B. J. Boltayev, A. R. Azamatov, G. A. Azamatova, B. S. Xurramov nazariya, algoritm, dastur toshkent 2013


TURBO.EXE fayli yorlig‘ining Ekran


Download 372.89 Kb.
bet8/68
Sana02.11.2023
Hajmi372.89 Kb.
#1740971
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Bog'liq
Algoritmlash va dasturlash asoslari seriyasidan Kitob – II b. J.-fayllar.org

TURBO.EXE fayli yorlig‘ining Ekran
xususiyati “To‘liq ekranholatiga
o‘zgartirilsa (2-rasm), interfeys oynasi
doimo “To‘liq ekran” holatida ochiladi.

2-rasm 



9


Turbo Pascal integrallashgan muhiti MS DOS holatida ishlaydi. Shu sababli,
Turbo Pascal dasturini ishlatishda Windows operatsion sistemasining biror
versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart emas. Turbo Pascal dasturini TURBO.EXE 
fayli yordamida Explorer, Norton Commander, Windows Commander, Far kabi
turli qobiq dasturlar muhitida ham ishga tushirish mumkin. Yuqorida keltirilgan
3-rasmdagi oynalar sohasi, asosan, dastur matnini kiritish va tahrirlash uchun och-
iladigan dastur muharriri oynasini aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, Turbo Pascal integrallashgan muhiti interfeysi matn muhar-
ririning interfeysiga o‘xshab ketadi. Uning muharrir oynasi maydoniga dastur
matnlari matn muharriridagi kabi kiritiladi. MS Worddagi kabi Turbo Pascalda
ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati bor.
Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ish-
lanayotgan oyna faol oyna deb ataladi. Faol oyna ikki qatlamli, faolmas oyna bir
qatlamli chegaraviy chiziqlari bilan farqlanib turadi (4-rasm).


4-rasm. Turbo Pascal da oyna turlari ko‘rinishi 
3-rasm. Turbo Pascal 7.0 interfeysi ko‘rinishi 
Menyular 
satri 
Ma’lumot 
satri 
Oynalar sohasi 



10


Turbo Pascal integrallashgan muhitida dastur muharriri oynalaridan farqli
oynalar ham bor. Masalan, dasturni sozlash vaqtida o‘zgaruvchilar qiymatlarini
ko‘rsatib turuvchi (ochilishi: DebugWatch tanlanadi) Watches nomli
(dasturni sozlash vaqtida o‘zgaruvchilarni oraliq qiymatlarini ko‘rsatib turadigan)
oyna, foydalanuvchi yordam olishi uchun ma’lumotlar oynalari (ochilishi: Help
menyusi tanlanadi yoki F1 klavishi bosiladi). Ochilgan oynalarga ochilish tart-
ibiga mos ravishda dastur tomonidan tartib raqamlari beriladi (4-rasm).
Menyulardagi buyruqlarni tanlashning bir nechta usuli bor. Menyular satriga
o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga ← yoki o‘ngga
yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab quyigayoki ENTER
klavishi bosiladi. Kerakli menyuni tanlashning eng qulay usuli sichqoncha
yordamidadir. Menyularni ochishda tezkor klavishlar bilan ishlashni xohlaganlar
Alt klavishi bilan birgalikda menyu nomidagi birinchi harfni bosishi yetarli:


Download 372.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling