Savol: Hakamlar unga nega bu talabni qo‘yishgan? Javob
Download 27.32 Kb.
|
13.10.2022 Kollej to\'garak (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
1-tur 1. 1970-yilda amerikalik kurashchi gilamga chiqishidan oldin hakamlar undan futbolkasini yechishini va og‘zidagi saqichini olib tashlashini, aks holda turnirdan chetlatilishini ogohlantirishadi. Umuman olganda, kurash qoidalarida futbolkada chiqish yoki saqich chaynagan holda gilamga chiqish ta’qiqlanmagan. Savol: Hakamlar unga nega bu talabni qo‘yishgan? Javob: Ortiqcha vazn tufayli Izoh: Gilamga chiqishdan oldin sportchining vazni o‘lchanganda u belgilangan vazndan bir necha 100 gram og‘irroq chiqqan. 2. Amerikaga borishgan ispanlar ko‘rfaz bo‘yida yog‘och qoziqlar ustiga qurilgan qishloqni ko‘rishgan. Savol: Bu qishloq hozir qaysi davlat hududida joylashgan? Javob: Venesuela Izoh: Ular bu qishloqni “kichik Venetsiya” – Venesuela deb atashgan. 3. 1966-yilning 15-oktabrida Texas shtati, Makkini shahrilik 75 yoshlik haydovchi 20 daqiqa ichida 4 marta qarama qarshi yo‘lga chiqib ketadi, 4 marta avariya qiladi va 4 marta voqea joyidan qochib ketadi, 10 marta jarimaga tortiladi. Savol: Maksimal aniqlikda yozib bering, shundan keyin uning ismi nimada paydo bo‘ladi? Javob: Ginnes rekordlar kitobida Izoh: “Ginnesning rekordlar kitobi”ga. eng yomon haydovchi sifatida kiradi. 4. “Dunyoni bilishni xohlayman” nomli qiziqarli ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, yer sayyorasi tiriklik ramzi va u ham “chuqur nafas oladi”. Savol: U o‘z so‘zining isboti sifatida qaysi toponimni eslab o‘tgan? Javob: Islandiya Izoh: Islandiya o‘zining ko‘plab vulqon va geyzerlari ko‘pligi bilan ajralib turadi. Muallif geyzerlarni yer nafas oladigan burunlariga o‘xshatgan. 5. Irlandiyada oq kapalak jannatga ketayotgan ruhni ifodalagan. Qanotlardagi dog‘lar ruhning poklanishga mahkum etilganligini va bir muncha vaqt yerda qolishi kerakligini anglatardi. Savol: Kapalak qanotidagi dog‘lar soni nimani anglatadi? Javob: Gunohlari sonini Izoh: Dog‘lar gunohlar sonini ifodalagan. 6. Buvining kulguli bo‘lgan savoliga bir familiya bilan javob bering: “Qizalog’im, men juda nafratlanadigan bir nemisning familiyasi nima edi?” Javob: Alsgeymer Izoh: Buvisi Alsgeymer kasalligiga chalingan. Bu kasallikka chalinganlarning xotirasi susayib boraveradi. 7. AQSHning Klivlend shtatida shunday g‘alati qonun bor. Unga ko‘ra siz qo‘shningizning tovug‘ini qurol bilan otishingiz mumkin, faqat uning ruxsati bilan. Download 27.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling