B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


Download 372.89 Kb.
bet60/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org



x1
y1
D
E

–x1
–y1



88
molyotning o‘rtacha tezligi V ni ekranga chiqaring (yo‘llanma: kerakli formula


Vo‘r=(V1

T1+V2

T2)/(T1+T2)).
56*. T1 soatda tezligi V1 km/soat, T2 soatda tezligi V2 km/soat bo‘lgan
poyezdning bosib o‘tgan S yo‘lini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma:
S1=V1∙T1, S2=V2∙T2 va S=S1+S2).
57*. Massasi m, zichligi

bo‘lgan jismning hajmi V ni qiymatini ekranga go‘zal
chiqaring (yo‘llanma: m=V∙

).
58. Zichligi

, hajmi V bo‘lgan jismning massasi m ni qiymatini ekranga go‘zal
chiqaring (yo‘llanma: m=V∙

).
59. Massasi m, hajmi V bo‘lgan jismning zichligi

ni qiymatini ekranga go‘zal
chiqaring (yo‘llanma: m=V∙

).
60*. Uyning bo‘yi A m, eni B m, balandligi esa M m. Shu uydagi havoning mas-
sasi m ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: havo zichligi

=0,00129
g/sm
3
, V=A∙B∙M, m=V∙

, miqdorlarning birliklariga e’tibor bering).
61*. G‘ishtning bo‘yi 25 sm, eni 12 sm, qalinligi esa 6,5 sm, zichligi 1,29 g/sm
3
.
Bino qurish uchun N ta g‘isht kerak. Barcha g‘ishtlarni tashish uchun yuk
ko‘tarish imkoniyati 3 tonna bo‘lgan avtomobillar soni S ni chiqaring (yo‘llanma:
avvalgi masala formulalaridan foydalaning).
62. A tonna kerosin quyilgan idishning hajmi V ni chiqaring (yo‘llanma: kerosin-
ning zichligi ρ=800 kg/m
3
, m=V∙

, miqdorlarning birliklariga e’tibor bering).
63*. Paxta yog‘ining zichligi

=1,087 g/sm
3
bo‘lsa, A litr paxta yog‘i massasi m
ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: 1 litr=1 dm
3
=0,001 m
3
ni e’tiborga olib
m=V∙

formuladan foydalaning, miqdorlarning birliklariga e’tibor bering).
64. Uzunligi A m, eni B dm va qalinligi M sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxtaning
hajmi V ni qiymatini m
3
, dm
3
, sm
3
va mm
3
larda ekranga go‘zal chiqaring
(yo‘llanma: taxtaning zichligi ρ=3,1 g/sm
3
, m=V∙

formuladan foydalaning, mi-
qdorlarning birliklariga e’tibor bering).
65. Hajmi V m
3
bo‘lgan sharni to‘ldirgan gazni massasi m kg ga teng. Gazning
zichligi

ni qiymatini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: m=V∙

).

4-§. SODDA IQTISODIY MASALALAR


66*. Tovarning narxi A so‘m. B so‘mga olinishi mumkin bo‘lgan tovar soni M ni
ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=[B/A], [a] – a sonini butun qismi).
67*. Tovarning narxi A so‘m. B ta tovar olinishi uchun kerak bo‘ladigan qiymat
M ni ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=B∙A).
68*. Тovarning narxi A so‘m edi. Unga bo‘lgan talab oshgandan so‘ng uning
narxi B % ga ko‘tarildi. Тovarning yangi bahosi M ni ekranga go‘zal chiqaring
(yo‘llanma: M=A∙ (1+B/100)).
69*. Bir tovar narxi A so‘m, ikkinchi tovar narxi B so‘m bo‘lsa, birinchi tovardan
M ta, ikkinchi tovardan G ta sotib olish uchun kerak bo‘ladigan qiymat S ni
ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: S= M∙A+G∙B).



89
70*. Uzumdan mayiz tayyorlash uchun uzumning umumiy og‘irligidan B % qol-


gungacha quritish zarur bo‘ladi. A kg mayiz tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan M
kg uzum og‘irligini ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: M=A∙B/100).
71*. Bir metr kvadrat yerga bo‘lgan soliq A so‘mni tashkil etadi. Yiliga inflyatsi-
ya (qadrsizlanish) darajasi B foizni tashkil etsa, M yildan so‘ng yer solig‘i S ni
ekranga go‘zal chiqaring (yo‘llanma: 1 yildan so‘ng yer solig‘i A*(1+B/100), 2
yildan so‘ng yer solig‘i A*(1+B/100)*(1+B/100), …).
72*. Bankka yiliga B foizli daromad olish uchun qo‘yilgan A so‘m pulning M yil-
dan keyingi qiymatini aniqlang (yo‘llanma: 1 yildan so‘ng A*(1+B/100), 2 yildan
so‘ng A*(1+B/100)*(1+B/100), …).
73*. Mijoz bankka B so‘m pul qo‘ydi. Bankdagi pulga yiliga M foiz ustama
qo‘shiladi. Necha yildan keyin mijozning puli A so‘mdan oshishini aniqlang
(yo‘llanma: AN
100
B
1





 
tengsizlik yechimidan foydalaning).

74*. Bojxona postidan o‘tkazilayotgan har A tonna yukning B foizi noqonuniy


ekanligi ma’lum bo‘lsa, M tonna yukdan noqonuniy hisoblanadigan qismi
og‘irligi S ni ekranga chiqaring (yo‘llanma: A  A*B/100, M  S proporsiya
yechimidan foydalaning).

5-§. ALGORITMIKA MASALALARI


75*. A va B butun turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring,
ya’ni: A=3, B=4 bo‘lsa, A=4, B=3 bo‘lsin.

Yechim:
Bu kabi masala yechimini algoritmik tafakkur sari qo‘yilgan asosiy qadam


deb hisoblash mumkin, chunki masalani yechishda matematik va mantiqiy
bilimning o‘zi yetarli emasligi ko‘rinadi.
Masalani A=3, B=4 holda ko‘raylik.
Ko‘pincha “sodda” dasturchi masala shartidagi “o‘zgaruvchilar qiymatini
almashtirib” qismiga e’tibor bermay quyidagicha yechim taklif etadi:
Var A, B: integer;
Begin A:=3; B:=4;
Writeln(‘Marhamat: A= ’, B, ‘; B= ‘, A);
End.
Holbuki, “o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib” deganda kompyuter xo-
tirasidagi qiymatini almashtirish ko‘zda tutilgan bo‘ladi, yuqoridagi kabi
chiqarish protsedurasidagi “aldov” emas.
O‘ylab qaralsa masala yechimi baribir soddadek ko‘rinadi:
Var A, B: integer;
Begin A:=3; B:=4;
A:=B; B:=A; Writeln(‘Marhamat: A= ’, A, ‘; B= ‘, B);
End.



90
tamom-vassalom. Dastur ishlatib ko‘rilganda quyidagicha natija beradi:


Marhamat: A= 4; B= 4
Natija xatoku, 3 qayerga ketdi?! Xatolikni aniqlash uchun dasturni tahlil
qilamiz:
A:=3; B:=4;
bu o‘zlashtirish operatorlari bajarilgach xotirada A o‘zgaruvchi
uchun ajratilgan joyga 3, B o‘zgaruvchi uchun ajratilgan joyga 4 yoziladi. A:=B;
o‘zlashtirish operatori bajarilgach A o‘zgaruvchi uchun ajratilgan xotiradagi joy
tozalanib B o‘zgaruvchining qiymati 4 yoziladi. Demak, xotirada A=4 va B=4
hosil bo‘ladi, ya’ni 3 qiymat xech qayerda yo‘q, o‘chib ketdi.
B:=A;
o‘zlashtirish
operatori bajarilgach B o‘zgaruvchi uchun ajratilgan xotiradagi joy tozalanib A
o‘zgaruvchining qiymati 4 yoziladi. Demak, dastur xato tuzilgan!
Masalani hayotiy bir masalaga qiyoslaylik: ikkita bola (3 va 4) ikkita (A va
B) stulda o‘tirishibdi. Bitta stulda faqat bitta bola o‘tirishi mumkin. Bolalar stul-
larini almashtirishlari kerak. Lekin, bir vaqtda ikkita bola o‘rnidan turishi mum-
kin emas. O‘ylab ko‘rib, shunday fikr bildirishingiz tabiiy: bolalardan biri (masa-
lan, A stuldagi 3) biror bo‘sh stulga (masalan, D ga) o‘tadi, keyin “bo‘shagan”
stulga (ya’ni, A ga) ikkinchi bola (endi bu B stuldagi 4 bo‘ladi) o‘tadi, oxirida
“bo‘shagan” stulga (ya’ni, B ga) birinchi bola (endi bu D stuldagi 3) o‘tadi.
Demak, masalaga mos dasturda qo‘shimcha D o‘zgaruvchi kiritish kerak
ekan.
Dasturi:
Var
A, B, D: integer;
Begin
Write(‘A ni qiymatini kiriting: ’); ReadLn(A); Write(‘B ni qiymatini kiriting: ’);
ReadLn(B);
D:=A; A:=B; B:=D; Writeln(‘Marhamat: A= ’, A, ‘; B= ‘, B);
End.

76. A va B haqiqiy turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga


chiqaring, ya’ni: A=3.5, B= –4.2 bo‘lsa, A= –4.2, B=3.5 bo‘lsin (yo‘llanma: av-
valgi masala yechimida o‘zgaruvchilar turi Real tanlanadi).
77*. A va B satrli turdagi o‘zgaruvchilar qiymatini almashtirib ekranga chiqaring,
ya’ni: A=‘403‘, B=‘34‘ bo‘lsa, A=‘34‘, B=‘403‘ bo‘lsin (yo‘llanma: avvalgi ma-
sala yechimida o‘zgaruvchilar turi String tanlanadi).
78*. Elementlari satrli va soni 4 ta bo‘lgan A va B massivlar qiymatini almashtirib
ekranga chiqaring.

Yechim:
Bu masalada ham qo‘shimcha massiv turidagi o‘zgaruvchidan foydalanamiz.


Massivlar qiymatlarini almashtirish uchun D:=A; A:=B; B:=D; (bu xossani

Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling