B ibragimov, M. Ibragimov


III. Uloqtirishlar, yadro irqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/184
Sana21.11.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1792562
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184
Bog'liq
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК

III. Uloqtirishlar, yadro irqitish, uzunlikka va uch hatlab sakrashlarda 
1. Dasturdagi mazkur turlarning birortasida maydonga chiqadigan sportchilar 
orasida o’rinlarning taqsimlanishi asosiy hamda final musobaqalarda 6 ta 
urinishning barchasida ko’rsatilgan natijalarning eng yuqorisi bo’yicha final 
ishtirokchilari uchun o’tkaziladi. Qolgan barcha ishtirokchilar uchun asosiy 
musobaqalardagi uch urinishning eng yaxshi natijasi bo’yicha o’tkaziladi. Agar 
ikki yoki bir necha ishtirokchi bir xil natija ko’rsatgan bo’lsa, u holda o’rinlar bu 
ishtirokchilarning (asosiy va final musobaqalarda) qolgan urinishlardagi eng 
yaxshi natijalari bo’yicha taqsimlanadi. 
Malakaviy musobaqalarning natijalari asosiy musobaqalarda shaxsiy 
birinchilikni aniqlashda hisobga olinmaydi. Zaruriyat tug’ilganda, asosiy 
musobaqalarga qo’yilmagan ishtirokchilar orasida o’rinlar malakaviy musobaqa 
natijalari bo’yicha taqsimlanadi. 
IV. Ko’pkurashlarda 
1. Har bir tur bo’yicha ko’rsatilgan natijalar maxsus jadval asosida ochkolarda 
baholanadi. Yakuniy natijalar mazkur ko’pkurash tarkibiga kiruvchi barcha turlar 
uchun olingan ochkolar yig’indisiga ko’ra aniqlanadi. 
2. Yugurish bo’yicha barcha natijalar yo 0,01 sek aniqlikkacha, yoki (agar 
fotomarra bo’lmasa) 0,1 sek. aniqlikkacha olinadi.


23 
3. Agar bir necha ko’pkurashchida ochkolar yig’indisi bir xil bo’lsa, 
ko’pkurashning ko’proq turlari bo’yicha raqibidan oldinda bo’lgan sportchiga 
ustunlik beriladi. Bu ko’rsatkich ham bir xil bo’lsa, ko’pkurashning biror turi 
uchun ochkolarda eng yuqori baho olgan sportchi ustunlikka ega bo’ladi. 
4. Ko’pkurashning bir turi bo’yicha musobaqaga kelmagan (uzrsiz sabab 
bilan) ishtirokchi musobaqalardan chiqarib yuboriladi. 
5. Nol baho olish ishtirokchini musobaqadan chiqarib yuborish uchun sabab 
bo’la olmaydi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling