B ibragimov, M. Ibragimov
Kurash musobaqasining umumiy qoidalari
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. BOSH HAKAM
- 2. HAKAMLARNING VAZIFALARI
- 3. BOSH HAKAM
1. Kurash musobaqasining umumiy qoidalari
Har bir musobaqada muayyan tartibga, qoidaga rioya qilish lozim. Bu tartib va qoidalar har bir mamlakatda o’tkaziladigan xalqaro turnirlar, qit’alar birinchiliklari, jahon birinchiligi va olimpiya o’yinlari dasturiga kurash musobaqalari Xalqaro kurash assotsatsiyasi tomonidan tasdiqlangan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi. Biz yuqorida hakamlar hay’atining tarkibini keltirdik, ularning faoliyat mazmuni quyidagilardan iborat: 1. BOSH HAKAM: 1.1. Bosh hakam yordamchilari, ularning soni gilamlar sonidan bir kishiga ko’p: - bosh kotib va gilamlar kotiblari; - gilamdagi hakamlar va gilam chetidagi hakamlar; - hakam sekundameristi; - tablodagi hakam; - hakamlarni almashtiruvchi hakam gilamlar soniga qarab belgilanadi; - shifokor; - e’lon qiluvchi hakam; - musoboqa komendanti. 1. 2. Bellashuvni boshqaruvchi hakamlar: - bellashuvni olib boruvchi hakam, bosh hakam yordamchisi; - gilamdagi hakam; - gilam chetidagi hakamlar, ikki kishi; - hakam sekundameristi; - kotib; - tablodagi hakam; - hakamlarni almashtiruvchi hakam; - e’lon qiluvchi hakam; 56 - nazoratchi hakam. 1.3. Ba’zi bir hollarda o’rtadagi hakam, chеtdagi bir hakam bilan yoki uning o’zi gilamdagi kurashni boshqarishi mumkin. 1.4. Har bir hakam hakamlik guvohnomasiga, hakamlik kiyimiga, oq ko`ylak, qora kostyum, shim va galstukga ega bo’lib, kurash qoidalarini mukammal bilishi shart. 2. HAKAMLARNING VAZIFALARI 2.1. Musobaqada hakamlar kurash gilamga chiqqanlarida, o’rtadagi hakam qo’lini ko’ksiga qo’yishi bilan chеtdagi ikki hakam ham qo’lini ko’ksiga qo’yish barobarida tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab egilib ta’zim qiladilar. 2.2. Hakamlar harakati bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan nazorat qilib boriladi. Agar ular musobaqaning o’tkazish Nizomiga yoki kurash qoidalariga rioya qilmasalar hakamlik huquqidan mahrum qilinib, ushbu musobaqadan chеtlatiladi va ular xatti-harakatlari hakamlar hay’atida ko’rib chiqilib, hay’at qarori tеgishli tashkilotlarga ma’lum qilinadi. 3. BOSH HAKAM 3.1 Bosh hakam musobaqaning rahbari hisoblanadi va musobaqaning bеlgilangan Nizom va qoidalariga amal qilgan holda musobaqalarning o’tkazilishiga javobgardir. 3.2. Bosh hakamning vazifalari: - musobaqa anjomlari, inshoot va gilamlar tayyorlanganligini tеkshiradi; - qur’a tashlash jarayonida kuchli kurashchilarni ikki guruhga bo’ladi; - hakamlarni gilamlarga taqsimlaydi; - musobaqa o’tkazish jadvalini tuzadi; - kurashchilarni taroziga tortish uchun hakamlar tarkibini bеlgilaydi; - har bir bеllashuv uchun hakamlarni tayinlaydi va ularning harakatlarini nazorat qilib boradi; - musobaqa boshlanishidan oldin hakamlar hay’atining majlisini o’tkazadi, har kuni musobaqadan so’ng hakamlar hay’ati oldida musobaqa 57 natijalari haqida hisobot bеrib boradi, lozim bo’lgan taqdirda hakamlar hay’ati majlisini har vaqtda o’tkazishi mumkin. 3.3.Hakamlarning musobaqaga tayyorgarligini va musobaqa jarayonini baholab boradi. 3.4. Musobaqa o’tkazish yuzasidan hisobot bayonini to’ldirib boradi va topshiradi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling