2
PASCAL dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma.
Mualliflar:
Fizika-matematika fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar mu-
rabbiyi B.J.Boltayev
Fizika-matematika fanlari nomzodi, oliy toifali informatika
va matematika fani
o‘qituvchisi A.R.Azamatov
Informatika fani o‘qituvchisi G.A.Azamatova
Informatika fani o‘qituvchisi B.S.Xurramov
Qo‘llanmada algoritmlash va dasturlash orasidagi bog‘lanishlar tahlil etilib,
Pascal dasturlash tili strukturasi, undagi tuzilmalar mohiyati ochib berilgan. Shu
bilan birga nazariy ma’lumotlardan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun
ko‘p sonli vazifalar keltirilgan. Masalalarni yechimlarida
turli yondoshishlar va
usullarning mohiyati ochib berishga xarakat qilingan. Ma’lumotlar va masalalar
“oddiydan murakkabga” mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan.
Qo‘llanma Pascal dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganayotganlar uchun
yozilgan bo‘lsa ham, barcha dasturlash tilida dastur tuzishni o‘rganayotganlar va
tajribali dasturchilar tomonidan ham ma’lumotnoma sifatida foydalanilishi mum-
kin.
© Toshkent 2013
UzbekSoftA
3
Qadrli do‘stimiz va ko‘pchilik
ustoz deb tan olgan Respublikamizda