B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ada Lavleys Charlz Bebbij
- Interpritator
Ogasta Ada Bayron (Lavleys), shoir
lord Bayronning qizi analitik mashi- na buyruqlar asosida ishlashi lozim- ligini ta’kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta’minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bi- lan dasturlash tiliga asos soldi va u birinchi dasturchi deb hisoblanadi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuterlar ishlab chiqarilgach, ularni ishlatish uchun zarur bo‘lgan til yaratilishini talab etdi. Ada Lavleys Charlz Bebbij 6
Bu tilning nomi 1642-yilda o‘zining mexanik hisoblash mashinasini ishlab chiqib, keng ko‘lamda qo‘llanilgan va keyingi hisoblash mashinalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan mashina muallifi, “Fransuzlarning Arximedi” degan nomga musharraf bo‘lgan olim Blez Pascal xotirasiga atab qo‘yilgan. Turbo Pascal dasturlash tili dasturlashni o‘rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Odatda, samarali dasturlash tillari o‘zgarishsiz va rivojlanishsiz qolmaydi. Shuning uchun ham Turbo Pascal dasturlash tilining turli rusumdagi kompyuterlar uchun moslashtiril- gan naqllari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular Turbo Pascal dasturlash tilining bosh- lang‘ich naqlidan farq qiladi. Dasturchilar ko‘pincha translyator, interpritator va kompilyator kabi iboralarni ishlatishadi. Translyator (ingliz: tarjimon) bir dasturlash tilida yozilgan dasturni boshqa tildagi dasturga o‘giruvchi maxsus dasturdir. Translyatorlar 2 turga bo‘linadi: interpritator va kompilyator. Interpritator (ingliz: og‘zaki tarjimon, talqin etuvchi) dasturni buyruqma-buyruq mashina tiliga o‘tkazadi va ishlaydi. Masalan, 1965 yilda J.Kemeni va T.Kurt tomonidan ishlab chiqilgan BASIC (in- gliz: Beginners All-purpose Symbolic Instruction Code – boshlovchilar uchun universal belgili izohli kod) dasturlash tilini interpritatorga misol bo‘ladi. Basic dasturlash tilida yozilgan dastur ishga tushirilganda dastur matnidagi tugallangan mazmundagi buyruq, ya’ni operator mashina tiliga o‘giriladi va ishlaydi, keyin navbatdagi operator yana mashina tiliga o‘giriladi va ishlanadi. Shu sababli ham Basic dasturlash tilida ish tezligi sekinroq. Kompilyator (ingliz: tuzuvchi, yig‘ uvchi) esa bir tilda yozilgan dasturni to‘liqligicha boshqa tilda ifodalangan dastur- ga aylantiruvchi translayator dasturdir. Masalan, kompilyator C tilida yozilgan dasturni assembler tilida yozilgan dasturga aylantiradi. Huddi shunday, Turbo Pascal dasturlash tili ham kompilyator hisoblanadi. U dastur matnini to‘liqligicha mashina tiliga o‘giradi va shundan keyingina ishlaydi. Kompilyatsiya qilingan dastur juda ham tez ishlaydi, lekin interpritatorlarda yozilgan dasturlarni tahrirlash ancha oson kechadi. Turbo Pascal dasturlash tili keng doiradagi muhandislik, matematik, fizik, iqtisodiy va boshqa masalalarni muloqot usulida yechishga mo‘ljallangan tillardan biridir. Bu tilning keng tarqalishi va qo‘llanilishiga asosiy sabab – uning soddali- gi va undan foydalanishning qulayligidir. Dastavval Turbo Pascal tili universi- tetlarda qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik o‘nlab turli rusumdagi kompyuterlar uchun bu tilning translyatorlari ishlab chiqildi. 1981 yilda Turbo Pascal tilining xalqaro standarti taklif etildi. IBM PC rusumli kompyuterlar uchun Turbo Pascal tilinig Borland firmasi tomonidan ish- lab chiqarilgan Turbo Pascal naqli hozirgi davrda keng tarqalgan bo‘lib, uning 4.0 naqlidan boshlab foydalanuvchilar juda qulay sistema – dasturlashning inte- Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling