8
ATT.BGI – AT&T 6300;
CGA.BGI – IBM CGA va IBM MCGA;
EGAVGA.BGI – IBM
EGA va IBM VGA;
HERC.BGI – Hercules;
IBM8514.BGI – IBM 8514;
PC3270.BGI – IBM 3270 PC.
Bundan tashqari
BGI katalogida grafik holatda
ishlatiladigan CHR ken-
gaytmali shriftlar fayllari joylashtirilgan bo‘ladi. Qolgan kataloglar tarkibining
vazifasi, asosan, quyidagilar:
DOC – texnik
hujjatlar;
UNITS – Turbo Turbo Pascalning kompilyatsiya qilingan .TPU ken-
gaytmali modullari;
EXAMPLE – namuna dasturlar;
SOURSE – qo‘shimcha modullarning .PAS kengaytmali matnlari.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Turbo Pascal dasturi hech bo‘lmaganda
TURBO.EXE (integrallashgan muhitiga kirish) va TURBO.TPL (standart mod-
ullar kutubxonasi) fayllardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Agar TURBO.EXE
fayli olib tashlansa, u holda uni o‘rniga komanda satri holatidagi dastur kompilya-
tori TPC.EXE fayli qo‘llanilishi shart. Bu ikkala holda dastur hajmi 1 Mbaytdan
kam bo‘ladi.
Lekin bu hollarda grafik holat, PChar turidagi satrlar va interaktiv
kutubxonadan foydalanib bo‘lmaydi, ulardan foydalana olish uchun qo‘shimcha
kerakli fayllarni ham ko‘chirib olish zarurdir.
3-§. TURBO PASCAL INTEGRALLASHGAN MUHITI
Turbo Pascal integrallashgan muhitiga kirish uchun
TURBO.EXE fayli ishga
tushiriladi. Natijada ekranda Turbo Pas-
cal integrallashgan muhitining grafik
interfeysi ochiladi.
Intefeysning dastur
tomonidan belgilangan ko‘rinishi kichik
o‘lchamli oyna holatida bo‘ladi, u
me-
nyular satri,
oynalar sohasi va
ma’lumot satridan iborat (3-rasm). Oy-
nani dastur
tomonidan belgilangan
ko‘rinishini to‘liq ekran ko‘rinishiga va
aksincha o‘tkazish uchun Alt + Enter
klavishlar juftligini bosish yetarli. Agar
Do'stlaringiz bilan baham: