“mirzo ulug’bek maktabi prezident maktablari asosiy imtihoni repetitsion tayyorgarlik sinov testi savollar kitobi
Download 0.77 Mb.
|
22-may A daraja....-unlocked
“MIRZO ULUG’BEK MAKTABI"Prezident maktablari asosiy imtihoni repetitsion tayyorgarlik sinov testi savollar kitobiA daraja F.I.SH:Sinfingiz: sinf Ushbu savollar kitobi oʻquvchi uchun ish daftari hisoblanadi. Oʻquvchi savollar kitobidagi variantlarni belgilashi, oʻzgartirishi va notoʻgʻri variantlar ustidan chizishi mumkin.TANQIDIY FIKRLASH Sportchiga musobaqada ishtirok etish imkoniyati berilmasa, ular qo‟shimcha mashg‟ulotlarga borishni istashmaydi. Sobir: “Alisherga musobaqaga qatnashish imkoniyati berildi. Shuning uchun u aniq qo‟shimcha mashg‟ulotlarga boradi.” Vali: “Azizga musobaqada ishtirok etish imkoniyati berilmadi. Shuning uchun Azizning qo‟shimcha mashg‟ulotlarga borishni istamasligi aniq.” Kimning fikri to‟g‟ri? Faqat Sobirning Faqat Valining Ikkisining ham fikri to‟g‟ri Ikkisining ham fikri xato Megapolislar bu kamida 3 million aholiga ega barcha infratuzilmalar mavjud bo‟lgan yirik shaharlardir. Markaziy Osiyoda Toshkent shahri barcha infratuzilmalari mavjud va 3 mln.dan ortiq aholiga ega yagona shahar. Matnga ko‟ra qaysi fikr to‟g‟ri? 3 milliondan ortiq aholiga ega har qanday shaharlar megapolislar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi yagona megapolis O‟zbekistonda joylashgan. O‟zbekistonda barcha sharoitlarga ega bo‟lgan yagona shahar bu – Toshkent. Barcha infratuzilmalarga ega bo‟lgan shaharlar megapolislar hisoblanadi. Agar quyidagi I va II gaplar to‟g‟ri bo‟lsa, uchinchi gap to‟g‟ri, xato yoki aniqlab bo‟lmasligini toping. Barcha professorlar ko‟zoynak taqadilar. Nodir aka ko‟zoynak taqadi. Nodir aka professor. A) to‟g‟ri B) xato C) aniqlab bo‟lmaydi. Xalqaro iqtisodchi: "10 yildan so'ng ikki toifadagi tadbirkorlar bo'ladi. 1-turi: O‟z biznesini internet va axborot texnologiyalari bilan bog'lagan tadbirkorlar. 2-turi: Kasod bo'lgan tadbirkorlar" - dedi. Iqtisodchining fikriga ko'ra... 10 yildan so‟ng ko‟pchilik tadbirkorlar kasod bo‟ladilar 10 yildan keyin internet va axborot texnologiyalari sohasi rivojlanib, eng yetakchi sohaga aylanadi. 10 yil ichida biznesini internet va axborot texnologiyalari bilan bog'lamagan tadbirkorlar kasod bo‟ladilar. Kelajakda biznesini internet va axborot texnologiyalari bilan bog'lagan tadbirkorlar kasod bo‟lmaydilar. Yaqin yillar ichida til o‟rganishga ehtiyoj qolmaydi. Google kompaniyasi tomonidan barcha tildagi ovozli va matnli ma‟lumotlarni istalgan tilga tarjima qilib beruvchi tarjimon ko‟zoynaklar ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu ko‟zoynaklar barcha til to‟siqlarini yengib o‟tishga yordam beradi. Endi biz vaqtimizni til o‟rganishga emas, balki boshqa foydaliroq fanlarni o‟rganishga sarflashimiz mumkin. Quyidagi qaysi javob matndagi fikr xulosasini ko‟proq zaiflashtiradi? Aqlli ko‟zoynaklar turli tillarda suhbatlashuvchi insonlar o‟rtasidagi muloqotni osonlashtiradi. Qimmat narxdagi kam sonli texnologiyalarni hamma ham o‟z ehtiyoji uchun sotib ola olmaydi. Aqlli tarjimon ko‟zoynaklar ekranga matnli ma‟lumotlarni taqdim qilish orqali eshitish qobiliyati past insonlarning ham muammosini hal qiladi. Aqlli ko‟zoynaklari bo‟lgan sayyohlar uchun tarjimonlar kerak bo‟lmaydi. O‟zbekistonda elektr energiyasi narxi jahondagi o‟rtacha narxdan ikki marta arzon. Bu energetika tizimini rivojlanmasligiga sabab bo‟lmoqda. Hukumat kam daromadli aholi qatlami manfaatlarini o‟ylab narxni oshirmaydi. Ammo, arzon narxdan ko‟proq yuqori daromadli insonlar foyda ko‟radi. Aholi daromadi kam hisoblangan qishloqlarda elektr uzulish holatlari ko‟p bo‟ladi. Shaharlarda esa elektr uzulishi kuzatilmaydi. Hukumat elektr energiyasi narxini oshirishi va kam daromadli insonlarni qo‟llab-quvvatlashning boshqa yo‟llarini topishi lozim. Quyidagi qaysi dalil muallifning fikrini kuchaytiradi? Daromadi yuqori aholi elektr iste‟mol qiluvchi maishiy texnikalar (konditsioner, muzlatkich, kir mashinasi, kompyuter ..) dan ko‟p foydalanadi. Daromadi past aholining ko‟pchiligida bular yo‟q. Elektr energiyasi narxini oshirish uchun davlat aholi daromadini ham oshirishi kerak. Elektr energiyasi narxining oshishi boshqa mahsulotlar narxining ham oshishiga olib keladi. Elektr energiyasi narxi oshsa, insonlar undan oqilona foydalana boshlaydilar. “MFactor” va “Impulse Business Hub” loyihalari asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlarning ta‟kidlashlaricha: “Katta bizness qurish uchun avvalo ilm olish zarur.” Agar Mamasaidovlarning fikrlari to‟g‟ri bo‟lsa, quyidagilarning qaysi biri aniq to‟g‟ri bo‟ladi. Ilm olmagan inson katta bizness qura olmaydi. Ilm olayotgan insonlar kelajakda katta bizness quradilar. Katta bizness qurish uchun ilm olishning o‟zi yetarli emas. Kichik bizness egalarining ko‟pchiligida yetarli darajada ilm yo‟q. Sayfiddin maxfiy xabarlarni yozish uchun maxsus klaviaturadan foydalanadi. Klaviaturadagi tugma bosilganda quyidagi klaviatura xaritasi bo'yicha ekranda boshqa harf paydo bo'ladi: Har bir tugma bosilganda qaysi harf ko'rsatilishi yo‟nalishlar bilan belgilangan. Masalan, Sayfiddin "X" tugmachasini bosganda ekranda "D" harfi, yoki "D" tugmachasini bosganda ekranda "X" harfi paydo bo'ladi. Sayfiddin bir xabarni yozganda, ekranda "HEYIA" harflari shu tartibda paydo bo‟ldi. Sayfiddin tomonidan yozilgan asl xabar nima edi? A) USLUB B) USMON C) NEXIA D) USTOZ Rossiyaga har yili 5 mln ga yaqin Markaziy Osiyolik insonlar ishlash maqsadida borishadi. Iqtisodiy muammo tufayli ular ishlayotgan sohalarda ishchi kuchi ortiqchaligi kuzatilmoqda. Rossiya qonunlariga ko‟ra, ish beruvchilar Rossiya fuqarolarini ishdan bo‟shata olishmaydi. Matndan qanday mantiqiy xulosa chiqarish mumkin? Ishlash maqsadida borgan ko‟p sonli Markaziy Osiyoliklar sabab Rossiyada iqtisodiy muammolar kuzatilmoqda. Iqtisodiy muammolar bartaraf etilishi bilan ishchi kuchiga bo‟lgan talab ortadi. Rossiya fuqarosini ishdan bo‟shatish jinoyat hisoblanadi. Ishchi kuchi ortiqchaligi muammosi Markaziy Osiyolik insonlarni ishdan bo‟shatish hisobiga hal qilinadi. Daholik, yuksak iqtidor haqida gap ketganda, ularning ushbu holati sababi tug'ma iste`dod yoki ularning ta‟lim-tarbiyasi ekanligiga e‟tibor berish kerak. Biror kishini qanday qilib oddiygina o‟qitish va tarbiyalash yo`li bilan Motsart yoki Shekspir yoki Eynshteynga aylantirish mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Motsart yoshligida murakkab musiqalar yoza boshlagan. Besh yoshli bolani atrofidagilar bunday qobilyatli qilib tarbiyalashi mumkinligini tushuntirish qiyin. Shuning uchun daholik to'liq tug'ma qobilyatdir. Quyidagi qaysi dalil yuqoridagi dalilning kamchiligini eng yaxshi ifoda etadi? Matnda daholik erta yoshda namoyon bo'lishi kerak deb taxmin qilinmoqda. Matnda xulosa aniqlik bilan bayon etilgan. Kamchilikni ko‟rsatish mumkin emas. Daholik va yuksak iqtidorni tarbiya bilan to'liq izohlab bo'lmasligi, ularning ushbu holatida tarbiyani muhim omil emasligini bildirmaydi. Matnda «daho» deganda aynan nimani anglatishini tushuntirilmagan. Mutaxassis: “Maktablar atrofidagi yo‟llarning maktabga yaqin qismida avtomobillar harakat tezligining 50 km/soatdan 30 km/soatga tushurilishi xavfni kamayitish uchun oqilona qaror emas.” – dedi. Quyidagi qaysi gap uning fikrini kuchaytirishi mumkin? Mashinalar qanchalik sekin yursa, maktab o‟quvchilari uchun shunchalik xavfsiz bo‟ladi. Mashinalarning sekin yurishi natijasida hosil bo‟lgan tirbandlik, betartib harakatlarga sabab bo‟ladi. 50 km/soat tezlikda avtomobil boshqarish barcha haydovchilar uchun qulay hisoblanadi. 30 km/soat tezlikda avtomobil boshqarish barcha haydovchilar uchun noqulay hisoblanadi. Buyuk bobomiz Imom Buxoriyning otasining ustozi quyidagi gapni ko‟p aytar edi: “Aqlli insonlar doim izlanishda va o‟rganishda bo‟lishadi. Nodonlar esa shundoq ham hamma narsani bilishadi!” Ustozning gapida yashiringan ma‟noni toping. Har doim izlanishda va o‟rganishda bo‟lgan insonlar aqlli hisoblanadi. Yangi narsalarni o‟rganishga intilish insonni kamolotga olib boradi. Hamma narsani bilgan hamma inson ham aqlli hisoblanmaydi. Nodon insonlar izlanmasdan va o‟rganmasdan turib, hamma narsani bilaman deb o‟ylashadi. Shirina quyidagi 3 ta qog’oz kartochkani birlashtirib bitta shakl hosil qildi. Agar u hech bir ikki bo‟lakni ustma-ust qo‟ymagan bo‟lsa, u quyidagi qaysi shaklni hosil qilgan bo‟lishi mumkin? O‟zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish, fuqarolarimiz sayohatlari xarajatlarining ma‟lum qismini budjet mablag‟lari hisobidan qoplash bo‟yicha dastur ishlab chiqilmoqda. Davlat ishxonalarida xodimlar o‟rtasida so‟rovnomalar o‟tkazildi. So‟rovnomada xodimlarning Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridan qaysi shaharlarga tashrif buyurishni xohlashi so‟raldi. Toshkentga tashrif buyurishni xohlaydiganlarning barchasi Buxoroga ham borishi ma„lum bo„ldi. Buxoroga boradiganlarning barchasi Samarqandga ham tashrif buyurar ekanlar, lekin Buxoroga boradiganlarning hech qaysisi Xivaga bormas ekan. Yuqoridagi ma„lumotlarga asoslanib, quyidagilarning qaysi biri to„g„ri bo„lishi mumkin? Agar Barchin Samarqandga borsa, u Buxoroga ham boradi. Agar Muhammad Toshkentga borsa, u Xivaga bormaydi. Agar Alisher Samarqandga tashrif buyursa, u Toshkentga ham boradi. Agar Sobir Toshkentga bormasa, u Buxoroga ham bormaydi. Karim, Odil va Nodir maktabda qorovul bo‟lib ishlaydilar. Ular navbat asosida kechki vaqtlarda haftada 7 kun maktabni qo‟riqlashadi. Dushanba kuni Nodir navbatchilik qildi. Seshanba kuni Odil va Chorshanba kuni Karim navbatchilik qildi. Shu tartib o‟zgarishsiz davom etdi. Agar qaysidir haftada Odil 3 marta navbatchilik qilgan bo‟lsa, o‟sha haftaning qaysi kunlarida Nodir navbatchi bo‟lgan? Chorshanba va juma Seshanba va juma Chorshanba va shanba Payshanba va yakshanba Yoqubning oltita farzandi bor. Ular to'rtta o'g'il: Sobir, G‟ulom, Jahon va Rahim va ikkita qiz: Aziza va Madina. Men yaqinda Aziza, G‟ulom, Jahon va Rahim bilan tanishdim. Azizaning aytishicha, uning ikkita akasi va ikkita ukasi bor. G‟ulomning aytishicha, uning bitta opasi va bitta singlisi bor. Jahonning aytishicha, uning ikkita opasi. Rahimning aytishicha, Aziza va G‟ulom ikkalasi ham undan katta, Jahon esa undan kichikroq. Menga berilgan ma'lumotlardan quyidagi qaysi birini aniq aytish mumkin emas? Sobir G‟ulomdan katta. Sobir Rahimdan katta. Madina G‟ulomdan katta. Madina Rahimdan katta. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling