Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yo‘naltirilgan hamda
Ijrochi bajarishi ko‘zda tutilgan ko‘rsatmalarning (buyruqlarn-
ing) aniq, tushunarli va chekli ketma-ketligi tushuniladi.
Odatda, Ijrochi buyruq yoki ko‘rsatmalarni (natijasini qanday bo‘lishini o‘ylab
ko‘rmay) so‘zsiz bajarishi shartligi nazarda tutiladi. U ko‘rsatmani bajarishdan
kelib chiqadigan natijani bilishi ham shart emas va bilmaydi ham. Bu, masalan,
hali kiyinish nimaligini bilmaydigan yosh bolachaga tufligini ustidan paypoq ki-
ydirish yoki oshpalov nimaligini bilmaydigan insonga yog‘dan avval gurunch sol-
dirish yoki avtobus nimaligini bilmaydigan yovvoyi odamga ko‘chani kesib
o‘tishni buyurgandagi kabidir. Ular hech ikkilanmay natijasi bilan qiziqmagan
holda buyruqni bajarishadi. Xuddi shunday, kompyuter ham buyruq bajarishni
biladi, o‘ylash unga xos xususiyat emas. U faqatgina buyruqni juda tez bajarishni
biladi, xalos. Demak, har qanday kompyuter ham faqatgina oddiy Ijrochi kabi
xizmat qilar ekan.
Algoritm Ijrochisi haqida bunday sodda tushuncha va misollar bilan chega-
ralanib qolmaymiz, albatta. U ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Algoritm ijrochisi – algoritmda ko‘rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni
bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.
Bu ta’rifning eng muhim tomonlaridan biri Ijrochi algoritmni bajara olishi
uchun ko‘rsatmalar unga tushunarli bo‘lishidadir. Algoritm ko‘rsatmalari Ijrochi
tushunadigan tilgagina emas, balki Ijrochining bilim va malakasiga ham mos
bo‘lishi kerak. Aks holda Ijrochi birorta ham ko‘rsatmani bajara olmasligi mum-
kin. Demak, algoritm Ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun Ijrochining imkoni-
yatlarini bilish lozim. Agar Ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning im-
koniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algorit-
mdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi,
kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur.
Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa,
u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi
kerak.
Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida aniqlik kiritib olamiz: Ijrochi bajara olishi
mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruqlar to‘plami Ijrochinining ko‘rsatmalar
Do'stlaringiz bilan baham: |