B ibragimov, M. Ibragimov
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
SPORT TURLARI BOYICHA MUSOBAQALAR ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hakam qarori
O`yinni davom ettirish
Agar o`yinni bosh hakam qoidabuzarni ogohlantirish uchun to`xtatgan bo`lsa, unda: O`yin raqib jamoa tomonidan erkin to`p tepish orqali uchrashuv to`xtatilgan joydan davom ettiriladi. 5-QOIDA: Bosh hakam Har bir o`yinni futbol qonun qoidalari asosida boshqarish uchun hakamlar tayinlanadi. 4.11-rasm Huquq va majburiyatlari Hakam: Uchrashuvda qonun-qoidalarni nazorat qilish; 150 Uchrashuvni yon hakamlar va 4 – hakam bilan birgalikda nazorat qilish; 2 – qoida talablariga asosan to`pni nazorat qilish; 4 – qoida talablariga asosan o`yinchilarning kiyimlarini nazorat qilish; Uchrashuvni qayd etib borish; Har qanday qoida buzilishlarda uchrashuvni to`xtatish, uzib qo`yish yoki butunlay to`xtatish o`yindagi bosh hakam qarashiga bog`liq; Bosh hakam uchrashuvni har qanday tashqi muhitning aralashuvida to`xtatishi yoki butunlay tugatishi mumkin; Bosh hakam fikriga ko`ra maydondagi o`yinchi qattiq jarohat olganda yoki o`yinchilarni maydondan evakuvatsiya qilish zarur bo`lganda uchrashuvni vaqtinchalik yoki butunlay to`xtatishi mumkin; Bosh hakam fikriga ko`ra o`yinchi yengil jarohat olganda to`p maydondan chiqib ketmaguncha uchrashuv davom ettiriladi; Har qanday o`yinchining jarohatidan qon chiqsa, ushbu o`yinchini maydon tashqarisiga chiqishini ta`minlash hamda ushbu o`yinchi maydonga qaytayotganda qon oqishi to`xtaganiga ishonch hosil qilgandan so`nggina unga ruxsat berishi; O`yin qoidasini buzgan jamoa darvozasi tomon hujum bo`layotgan bo`lsa o`yinni to`xtatish zarur emas, hujum tugagandan so`ng yoki to`p maydondan tashqariga chiqqanda qoidabuzarni ogohlantirish zarur; Qoidabuzar yoki ogohlantirilgan o`yinchi yana bir bor qoidani buzsa, o`yinchi shu zahoti qattiq ogohlantirilish bilan jazolanishi kerak; Agar uchrashuvda qoida buzilsa, hakam to`p maydonni tark etgandan so`ng qoidabuzarni albatta ogohlantirishi zarur; Jamoalardagi o`zini tuta olmayotgan rasmiy vakillarga nisbatan maydondan, zahira o`rindig`idan chetlatishi yoki ularga jazo qo`llashi mumkin; Bosh hakam yo`l qo`yilgan qoidabuzarlikni ko`rmay qolgan vaziyatlarda uning yordamchisi yetkazgan ma`lumotlar asosida jazo qo`llashi mumkin; Maydonga futbolchilardan boshqalarni tushirmaslikni nazorat qilish; O`yin to`xtatilganda davom ettirish; 151 O`yin bayonnomasi (bayonnomaga uchrashuv atrofida, uchrashuv boshlanishiga qadar, uchrashuv davomida, uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan barcha voqealarni yozma ravishda)ni to`ldirish va uchrashuv tashkilotchilariga taqdim etish zarur. Hakam qarori Har qanday o`yin holatida faqat bosh hakam yakuniy qaror chiqara oladi. Agar hakam yordamchilari bilan maslahatlashib noto`g`ri qaror qabul qilganini tan olsa, unda faqat o`yin to`xtatilgan vaziyatda o`z qarorini o`zgartirishi mumkin. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling