B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013
Download 372.89 Kb.
|
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org
grallashgan muhiti (ingliz: IDE – Integrated Development Environment) ga ega
bo‘ldilar. 7
bo‘lib, u quyidagi asosiy imkoniyatlarni o‘z ichiga olishi lozim: dastur matnini kiritish imkonini berish; kiritilayotgan dastur matnini vaqti-vaqti bilan diskda saqlab turish; dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lish; sintaktik xatoliklarni aniqlash va tahrir etish vositasiga ega bo‘lish. Biz yoritmoqchi bo‘lgan Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan imkoniyatlardan tashqari yana bir qancha vazifalarni ham amalga oshirishga imkonini beradi. Tilning boshqa naqllari ozgina o‘zgarishlar bilan farqlanishi mumkin. 2-§. TURBO PASCALNI O‘RNATISH VA UNING TARKIBI Turbo Pascal sistemasini Borland firmasining instalyatsiya diski yordamida o‘rnatish mumkin. Lekin bunday qilish shart emas, ko‘pincha uni bir kompyuter- dan ikkinchisiga nusxasini ko‘chirib o‘tkazib ishlatishadi. Dasturning to‘liq tar- kibi 4 Mbayt atrofidagi hajmga ega bo‘lib, xohishga qarab uni hajmini ka- maytirish mumkin. Ammo bu holda o‘rnatilishi yoki ko‘chirilishi shart bo‘lgan fayllarni aniq bilish kerak. Shuning uchun avval Turbo Pascal ni to‘liq tarkibi qanday fayllardan iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz. Turbo Pascal 7.0 paketi, odatda, diskning “TP7” nomli katalogiga joylashtiri- ladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin, lekin bunda ba’zi kataloglarga yo‘lni ko‘rsatish muammolari yuzaga keladi). Turbo Pascal 7.0 dasturlash tizimi yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, ular vazi- falariga qarab bir nechta kataloglarga joy- lashtirilgan (1-rasm). Turbo Pascalning asosiy fayllari “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda, asosan, yordamchi fayllar hamda Turbo Pascalning imkoniyatlarini oshiruvchi yoki namoyish etuvchi fayllar joylashgan. Asosiy kataloglardan biri BIN bo‘lib, undagi fayllardan asosiylari quyidagilar: TURBO.EXE – dastur tuzish uchun integrallashgan muhit (shu ilova aso- sida dastur ishga tushiriladi); TURBO.TPL – standart modullar kutubxonasi; TPC.EXE – integrallashgan muhitdan tashqari ishlaydigan komanda satri holatidagi dastur kompilyatori; TURBO.HLP – dasturchiga yordam uchun ma’lumotlar fayli; TURBO.TP – tizimning konfiguratsiyasi fayli. Download 372.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling