“mirzo ulug’bek maktabi prezident maktablari asosiy imtihoni repetitsion tayyorgarlik sinov testi savollar kitobi
Download 0.77 Mb.
|
22-may A daraja....-unlocked
MUAMMOLI MASALALARNodira universitetga odatda avtobusda borib keladi. Ammo, u ba‟zan boshqa transport vositalaridan ham foydalanib turadi. U uyidan universitetgacha avtobusda 30 minutda, taksida 20 minutda, metroda 45 minutda, velosipedda 40 minutda yetib boradi. U soat 08:15 da yo‟lga chiqib, universitetga 8:45 da yetib bordi. Nodira qaysi transport turidan foydalangan? A) avtobus B) taksi C) metro D) velosiped Sinfda jami 35 ta o‟quvchi bor. O‟qituvchi sinfdagi o‟quvchilarni soni 24 ta ekanida darsni boshladi. Dars davomida Salim uchta o‟rtog‟i bilan sinfga kirib o‟tirdi. Nasiba ham uchta dugonasi bilan sinfga kirib keldi. Darsning oxirida o‟qituvchi darsga qatnashgan barcha o‟quvchilarni belgilab oldi. Darsga nechta o‟quvchi qatnashmadi? A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta Nodirada yangi kitob sotib olish uchun 50 000 so‟m bor. Quyidagi jadvalda do‟kondagi mavjud kitoblar ro‟yxati keltirilgan:
Nodira ma‟rifiy yoki badiiy turdagi qattiq muqovali kitobni sotib olmoqchi. Kitob mavzusi she‟riy yoki tarixiy bo‟lishi kerak. U qaysi kitobni sotib oladi? O„tkan kunlar Saodat asri qissalari O„gay ona Sherlok Xolms sarguzashtlari Salim imtihonda 5 ta savoldan uchtasiga javob berishi kerak. Har bir savolga javobni izohli tarzda yozish uchun turlicha vaqt beriladi.
Salimga uchta savol uchun qancha vaqt berilgan bo‟lishi mumkin? A) 27 minut B) 32 minut C) 37 minut D) 43 minut Jamshid haftaning ish kunlarida har kuni 5 betdan kitob o‟qiydi. Dam olish kunlari shanba va yakshanbada 10 betdan o‟qiydi. U seshanba kuni 180 betlik yangi kitob sotib oldi va o‟sha kuni 5 bet o‟qidi. U sotib olgan kitobini qaysi kuni o‟qib tugatadi. A) Dushanba B) Seshanba C) Chorshanba D) Juma Bitta suvoqchi bir soatda 6 m2 devorni suvoq qiladi. Suvoqchilar ertalab soat 10:00 dan kechki soat 18:00 gacha ishlashadi. Har bir suvoqchi tushlik va dam olish uchun jami 60 daqiqa vaqt ajratishadi. 4ta suvoqchi bir kunda qancha devorni suvoq qilishi mumkin? A) 158 m2 B) 168 m2 C) 84 m2 D) 42 m2 Malika o‟yin o‟ynamoqda. O‟yin sharti bo‟yicha u avval 3 marta oldinga, keyin esa 2 marta orqaga qadam bosadi. Shu tartibda u boshlang‟ich chiziqdan 6 qadam oldindagi chiziqqa yetib borishi kerak. U jami necha qadam bosib chiziqqa yetib boradi? A) 15 B) 16 C) 18 D) 30 Sobir maishiy texnika do‟konida sotuvchi bo‟lib ishlaydi. Do‟konda bitta muzlatkich 400$, bitta kir yuvish mashinasi 300$ va bitta changyutkich 200$ dan sotiladi. Sobir dushanbadan payshanbagacha sotilgan tovarlar ro‟yxatini yozib chiqdi.
Do‟konda qaysi kuni eng ko‟p savdo bo‟lgan? Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Sinfdagi 20 ta o‟quvchi ichida og‟il bolalar qiz bolalardan kamroq edi. Ammo, o‟g‟il bolalar sonidan ikki marta ko‟p qizlar sinfdan chiqib ketganidan keyin sinfdagi o‟g‟il bolalar soni qizlar sonidan 3 marta ko‟proq bo‟lib qoldi. Dastlab sinfda nechta qiz bola bo‟lgan? A) 17 B) 16 C) 15 D) 14 Janob Kastor o'z sinfini maktab hovlisidagi stadionda futbol o'ynatishni rejalashtirmoqda. Bir nechta talablarni ko'rib chiqish kerak: O‟quvchilar faqat quyoshli kunda futbol o'ynashlari mumkin. Shamol tezligi soatiga 20 km/soatdan pastroq bo'lganda, ochiq havoda o‟ynashga ruxsat beriladi. Maktab hovlisini o'sha kuni boshqa sinf oldindan band qilib qo'ygan bo'lsa, undan foydalanib bo'lmaydi. Janob Kastor quyidagi tegishli ma'lumotlarga ega: Obina xonim o‟quvchilari uchun dushanba kuni stadionni band qilgan. Janob Kastor qaysi kuni o‟quvchilariga futbol o'ynatishni rejalashtirishi kerak? A) seshanba B) chorshanba C) payshanba D) juma Quyidagi jadvalda oxirgi uch yilda o‟tkazilgan Xalqaro Mendeleyev Kimyo Olimpiadasida O‟zbekiston terma jamoasi olgan medallari soni keltirilgan.
Jadvaldagi ma‟lumotlar asosida O‟zbekiston terma jamoasi medallari soni bo‟yicha berilgan quyidagi fikrlardan qaysi biri to‟g‟ri emas? Berilgan davrda O‟zbekiston terma jamoasi medallari soni ortib borgan. Oxirgi ikki yilda olingan oltin va kumush medallari soni har yili o‟sha yilgi bronza medallari sonidan ko‟p bo‟ldi. Berilgan davrda olingan jami medallarning yarmidan ko‟pi bronza medali hisoblanadi. 55-Mendeleyev xalqaro olimpiadasida terma jamoa 7 ta medalni qo‟lga kiritgan. Fermerning jami 750 ta chorva hayvonlari bor. Ular qoramol, qo‟y va echkilardan iborat. Qo‟ylar soni qoramollar sonidan 3 marta ko‟proq. Echkilar soni esa qoramollar soniga teng. Fermada nechta qo‟y bor? A) 150 B) 300 C) 450 D) 600 Maktabning 4-sinf o‟quvchilar o‟rtasida sport musobaqasi tashkil etilmoqda. Unda turli sport turlari bo‟yicha jamoalar bellashadilar. Har bir jamoadagi o‟g‟il bolalar soni qizlar sonidan ko‟proq bo‟lishi kerak. Ammo, bir jamoadagi o‟g‟il bolalar soni qizlar sonidan uch martadan ko‟p bo‟lmasligi lozim. Quyidagi jadvalda 3 ta jamoadagi o‟quvchilar soni keltirilgan:
O‟qituvchi ba‟zi jamoalardagi a‟zolar soni musobaqa shartiga mos kelmagani uchun a‟zolar tarkibida o‟zgarish qildi. O‟qituvchi qilgan o‟zgarishlar qaysi javobda keltirilgan bo‟lishi mumkin? Burgutlar jamoasidagi 2 ta qiz va Lochinlar jamoasidagi 2 ta o‟g‟il bolalar almashib oldilar. Alpomish jamoasidagi 2 ta qiz va Lochinlar jamoasidagi 2 ta o‟g‟il bolalar almashib oldilar. Alpomish jamoasidagi 2 ta qiz va Burgutlar jamoasidagi 2 ta o‟g‟il bolalar almashib oldilar. Burgutlar jamoasidagi 1 ta qiz va Lochinlar jamoasidagi 1 ta o‟g‟il bolalar almashib oldilar. Beshta do‟st Nodir, Karim, Sobir, Ali va Farhod yugurish musobaqasiga qatnashishdi. Musobaqada marraga Ali Sobirdan oldinroq keldi. Nodir Karimdan tezroq yugurdi. Nodir Sobirdan keyin marraga yetib keldi. Agar Karim eng oxirgi o‟rin bo‟lmasa, marraga 3- bo‟lib kim yetib kelgan? A) Nodir B) Karim C) Sobir D) Ali Karim mehmonxona qurilishida ish boshqaruvchi bo‟lib ishlaydi. Mehmonxonaning ma‟lum qismida kichik quruvchilar jamoasi g‟isht termoqda. Ular bir kunda 800-1000 ta g‟isht terishadi. Bitta yuk mashinasida 1200-1500 ta g‟isht keladi. Karim 5 kun davomida quruvchilar uchun yetarli miqdorda g‟isht bo‟lishi uchun necha mashina g‟ishtga buyurtma berishi kerak? 5 yuk mashinasida 4 yuk mashinasida 3 yuk mashinasida 6 yuk mashinasida Oshpazga 1 kg guruch bilan osh pishirish uchun 1 kg sabzi, 500 ml yog‟, 500 g go‟sht kerak bo‟ladi. Oshpaz bu nisbatga qat‟iy amal qiladi. Bugun oshpaz ko‟pi bilan 4 kg guruch bilan osh qilish uchun masalliqlar yetarli ekanini bilib qoldi. Oshpazda quyidagi masalliqlar ro‟yxatidan qaysi biri bo‟lishi mumkin? 5 kg guruch, 8 kg sabzi, 2 litr yog‟, 1 kg 500 g go‟sht 5 kg guruch, 6 kg sabzi, 2 litr yog‟, 1 kg 500 g go‟sht 5 kg guruch, 5 kg sabzi, 2 litr yog‟, 2 kg go‟sht 5 kg guruch, 3 kg sabzi, 2 litr yog‟, 2 kg 500 g go‟sht Qurilishda ishlatiladigan kafelning o‟lchami 2×3 bo‟lib, u teng 6 ta kvadratga bo‟lingan. Bitta kafeldagi oq va qora kvadratlar soni teng. Kafellardan biri quyidagi rasmda keltirilgan. Kafeldagi oq va qora kvadratlarning turli joylashuviga ko‟ra turli kafellar hosil qilish mumkin. Ammo, bir kafelni burish natijasida 2-kafel hosil qilinsa bular bir xil kafellar deyiladi. Ushbu kafellar jami necha xil bo‟lishi mumkin? A) 6 B) 10 C) 15 D) 20 Odina opaning 5 ta farzandi bor. Ularning hammasi o‟g‟il bolalar. Mirziyo, Miromon va Shavkat ‒ egizaklar, Hasan va Husanlar ham egizaklar va ular Miromondan 3 yoshga kichik. Husan barcha besh aka-ukalarning yoshlarini qo‟shib chiqdi. U qanday natijaga erishgan bo‟lishi mumkin? A) 34 B) 53 C) 76 D) 88 Muhiddin kassada spektakl uchun chiptalarni sotmoqda. Mahalliy aholi uchun chiptaning narxi 11000 so‟m turadi ammo talabalar uchun 9000 so‟m. Spektakl boshlangandan so'ng, u tomoshabinlar orasidan mahalliy aholi sonini hisoblashi kerakligi esiga tushdi. Umumiy chiptalar sotilgan chiptalar narxini hisoblaganda jami 124000 so‟m chiqdi. Tomoshabinlar ichida nechta kishi talaba emas? A) 11 B) 8 C) 4 D) 5 Nizomjon, Saida, Aziz va Olim har biri bittadan kompaniyaning egalari. Ularning kompaniyalari nomlari: BaxtCosmetics, BestLogistcs, EduHelp va Chinor. Kompaniyalarning aksiyalari narxi oylar davomida o‟zgarib bordi. Nizomjonning kompaniyasi aksiya narxi ko‟tarilgan vaqtda, Olimning aksiyasi narxi tushdi. Olimning kompaniyasi aksiya narxi ko‟tarilgan vaqtda, Azizning aksiyasi narxi tushdi. Azizning kompaniyasi aksiya narxi ko‟tarilgan vaqtda, Nizomning aksiyasi narxi tushdi. Quyidagi jadvalda oylar davomidagi firma aksiyalari narxi keltirilgan:
Saidaning kompaniyasi qaysi? BaxtCosmetics BestLogistcs EduHelp Chinor Sinfdagi 30 ta o‟quvchidan 12 tasi o‟g‟il bola. Sinfdagi qizlar va o‟g‟il bolalar nisbati qaysi doiraviy diagrammada to‟g‟ri ko‟rsatilgan? Mansur dastlabki 4 oy davomida iste‟mol qilgan elektr energiyasi miqdorini yozib bordi. Agar iste‟mol qilingan elektr energiyasi belgilangan miqdordan oshsa, har bir kW uchun qilinadigan to‟lov miqdori ham ortadi. Quyidagi ustunli diagrammalarda har oylik elektr energiyasi miqdori va 1 kW uchun belgilangan to‟lov miqdori ko‟rsatilgan. Mansur har oyda necha so‟mlik elektr iste‟mol qilganini hisoblab chiqdi. U to‟lashi lozim bo‟lgan pul miqdorlari to‟g‟ri ko‟rsatilgan diagrammani toping. 1 dan 6 gacha raqamlangan 6 ta shar 2 ta qutiga joylandi. Bir qutidagi sharlarning raqamlari yig`indisi boshqasidan 1 ga ko`p. Agar har ikkala qutida ham 3 ga bo`linadigan son mavjud bo`lsa, 3 raqami bilan raqamlangan shar qatnashgan qutidagi raqamlar ko`paytmasini toping. A) 12 B) 30 C) 15 D) 18 Karimning telefoni quvvati oddiy holatda to‟liq bir sutkaga yetadi. Agar u internetdan foydalansa uning quvvati ikki marta tezroq kamayadi. Agar u telefonda muloqot qilsa uning quvvati uch marta tezroq kamayadi. Bugun Karim telefonida 2 soat muloqot qildi va 3 soat internetdan foydalandi. Uning telefon quvvati ko‟pi bilan necha soatdan keyin tugaydi? A) 19 B) 15 C) 12 D) 8 Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling