to’xtatiladi va unda ishtirok etgan boshqa sakrovchilarning 
o’rinlari taqsimlanadi. Birinchi o’ringa da’vo qilmagan ishtirokchilarning 
ko’rsatkichlari teng bo’lsa ham o’rinlar taqsimlanadi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling