B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
informatika fanini va dasturchilar
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dixit Alhorithmi
informatika fanini va dasturchilar
maktabining rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan taniqli matematik va in- formatik MUXTOR MAHKAMOV xotirasiga bag‘ishlanadi. 1-BOB. UMUMIY MA’LUMOTLAR 1-§. ALGORITM, IJROCHI VA PASCAL DASTURLASH TILI HAQIDA Zamonamizning ilg‘or texnologiyalari hosilasi hisoblangan kompyuter faqat moddiy-texnik ta’minot bilangina emas, balki, yana algoritm, Ijrochi va dastur tushunchalari bilan ham uzviy va chambarchas bog‘langan. Bu uch tushunchaga mos ilmiy xulosalar hosilasi hisoblangan dasturiy ta’minot bilan moddiy-texnik ta’minot o‘zaro mutanosib ishlagandagina kompyuter oddiy temirdan qulay va samarali yordamchiga aylanadi. Shu sababli bu uch tushuncha haqida ozgina to‘xtalib o‘tishni lozim deb topdik. Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783-yilda tug‘ilgan) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al- Xorazmiy arifmetikaga bag‘ishlangan “Hind hisobi haqida kitob” risolasida to‘qqizta hind raqamining sonlarni ifodalashdagi afzalliklari va ular yordamida har qanday sonni qisqa ko‘rinishda hamda osonlik bilan yozish mumkinligini ay- tadi va, hozirgi kunda hamma o‘quvchilar biladigan, sonlar ustida ustun ko‘rinishida amallar bajarish qoidalarini yoritadi. Ayniqsa, nolni (0) ishlatishning ahamiyati haqida tushuncha berib, nolni yozmaslik natijaning xato chiqishiga olib keladi, degan. Bu risola XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan va butun Yevropaga tarqatilgan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan qo‘lyozmasining yagona nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola “Dixit Alhorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi. Hayotiy tajribangizdan kelib chiqib, biror maqsadga erishish kabi vazifani hal etish uchun aniq bir harakatlarni tartib bilan bajarish kerakligini bilasiz. Ular, ma- salan, oddiygina bo‘lgan: kiyinish vazifasimi, ovqat pishirishmi, ko‘chani bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tishmi, maqsadi bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar- da, albatta, ma’lum bir tartib yoki qoidalarga rioya etish zarur. Aks holda kulgili yoki ayanchli ahvolga tushib qolish hech gap emas: tuflini ustidan paypoq ki- yilishi yoki ko‘ylakni kostyum ustidan kiyilishi; palov pishirishda qozonga yog‘dan avval gurunch solinishi yoki keragidan bir necha baravar ko‘p tuz solin- ishi; transport vositalari yo‘q vaqtda ko‘chadan o‘tmasdan kutib turib, ular ke- layotgan vaqtda ko‘chani kesib o‘tish va hokazo. 4
tildimi, demak, uni kimdir yoki nimadir bajarishi shart. Albatta, bu buyruqlar ketma-ketligini ijro etilishidan qandaydir maqsadga erishish ko‘zda tutilgan bo‘ladi, aks holda bu harakatda ma’no yo‘qoladi. Ko‘rsatma yoki buyruqlar ketma-ketligini ijro etishi kerak bo‘lgan biror inson yoki qurilma Ijrochi deb ata- ladi. Shu izohlarga asosan algoritm tushunchasini ifodalasak bo‘ladi. Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling